Ipakchilik va tutchilik


-rasm: Urug‘lik tutzorlarni tashkil etishda erkak va urg‘ochi ko‘chatlarni joylashtirish tasviri


Download 295.48 Kb.
bet7/21
Sana24.06.2023
Hajmi295.48 Kb.
#1653985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2

1-rasm: Urug‘lik tutzorlarni tashkil etishda erkak va urg‘ochi ko‘chatlarni joylashtirish tasviri.
Shu tartibda har berilgan raqamlar bo‘yicha qancha urug‘ olish mumkinligi aniqlanadi. Demak , 1 ga ehe-kbr tutzordan ekilgan ko‘chatlar to‘lig‘icha hosilga kirgandan so‘ng o‘rtacha -249,6 kg. tut urug‘i olish mumkin.
Urug‘ olinadigan ona daraxtlar tashqaridan tabiiy ravishda changlanganda ulardan kuchli rivojlangan, hayotchanligi yuqori bo‘lgan duragaylar olish mumkin. Urug‘chilik tutzorlardan olinadigan urug‘larning sifati yaxshi bo‘lish uchun urug‘lik tutzorlar atrofini, boshqa keraksiz navlarning changi bilan changlanib qolmasligi maqsadida izolyatsiya qilinadi.

2-rasm:Urug‘lik tutzorlarni tashkil etishda erkak va urg‘ochi ko‘chatlarni ekish tartibi hamda sug‘orish agrotexnikasi.

Yangi tashkil etilgan urug‘lik tutzorlar eski tabiiy tutlardan kamida 1 km nariga ekilishi kerak. Agar tutzorlar atrofida 1—2 km masofada Xasak tutlari bo‘lsa, ularni shu tut-zorlardagi erkak daraxtlarining navi bilan qalamcha payvand qilish yoki har yili yozgi-kuzgi qurt boqish davrida kesib olish lozim. Undan tashqari tutzor chegarasiga, shu tutzorlarda bor otalik tutlardan ekilsa, tutzorni mo‘l chang bilan ta’minlaydi hamda tutzorga tashqaridan shamol yordamida keltiriladigan boshqa tut navlari changlaridan saqlaydi.



    1. URUG‘LIK TUTZORLARNI TASHKIL ETISHDA TANLANGAN KO‘CHATLARNI EKISH VA JOYLASHTIRISH TARTIBI.

Ma’lumki, urug‘lik tutzor uchun unumdor, rel’efi tekis, sho‘rlanmagan yoki kam sho‘rlangan, sizot suvlari chuqur joylashgan, maydoni kamida 1-2 gali yerlar maydonlari ajratilib, u kuzda 35-40 sm chuqurlikda haydaladi. Yerni erta ko‘klam baronalab, ekish oldidan molalanadi.
Urug‘lik tutzor yuqorida tavsiya etilgan navdor urg‘ochi va erkak tutlarning qalamchasidan yoki payvand ko‘chatlardan barpo qilinadi. Shu bilan birga urug‘lik tutzor maydoniga avval jaydari ko‘chatlar ekilib, so‘ngra ularni tanlangan erkak urg‘ochi gulli navlar bilan payvandlash ham mumkin. Maqjud 10-yoshgacha bo‘lgan duragay tutzorni mo‘ljallangan erkak-urg‘ochi navlar bilan payvand qilish orqali ikkinchi yoki uchinchi o‘sish yillari bu tutlardan urug‘ tayyorlash mumkin.
Umuman olganda, urug‘lik tutzorni qanday usulda o‘stirilgan navdor ko‘chatlardan tashkil qilishdan qat’iy nazar, ularni joylashtirishda avvalo urg‘ochi gulli daraxtlarni yetarli darajada changlanishini ta’min etish kerak. Yuqorida aytilgandek, buning uchun ekiladigan tutlarning 75% ini urg‘ochi gulli va 25% ini erkak gulli daraxtlar tashkil etishi lozim. O‘rta Osiyoning Janubiy va o‘rtacha (mo‘tadil) iqlimli hududlarida erkak-urg‘ochi tutlarning qator va tup oralari 8x8 m, shimoliy hududlarda esa 6x6 m sxemasida ekish tavsiya qilinadi.
Mahalliy jaydari Xasak tutlarning changi urug‘lik tutzorlarga o‘tmasligi uchun ular eski tutzorlardan 1-2 km uzoqroqda barpo etilib, tabiiy to‘siqlar (tog‘, o‘rmon va boshqalar) dan foydalanish lozim. Agar bunday to‘siq bo‘lmasa, u holda oziq yoki ixota maqsadida ekiladigan tutlar serbarg navlarga mansub erkak urg‘ochi jinslardan iborat payvand ko‘chatlardan bo‘lishi kerak.
Tut daraxtining mahsuldor duragaylarini ko‘paytirish respublikamizda faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari va klaster uchun ipak qurtining mustahkam oziqa ba’zasini ta’minlash imkonini beradi.
Ayniqsa, ushbu xo‘jaliklar va klasterlarda tutzor barpo etish, yakka holda qatorlab ekish uchun yiliga 80-85 million tut nihollari yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Bunday ko‘p miqdorda ekish materiallarini tut daraxtining urug‘idan ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin xolos.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib,tut daraxti urug‘chiligining vazifasi, duragay urug‘lar yetishtirib, undan o‘zining kuchli o‘sishi bilan ajralib turadigan birinchi bo‘g‘in duragay nihollarini va ko‘chatlarini olishdan iboratdir hamda onalik daraxtlarini tanlashdan iboratdir.
Seleksiya va urug‘chilikning asosiy vazifasi, tut daraxtining barg hosili yuqori bo‘lgan, tabiiy sharoitga moslashgan onalik daraxtlarini tanlashdan iboratdir.

Download 295.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling