Io’m sirtqi kurs Iqtisodiyot nazariyasi Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi


Download 127.34 Kb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi127.34 Kb.
#224698
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 topshiriq

EIH turlari[tahrir]

EIHlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi.

ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va boshqalar).

Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.

import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashga moʻljallangan.

savdo-ombori hududlari — xorij tovarlari bojxona boji tqlovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin. Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bqlishi mumkin:

ularni jahon bozoriga xizmat koʻrsatishi uchun tashkil qilish;

mamlakatning qolgan hududlarida amalda boʻlgan koʻpgina soliq normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi;

tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.

eksport ishlab-chiqarish hududlari- sanoat korxonalari import xom-ashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xom-ashyoni ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqaradilar.

Faoliyat yuritish shakli boʻyicha EIH larni quyidagi turlarini koʻrishimiz mumkin:

sugʻurtaviy

bank

sayyohlik



va boshqalar.

Shu bilan birga, bir funksiyali zonalar amaliyotda deyarli kamdan-kam uchrashini aytib oʻtish kerak. Amaliyotda bir qancha funksiyalarni (savdo, bojxona, ishlab chiqarish, tadqiqot olib borish) birlashtiruvchi hududlar koʻp tarqalgan boʻlib hisoblanadi. Ularni kompleks hududlar deb atashadi.



Oʻzbekistonda ham 2008-yildan eʼtiboran Navoiy Erkin iqtisodiy hududi tashkil qilina boshlandi. [1] [2] [3] Hozirda qo'shnilarimiz Tojikistonda 2 ta va Turkmanistonda 10 ta erkin iqtisodiy hududlar mavjud.

7.. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni

Xo’jalik hayotida integratsiyalashuv jarayonlari kundan – kunga chuqurlashib bormoqda. Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy – axborot, tovar ayiraboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishini nazarda tutadi.

Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiya o’z mazmuni va mohiyati bilan, birinchidan, jahon mamlakatlarida ro’y berayotgan chuqur xo’jalik va ijtimoiy-siyosiy, madaniy birlashuv sohasidagi jarayonlarni borishini, ikkinchidan, mustahkam iqtisodiy o’zaro aloqadorlikni, uchinchidan, milliy xo’jaliklardagi mehnat taqsimotini, to’rtinchidan, ishlab chiqarishda turli daraja va shaklda ro’y berayotgan o’zaro iqtisodiy hamkorliklarni aks ettiradi. Integratsion jarayonlar asosan bir-biriga yaqin bo’lgan hududlarda joylashgan davlatlarning o’zaro iqtisodiy shartnomalarida, xorijiy mamlakatlarda o’z bo’limlarini tashkil etishda, xo’jalik subyektlari (firmalar, korxonalar) o’rtasidagi kapitalni o’zaro aloqadorligida namoyon bo’ladi.

Integratsion jarayonlar mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy birlashuvi va milliy davlatlar siyosiy shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Subyektlar o’rtasidagi integratsion jarayonlarning borishi va rivojlanishi asosan davlatlararo ahamiyatga ega bo’lgan tovarlarning erkin harakati va xizmatlar sohasida, kapital harakati va ishchi kuchi migratsiyasida, davlatlararo iqtisodiy kelishuvlarda, ilmiy-texnik, texnologik va axborot sohalarida, moliya-kredit sohalarida, tashqi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda, shuningdek mudofaa siyosatida hamda xo’jalik hayotining ko’plab boshqa sohalarida namoyon bo’ladi.

Jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar natijasida butun bir valyuta birligiga (dollar, evro, rubl, so’m va x.k.lar), moliyaviy byudjetga, davlatlararo yoki millatlararo boshqaruv tizimiga asoslangan mintaqaviy tashkilotlar tashkil topadi (YeI, NAFTA, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari kabi). Buday tashkilotlar jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega.(2-jadval)

Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy ko’rinishlaridan biri, xalqaro savdo sohasida erkin iqtisodiy hududlarini tashkil topishi bo’lsa, iqtisodiy integratsiyaning murakkab ko’rinishlaridan biri tashqi savdo tariflari kelishuvi sohasida muhim rol o’ynayotgan bojxona ittifoqining vujudga kelishidir.

Jahon bozorlarida hukmronlik qilishda dunyo mamlakatlari o’rtasida kuchli qarama-qarshiliklar yuz bermoqda. Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida turli

2-jadval

Jahon xo’jaligining iqtisodiy ko’rsatkichlarida yetakchi integratsion birlashmalarning ulushi (%)




Ko’rsatkichlar


NAFTA

YeI

OTIH (APEC)


MDH

Aholi

5

7

34

5

YaIM (PPP)


26

27

29

3

Davlat xarajatlari


21

40

21

1.5

Eksport

17

43

25

2

Energiya iste’moli

30

18

17

12

Investitsiyalar


19

19

36

3

Manba: World trade Report the WTO 2005 P.19


xalqaro savdo uyushmalar, birlashmalar, tashkilotlar tashkil topib, ular o’zaro savdo munosabatini kengaytirib bormoqda. Jahon iqtisodiyotida savdo-iqtisodiy tashkilotlarni tashkil topishini dastlabki ko’rinishini biz mintaqaviy va hududiy erkin savdo hududlarni tashkil topishida ko’rishimiz mumkin. Jahon bankining ma’lumotiga qaraganda jahon savdosi bilan bog’liq bo’lgan faoliyatning 42-43 %i erkin savdo hududlari orqali amalga oshirilar ekan.

Jahon iqtisodiyoti va XIM tizimidagi erkin savdo hududlardan eng muhimi va mashhuri Yevropa erkin savdo uyushmasi (EFTA), Yevropa Ittifoqi (YeI), Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA), Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (APEC) va boshqalardir. Dunyo mamlakatlari bo’yicha 9 ta yirik xalqaro savdo uyushmalari va tashkilotlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iboratdir:

Yevropa Ittifoqi (YeI) . A’zolari – Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, Shvetsiya, Finlandiya, Avstriya, Chexiya Respublikasi, Poslha, Vengriya, Sloveniya, Ruminiya, Slovakiya, Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Malta, Kipr davlatlari hisoblanadi.


Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA). A’zolari – AQSh, Kanada, Meksika davlatlari hisoblanadi.


Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA). A’zolari – Islandiya, Norvegiya, Shveystariya, Lixtenshteyn kabi davlatlar hisoblanadi.


Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (APEC) tashkiloti. A’zolari - Avstraliya, Bruney, Malayziya, Singapur, Tayland, Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya, Indoneziya, Filippin, Tayvan, Gongkong, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Kanada, AQSh, Meksika, Chili, Rossiya, Vyetnam, Peru kabi davlatlar hisoblanadi.


Janubiy Afrika mamlakatlari rivojlanish uyushmasi (SADK). A’zolari – Angola, Botsvana, Lesoto, Malavi, Mozambik, Mavrikiya, Nambiya, JAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabva kabi davlatlar kiradi.


G’arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoqi (YuEMOA) uyushmasi. A’zolari – Kot-d-Ivuar, Burkina-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali kabi davlatlar hisoblanadi.


Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assostiyasi (SAARK) . A’zolari – Hindiston, Pokiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Maldivlar, Butan, Nepal kabi davlatlar hisoblanadi.


And pakti. A’zolari – Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Boliviya kabi davlatlar hisoblanadi.


Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti va XIM tizimida bunday mintaqaviy savdo uyushmalarning (tashkilotlarning) tashkil topish jarayoni obyektiv siyosiy, iqtisodiy, tarixiy xarakterga ega bo’lib, bir tomondan bunday mintaqaviy tashkilotlar xalqaro savdoni jonlantirsa, ikkinchi tomondan xalqaro savdo faoliyatini olib borish uchun barcha shart-sharoitni yaratib beradi, uchinchi tomondan esa a’zo davlatlar uchun jahon bozorlarida yuz berayotgan ziddiyatlarni hisobga olib real qarorlarni ishlab chiqib, ushbu qarorlar asosida to’g’ri yo’lni tanlab olish imkonini beradi.



Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqadorlikni ta’minlashda bir qator qulayliklarni vujudga keltirib, ular birinchidan, xo’jalik subyektlarini (tovar ishlab chiqaruvchilarni) ko’plab resurslar bilan (inson resurslari, texnik-texnologik va axborot vositalari) ta’minlaydi, ikkinchidan, jahon bozorlariga mos raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi, uchinchidan, integratsiya jarayonlarida qatnashuvchi barcha davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirib, raqobatdan himoya qiladi, to’rtinchidan, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini borishi iqtisodiy rivojlanishdan orqada qolayotgan mintaqalarni, hududlarni rivojlanishiga, xalqaro mehnat bozoridagi holatni yaxshilanishiga, iqtisodiy kam ta’minlangan aholini esa ijtimoiy ta’minotini yaxshilanishiga imkon tug’diradi.


ORALOV JAVOHIR NORMENGLI O’G’LI

Download 127.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling