Ipakchilik va tutchilik
Tut daraxti irug‘chiligida olib boriladigan dastlabki jarayonlar bosqichi
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
Tut daraxti irug‘chiligida olib boriladigan dastlabki jarayonlar bosqichi: Ururg‘chilikning birinchi bosqichida otalik-onalik daraxtlari sifatida Yaponiyadan keltirilgan va tabiiy sharoitda o‘sgan quyidagi tut dararxtlari ishlatilgan: M.multicaulis Perr M. bombucis Koidz M. Kagauamae Koidz X M. alba Jinn.
Bunda onalik sifatida “Pioner” va SANIISH-25, Qatlama, Kokuso-70, Kokuso-13, “Qarshi-1”va Sovuqqa chidamli navlari qatnashgan. Changlatuvchi erkak daraxtlar sifatida Xasak 11, Xasak 120 dan foydalanilgan. SANIISh-14, SANIISh-25, Sioziso va yuqorida nomlari qayd etilgan otalik-onalik daraxtlarining hammasi payvandtag Xasakda o‘sgan. Urug‘chilik ustida olib borilgan ishlarning ikkinchi bosqichida birinchi bo‘g‘in duragaylarini tekshirish uchun dastlabki material sifatida urug‘chi navlardan SANIISh-25, SANIISh-14, SANIISh-15, SANIISh-17 “Lixi-1”, “Lixi-5”, Tojikiston serbarg tuti va changlatuvchi sifatida tanlangan Xasak-130, SANIISh-14 va Qarshi-1 murakkab duragaylar olingan. Tut dararxtining ikki uyli navidan urug‘chilik tutzorlar barpo qilish uchun tanlashda ularning biologik va xo‘jalik xususiyatlari, sovuqqa chidamliligi, yaxlit bargliligi, serbargligi hamda meva berishga qodirligi tekshirilgan. Tekshirilgan navlardan eng yaxshilari urug‘ olish uchun mo‘ljallangan tutzorlar barpo qilish maqsadida Xasak tutiga payvand qilingan. Urug‘lik uchun ajratilagn chetdan keltirilgan turlar va boshqalar bargining yuqori xosilligi bilan ustun tursada, lekin sovuqqa chidamsiz bo‘lgan. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan otalik-onalik dararxtlari faqat O‘rta Osiyo issiq iqlimli tumanlari uchun tavsiya etilib keltirilgan edi. Tut dararxtining bir jinsli, lekin ikki uyli shakllari ham uchraydi. Bu esa tabiiy ravishda tashqaridan changlanadigan otalik-onalik dararxtlarining duragay urug‘larini yig‘ib, ulardan yetishtirilgan ko‘chatlar ichidan ham yaxshilarini tanlab olish imkonini beradi. Shunday qilib, duragay ururg‘chilikni tashkil etish O‘rta Osiyoning agroiqlim sharoitiga mos tushadigan otalik-onalik daraxtlarini tanlashga bog‘liq. Tutchilikda otalik-onalik daraxtlarini tanlashda quyidagilarga ahamiyat berish kerak. Ma’lumki, tut dararxtining ko‘pchiligi ikki uyli, ya’ni bir daraxtda faqat urg‘ochi gullar, ikkinchisida changchi gullari joylashadi. Ularning bir uyli shakllari ham uchraydi. Ularda bir daraxtda, xatto bir tup gulda ikkala jins ham joylashgan bo‘ladi. Bunday navlarni urug‘chilik uchun otalik-onalik daraxtlari sifatida tanlamaslik kerak, chunki bunday navlar avlodi sifatining pastligi bilan farqlanadi. Turlararo, navlararo va geografik jixatdan uzoq joylashgan shakllar tashqi sharoitga ko‘proq moslashgan bo‘ladi. Madaniy, serhosil, sovuqqa chidamli duragaylar olish uchun onalik daraxti sifatida yuqori mahsuldor navlarni tanlash kerak. Agar otalik-onalik daraxtlari ham Yaponiyadan keltirilgan tutlarga oid navlardan iborat bo‘lsa, ulardan paydo bo‘lgan duragaylar sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. Otalik-onalik daraxtlarini tanlashda bargning butunligi, kattaligi, serbargligi, bo‘g‘in oraliqlarining qisqaligi, tez o‘sishi, ko‘p meva tugishi, bo‘g‘in oraliqlarining qisqaligi, tez o‘sishi, ko‘p meva tugishi, mevasining bir vaqtda pishishi, vasalliklarga chidamliligi va boshqa xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan belgilariga ham e’tibor berish kerak. Tut daraxtining yetarli miqdorda yuqori sifatli urug‘ini olish uchun, albatta, urug‘ yetishtiradigan maxsus tutzorlar barpo etish kerak. Bunday tutzorlarni barpo etishning asosida otalik- onalik daraxtlarini tanlash yotadi. Xo‘jalik qimmati ahamiyatiga ega bo‘lgan belgilari bo‘yicha tanlangan otalik-onalik daraxt duragaylari har tomonlama tekshiriladi. Duragayning xususiyatlariga qarab otalik-onalik daraxtlariga baho beriladi. Barg shapalog‘ining butunligini tekshirish uchun onalik daraxt kertik bargli changlatuvchi tut bilan changlatiladi yoki uning aksini qilib otalik daraxt bilan kertik bargli onalik daraxt changlatiladi. Daraxtlardan yig‘ilgan urug‘dan nixol va ko‘chatlar yetishtiriladi. Ular vegetatsiya davrining oxiriga qadar yaxlit bargli bo‘lsa, bunday otalik-onalik daraxtlardan urug‘chilikda foydalanish mumkin. Otalik -onalik daraxtlarining butun bargliligi mustahkam ekanligini qayta tekshirish uchun yetishtirilgan ko‘chatlardan buta tutzor barpo etiladi. Agar bargi uchun bir marta kesilgandan keyin butun barglari kertikli bargga aylanib qolsa, bunday otalik-onalik daraxtlar urug‘chilik uchun yaroqsiz hisoblanadi, agar o‘zgarmasa keyinchalik yana urug‘chilikda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda otalik-onalik daraxtlarining dastlabki materiali sifatida seleksiya yutuqlari va duragaylash usullarini qo‘llab yetishtirilgan navlar va tanlangan tabiiy shakllarda ishlatilmoqda. Urug‘ olishga mo‘ljallangan tutzorlar tashkil qilish uchun O‘zIITI tomonidan bir qancha yangi otalik-onalik daraxtlari tavsiya etilgan bo‘lib, ular o‘zlarining biologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda O‘rta Osiyo va Respublikamiz tumanlariga joylashtirilishi mumkin. Urug‘lik tutzorlar tashkil qilish uchun Davlat tutchilik-o‘rmonchilik ko‘chatzorlari qo‘yidagi otalik-onalik daraxtlarini ekishlari mumkin. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling