Иоганн Себастьян Бах
Vokal-simfonik va xor musiqasi
Download 0.91 Mb.
|
МУСИҚА ТАРИХИ МАЖМУА 198 бет (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Milliy estrada musiqasining rivojlanishi.
5.Vokal-simfonik va xor musiqasi. Urushdan keyingi yillar, Sovet voqeligining mavzu va obrazlari bilan bog’liq bo’lgan asarlar yaratilishi bilan nishonlandi. 50-yillarning o’rtasidan, vokal-simfonik shaklan kengayib bordi. Etakchi o’rinni egallagan kantata bilan bir qatorda, zamonaviy voqeaband mavzularini aks ettiruvchi ilk oratoriyalar paydo bo’ldi. Poema, ballada, odalar yaratildi. Mavzu borasida ham xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Kompozitorlarning mahoratini o’sishi o’tgan davrda erishib bo’lmagan yangi ijodiy msalalarni o’rtaga tashlash imkonini tug’diradi.
Vokal-simfonik asarlarining ko’plari V. Leninga bag’ishlangan. Orasida eng etuklaridan biri, his-tuyg’ularning samimiyligi bilan ajralib turuvchi M. Burxonovning “Lenin partiyasiga qasida”sidir. Ikrom Akbarov, o’zining “Toshkentnoma” (Shayhzodaning dostoni asosida) oratoriyasini, Toshkentga bag’ishladi. Bu tsiklning etti qismi pauza bilan ayrilib, ikki bo’limga guruhlanadi. Birinchisi, inqilobga qadar o’tmish timsollari gavdalanadi. Birin-ketin azob va uqubat kurash manzaralari (birinchi qism “Asrlar qa’ridan” jang va qahramonlik epizodlari, ikkinchisi “Botirlar diyori”, uchinchisi “Yangi taqdir bo’sag’asida“ bir-birini almashtirib keladi. To’rtinchi qismi ”Sovetlar mash’alin biz yoqdik” Ulug’ Oktyabr voqealariga olib keladi. Shunday qilib, ko’rilayotgan davrda, o’zbek vokal-simfonik musiqasi sezilarli yutuqlarga erishdi. Serjanrlikka intilish tipik bo’lmagan musiqali dramaturgik echilmalarni izlash, 60-70-yillardagi vokal simfonik musiqaning fazilatlaridan hisoblanadi. Garchan, yirik shakldagi asarlarda, izchil rivojlantirish masalasi ham xamma vaqt ham ishonarli ravishda hal etilmagan bo’lsada, bu borada o’zlashtirilgan ijodiy yutuqlar, tanlangan yo’l to’g’ri va istiqbolli ekanligi ekanligiga shubha qoldirmaydi. 6. Milliy estrada musiqasining rivojlanishi. “Estrada” so’zi lotin tilida, “tepalik” ma’nosini anglatadi. XX asrning 50-yillarida estrada so’zi musiqaga kirib keldi va tomosha san’atining kichik shakli sifatida qo’llanila boshlandi. Estrada musiqasi, estrada san’atining etakchi bir qismini tashkil etadi. Estrada bu - engil maishiy xarakterga ega, ommabop musiqa bo’lib, uning tashkil topish tarixi G’arb xalqlarining teatrtomosha shakllaridan boshlanadi. Bu G’arbda ommalashgan, Myuzikxoll madaniyatlarining o’zaro ta’sirida rivojlandi. Asta-sekin jaz, Evropa va Sharq garmoniya va ritmikasi, rok, pop kabi musiqalar va yo’nalishlar estradani egalladi. O’zbeksitonda ham Milliy estrada musiqasi XX asrning 50-yillarida shakllana boshladi. Unga taniqli estrada yulduzi Botir Zokirov asos soldi. 1957-yili O’zbekistondlik yosh estrada guruhi Moskvada o’tkazilgan yoshlarning oltinchi xalqaro festivalida ilk bor muvaffaqiyatli qatnashib faxrli to’rtinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Bu katta yutuq edi. Shundan so’ng, Milliy estrada musiqasi tez ommalashdi va rivojlandi. “Yalla“, “Paxtaoy”, “Navo”, “Sado” kabi estrada guruhlari shakllandi. Ayniqsa, 80-90-yillardan boshlab, jaxon andozalariga mos turli rok, rep guruhlari tuzildi. O’zbek milliy estradasi mislsiz ravnaq topdi. Botir Zokirov. O’zbek Milliy estrada musiqasining asoschisi, o’zbek milliy estrada san’atining yirik namoyondasi, ajoyib shoir, rassom dramaturg, rejisser va mohir xonanda Botir Zokir Toshkentda ustoz san’atkor Karim Zokirov oilasida tavallud topgan. U o’z kasbining ustasi edi muntazam ravishda o’zbek milliy estrada san’ati rivoji yo’lida izlanishlar olib bordi. Ijodiy izlanishlar jarayonida rus xorijiy Sharq estrada qo’shiqlarini o’zbek milliy qo’shiqchiligiga uyg’unlashtirib, yangi qiyofa topishga muyassar bo’ldi. Botir Zokir Toshkent Davlat Konservatoriyasida va Toshkent Teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan. Uning amalga oshirgan ijodiy ishlari keyinchalik, o’zbek estradasining mumtoz andozasi bo’lib qoldi masalan: “Arab tangosi”, “Xabiba”, “Qochoq qiz” va boshqalar. Botir Zokirov bu qo’shiqlari bilan O’zbekistonni butun dunyoga tanitdi. Ayniqsa, “Ra’no”, ”Maftun bo’ldim” kabi qo’shiqlari bilan o’zbek estradasida o’chmas iz qoldirdi. Botir Zokirov yosh iste’dodlarni izlashda, ularga yo’l ko’rsatishda, mehnatini ayamadi. Uning bu mehnatlari samarasi o’laroq, juda ko’p yosh iste’dodlar kashf etildi. “Yalla“ guruhi. O’zbek estrada musiqasining faxri bo’lgan “ Yalla” guruhi 1971-yil tashkil topgan. Uning qatnashchilari, Toshkent Teatr va rassomchilik instituti va Konservatoriya talabalaridan, B.Zokirovning shogirdlaridan edi. “ Yalla “ guruhi o’z paytida “ VIA” ( vokal instrumental ansambli) shaklida faoliyat ko’rsatib, O’zbekistonda ilk estrada rok guruhlari qatoridan o’rin oldi. Unga bir necha yillar davomida, Farrux Zokirov rahbarlik qilib kelmoqda. U “Yalla” ni professional guruhlar darajasiga ko’tardi. Uning ijrosidagi “ Uchquduq”, “ Choyxona”, “ Maxbubam chiroyli”, “ Yallama yorim”, “ G’ayrag’ayra”, “Qilpillama” kabi qo’shiqlar o’zbek estrada musiqasi xazinasidan munosib joy oldi. Ansambl ijrosidagi qo’shiqlar, o’zining jozibadorligi, aranjirovkalarining o’ziga xosligi, “Yalla” ga shon-shuhrat keltirdi. 1982-yili “Yalla” yoshlarning 9-jaxon festivalida, birinchi o’rinni egallab, butun dunyoga dong taratdi. Hozirda “Yalla” guruhi folklor uslubdagi guruhlardan biri sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Bu esa guruh faoliyatining xalq musiqa merosi bilan yaqindan bog’langanligini ko’rsatadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling