Ipak texnologiyasi


Download 1.6 Mb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1160162
  1   2   3   4
Bog'liq
очиқ-дарси


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INISTITUTI
“IPAK TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI “PILLALARNI CHUVISH” mavzusidagi ochiq darsi
Ma’ruzachi: t.f.f.d., (PhD) dots. A.P. ESHMIRZAYEV
Reja:
1. Pilla chuvishning maqsad va mohiyati.
2. Pilla chuvishdagi texnologik jarayonlar.
3. Chirmovlash usullari va maqsadi.
4. Mexanik pillа chuvish dastgohlarida va pillа chuvish avtomatlarida texnоlogik jаrаyonlаr kеtmа-kеtligi.
2
3
ADABIYOTLAR
1. X.Аlimova, N.Islambekova, A.Gulamov, “Ipak ishlab chiqarish texnologiyasi” Darslik T. «TTYeSI» 224 b, 2018 y.
2. A.Gulamov, N.Islambekova, A.Eshmirzayev U.Azamatov, “To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari” Darslik T. TTYeSI 184 b, 2018 y.
3. K. Murugesh Babu. Silk processing, properties and applications. Woodhead publishing Limited, 2013.
4. Tamanna N. Sonlarkar. “Hand book of Silk Tachnology” New Delhi.2001.

Blits so’rov pedagogik texnologiyadan foydalanib savol 1. Saralanmagan pilla omborida partiyalarni yeriklashtirish? 2. pillalarni aralashtirish jarayoni to’g’risida ma’lumot bering? 3. Chamg va losdan tozalash ? 4. pillalarni sifatli saralash va kalibirlash jarayoni?


4
5
BBB
Bilaman
Bilishim
Bilib
Pillalarni chuvishga tayyorlash va chuvish
6
Ipak qurti o’ragan pillani issiq suvda ishlov berib, ipini charxga o’rab olish chuvish deb ataladi. Bitta pilladan chuvib olingan ip juda ingichka bo’lganligi sababli, u mustahkam emas va shu sababli to’qimachilik sanoatida ishlatish uchun pilla ipini bir nechtasini qo’shiladi. Bu qo’shilgan ipak iplarini xom-ipak deb yuritiladi (4 dan 20 tagacha qo’shiladi). Pillakashlikni asosiy vazifasi pillani chuvib, xususiyatlari bir tekis bo’lgan xom-ipak olish. Bunday xom-ipakni olish uchun esa bir qancha murakkab operasiyalarni bajarish kerak.
Pillа chuvishdаgi bаrchа tехnоlоgik jаrаyonlаrni mаqsаdi, vаzifаsi, bаjаrilishigа qаrаb, shаrtli rаvishdа 4 tа оpеrаsiyalаr guruhigа bo’lish mumkin: dаstlаbki chuvishgа tаyyorlаsh, chuvishgа tаyyorlаsh, chuvish vа nаzоrаt yig’uv.
7
Pilladan ipak chuvish uch usulda olib boriladi.
  • pilla chuvish davrida suvda suzib yuradi.
  • pilla suvga yarim cho`kib turgan holda chuviladi.
  • pilla suv tagiga cho`kib turgan holda chuviladi.

8
Suzib yurgan holdagi pillalar mexanik pilla chuvish dastgohlarida chuvilib, 75% gacha ichiga suv kirgan bo`ladi. Shu sababli pillaning ozgina qismigina suvga botib turadi.
Yarim cho`kkan holdagi pillalar UzNIIShP sistemasidagi va ayrim Yapon sistemalaridagi pilla chuvish avtomatlarida chuvilib, 75 dan 92% gacha suv kirgan bo`ladi.
Cho`kkan holdagi pillalar Yapon va Xitoy sistemasidagi avtomatlarda chuvilib, 97% dan oshiq suv kirgan bo`lishi kerak. 90-950C temperaturali suvda pillaga ishlov berilganda, seritsin bo`kib yumshaydi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling