Ipakchilik va tutchilik


-jadval. Tut daraxti urug‘chiligi uchun tanlangan urg‘ochi va erkak juft tut navlari


Download 295.48 Kb.
bet5/21
Sana24.06.2023
Hajmi295.48 Kb.
#1653985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2

1-jadval.
Tut daraxti urug‘chiligi uchun tanlangan urg‘ochi va erkak juft tut navlari.



Hududlar

Urg‘ochi navlar

Erkak navlar

1.O‘zbekistonning barcha viloyatlariga

Qatlama, Qarshi-1

Pioner,SANIISH-15

2. O‘rta va Janubiy iqlimli hududiy viloyatlarga.

Kokuso-13, CANIISH-25

Pioner, Lixi-5, SANIISH-14, SANIISH-17

3.2 URUG‘LIK ONA TUTZORLAR TASHKIL ETISH UCHUN YER MAYDONINI TANLASH VA TAYYORLASH
Urug‘lik tutzor tashkil qilishda otalik-onalik daraxtlari seleksiya ishida dastlabki material hisoblanadi. Sintetik seleksiyada duragaylarning qay tarzda muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan ana shu materialga bog‘liqdir. Otalik-onalik daraxtlarining xarakterini to‘la bo‘lgandagina seleksioner o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erisha oladi.
Otalik-onalik navlari sifatida tanlangan daraxtlar quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:
hamma seleksiya ishlarida qatnashadigan otalik-onalik daraxtlari mutlaqo sog‘lom bo‘lishi bilan bir qatorda ularning fenologiyasi va barg hosili bargining to‘yimliligi kasalliklarga hamda sovuqqa chidamliligi kabi belgilari o‘rganilgan bo‘lishi kerak.
Bu belgilarni yaxshi bilish seleksionerga tasodifiy duragay emas, balki ma’lum maqsad yo‘lidagi duragay olishga imkon beradi. Bundan tashqari otalik-onalik daraxtlari yuqori agrotexnika sharoitda o‘stirilishi kerak.
Tut daraxtining yetarli miqdorda yuqori sifatli urug‘ini olish uchun, albatta, urug‘ yetishtiriladigan maxsus tutzorlar barpo etish kerak. Bunday tutzorlarni barpo etishning asosida otalik-onalik daraxtlarini tanlash yotadi.
Xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan belgilari bo‘yicha tanlangan otalik-onalik duraxt duragaylari har tomonlama tekshiriladi. Duragayning xususiyatiga qarab otalik-onalik daraxtlariga baho beriladi. Barg plastinkasining butunligini tekshirish uchun onalik daraxt kertik bargli changlatuvchi tut bilan changlatidadi, yoki uning aksini qilib otalik daraxt bilan kertik bargli onalik daraxt changlatiladi. Daraxtlar-dan yig‘ilgai urug‘dan nihol va ko‘chatlar yetishtiriladi. Ular vegetatsiya davrining oxiriga qadar yaxlit bargli bo‘lsa, bunday otalik-onalik daraxtlardan urug‘chilikda foydalanish mumkin. Otalik-onalik daraxtlarining butun bargliligi mustahkam ekanligini qayta tekshirish uchun yetishtirilgan ko‘chatlardan buta tutzorlar barpo etiladi. Agar bargi uchun bir marta kesilg‘andan keyin butun barglari kertikli bargga aylanib qolsa, bunday otalik-onalik daraxtlar urug‘chilik uchun yaroqsiz hisoblanadi, agar o‘zgarmasa keyinchalik yana urug‘chilikda ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda otalik-onalik daraxtlarining dastlabki materiali sifatida seleksiya yutuqlari va duragaylash usullarini qo‘llab yetishtirilgan navlar va tanlangan tabiiy formalar ishlatilmoqda.
Urug‘ olishga mo‘ljallangan tutzorlar tashkil qilish uchun SANIISH tomonidan bir qancha yangi otalik-onalik daraxtlari tavsiya etilgan bo‘lib, ular o‘zlarining biologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda Urta Osiyo va O’zbekiston hududlariga joylashtirilishi mumkin.
Urug‘chilik tutzorlar tashkil qilish uchun Davlat tutchilik xo’jalik ko‘chatzorlari quyidagi otalik-onalik daraxtlarni ekishlari mumkin.

Download 295.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling