Ipakchilik va tutchilik
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
II.ADABIYOTLAR SHARHI
Ma’lumki, tut nihollariga, ko‘chatlariga va urug‘lik tutzorlarga serhosil navdor tut ko‘chatlarini ekish oldidan payvandlash agrotexnikasi Gruziya sharoitida va Respublikamizda S.G. Bezarashvili tomonidan 1939 yili ishlab chiqilgan. A.G. Kafain va Ye.S. Gelovani uni takomillashtirish yuzasidan bir qancha ishlar qilishdi. Ular va boshqa bir kancha olimlar (S. Ostrauxov, 1938; Yu. Bakulin, 1938; T. Ivanchenko, 1955, K.Raxmonberdiev 1967;) tomonidan tut kalamchasini ildizga payvandlash ustida ilmiy ish olib borildi. Bu usul ekish oldidan payvandlash xisoblanib, kuplab payvand kuchatlar yetishtirishda kam samara bergani uchun ishlab chiqarishga keng joriy etilmadi. 1964 yildan boshlab, M.I. Grebinskaya, O. Pulatov, U. Kuchkarov. F. Gatin tomonidan yer bagirlab kiya kesilgan payvandtag kuchatlarning pustlok orasiga qalamcha bilan payvandlash usuli O‘rta Osiyo sharoitida takomillashtirilib ishlab chiqarishga joriy etildi. 1965 yilda M.I. Grebinskaya va O. Po‘latov tomonidan 10 yoshgacha bo’lgan kam hosil tutlarning kallagini po‘stloq orasiga payvandlash usuli ishlab chikildi. O‘zIITI tomonidan qalamchalarni saqlash uchun havo siquvchi kurilma bilan jixozlangan muzlatgichlardan foydalanishni tavsiya etadi, (U.Qo‘chqorov, 1984). Qalamchalar boglami atrofiga nam qirindi solinib, ustidan polietilen yoki nam utkazmaydigan qog‘oz bilan o‘raladi va muzxonaga qo‘yilib, uning xarorati +2 + 4 daraja ushlanadi. 1962 yili M.I.Grebinskaya tomonidan kurtak payvandning yangi usuli ishlab chikildi. Bunda payvandtag 15-20 sm emas, balki 5-7 sm qoldirib kesildi va kurtak o‘rnatish uchun “T” shaklidagi chiziqni ham ikki marta kam (atigi 1 sm) uzunlikda tilindi. Shu bilan birga boylangan yerni bushatishga xojat kolmadi, chunki kurtak faqat tepa tomondangina boglanganligi sababli uning o‘sishi uchun kerak bo’lgan oziq moddalar bemalol o‘taveradi. 1963-1964 yillari M.I.Grebinskaya va O.Po‘latovlar kam hosilli yoki hosildan qolgan 10-12 yoshli tut daraxtlarining kallak yoki tanasiga kurtak payvand qilish ustida ish olib borib, ijobiy natijaga erishdilar. Tajriba o‘tkazilgan daraxtlarning ildiz bog‘zidan yukori kismining diametri 30-40 mm va kallak shoxlariniki 30-70 mm atrofida bo‘lib, uning sillik joyiga kurtak payvand qilinadi. Yosh daraxtlarda payvand kurtak o‘rnatiladigan payvandtag po‘stlogi qalin va qisman probkalashgan bo‘lganligi uchun payvandlashdan oldin uning shu kismi qirqib olib tashlanadi va payvandtag kesigidan 5-7 sm pastroqqa, uning qarama-qarshi tomoniga kurtak o‘rnatildi. Payvand kilishni uch muddatda: erta ko‘klam (15-20 mart), ya’ni daraxtda shira xarakati yurishganda, kurtak bo‘rtib yashil tusga kirganda (18-23 aprel) va bargli novdalarni kesib oldindan (9-13 may) amalga oshirildi. Kurtak burtib yashil tusga kirganda (18-23 aprel) paytda kilingan payvandning 89%, kech kuklam (9-13 may) dagining 79% va erta ko’klam (15-20 mart) dagining esa atigi 26% ko‘kargan. Shu bilan bir qatorda, shox-shabbadagi yo‘gon novdalarga qilingan payvand, shox-shabba ostidagi va ildiz bog‘zidan 70 sm yuqoridagi tanaga qilingan payvandga nisbatan birmuncha yaxshi ko‘karib, kuzgacha novdalari 32-90% uzun bolgan. Bundan tashqari, payvand kilish paytida payvandtagning kurtak o‘rnatilgan joyidan yuqorisini kesib tashlash muddati xam uning ko‘karishiga malum darajada tasir qilgan. Masalan, payvandtagni payvandlash bilan bir vaqtda kesilganda jami payvand kurtakdan 85,5% ti kotarib, bu ish bir hafta utgandan so‘ng qilinganda kurtaklar ko‘karmagan, bir oy o‘tkazib amalga oshirilganda esa atigi 1,7% payvand tutgan. 1963-1964 yillari M.I. Grebinskaya rahbarligida O.Po‘latov tomonidan po‘stloq ostiga payvandlashni tut daraxti tanasi yoki kallak shoxlariga qo‘llash usuli takomillashtirildi. Bu ham ko‘chatzordagi yer bagirlab payvandlashga o’xshash bolib, lekin payvandtagning qiya kesilgan joyining yuqori qismiga payvandust qalamcha ornatilgach, qiya yuzasiga margansovkali suyuqlikka namlangan paxta qo‘yiladi. Namlikni saqlash maqsadida ustidan polietilen pilyonka boglandi. Quyoshda payvandning qizimasligi uchun plyonka ustidan oddiy qogoz boglanadi. Payvandlangandan keyin 1,5-2 oy utgach, yani kalamchada 7-10 ta barg hosil bulgach plyonka va paxta olib tashlanadi. Tashqi muhitning keskin ozgarishini kesikka ta’sir etmasligi uchun qogoz qayta boglab quyiladi. Kuzgacha payvandtagdagi kesik yuzasi 20-25% ga kamayib bitadi. D.A. Komissarov (1938), N.P. Krenke (1950) va boshqalarning ma’lumotiga qaraganda niholdan kalamcha olib ekilganda, katta daraxtnikiga nisbatan uning ildiz olishi yaxshi bo‘ladi. M.I. Deza (1951), R.X. Turesskaya (1961) va boshqalarning takidlashicha ona tutning har-xil joyidan olinib ekilgan qalamchalarning ko‘karish xususiyati har- xil buladi. Novdaning quyi qismidagisi yaxshiroq ildiz oladi. K. Raxmonberdiev rahbarligida 1960-1961 yillardan boshlab xalqalangan qalamchalar orqali navdor tut kochatlari yetishtirila boshlandi. 1962 yildan boshlab, Toshkent viloyatining 6 ta tumanida, 1964 yildan Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Fargona viloyatlarida, 1969 yildan Qoraqalpogiston Respublikasida 1978 yildan Qashqadaryo viloyatida xalqalangan qalamchalardan navdor va duragay tut kochatlari yetishtirilib, tutzorlar barpo etildi. Qalamchadan ustirilgan ko‘chatlarga shakl berishga oid tajriba 1973-1976 yillarda K. Raxmonberdiev rahbarligida M. Xibbimov tomonidan ilmiy tadqiqot ishi olib borildi. Birinchi usuv yili qalamcha kochatning yon novdalar hosil qilish darajasiga qarab 3-4 marta shakl beriladi. Birinchi marta shakl berish may oyinig oxiridan iyunnig birinchi yarimigacha bolgan vaqt ichida utkaziladi. Tadqiqotchi M. Xibbimov tajribasidan yana shu ayon bo‘ldiki, SANIISh – 15 x Pioner tut duragay urugidan o‘stirilgan niholdan qalamcha tayyorlab eilganda, 96-100% i kokarib, kochatning buyi urta hisobda 200-213 sm ga yetgan. Qalamcha ko‘chatlarinig o‘sish darajasi va sifati urug kochatlarinikiga qaraganda 11-29% yuqoriroq bo‘lgan. K.Raxmonberdiev va M. Xibbimovlar ma’lumotiga qaraganda, 1 gektar yerga 15-20 sm uzunlikdagi qalamchalardan 45 0C daraja qiyalatib (0,25 x 0,6 sxemasida) ekilganda gektariga 56 ming dona, 30-40 sm qalamchalardan esa yer bagirlab quyishda 35 ming (0,3 x 0,7 m sxemasida) dona qalamcha ekiladi. Lekin, 450C daraja qiyalatib ekilgan har- bir qalamchadan 1 dona kochat, 30-40 sm uzunlikdagi yotqizib ekilganlardan esa urta hisobda 2 tadan, yani gektardan 70 ming tup kochat olish mumkin. Shundan birinchi usulning kokarish darajasi urta hisobda 58%, ikkinchi usulda esa 71% boladi. 1975-1980 yillari S. Ostrouxova va P. Xo‘jaevlar tomonidan Toshkent Davlat agrar universitetining o‘quv tajriba xo‘jaligida polietilen plyonka bilan usti yopilgan qo‘rilmada tutning 2 bug‘imida bargli qalamchalari avtomatik sun’iy tuman hosil qilingan sharoitda ko‘kartirildi. Bunday sharoitda ustirilgan qalamchalar ekilgandan 12-15 kun o‘tgach ildiz hosil qiladi va o‘sishi jadallashadi. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling