Ipakchilik va tutchilik
Janubiy va o‘rtacha iqlimli hududlar uchun
Download 295.48 Kb.
|
Шукурова Муниса БМИ сўнги тайёр вариант 12 06 2023йил docx 2
Janubiy va o‘rtacha iqlimli hududlar uchun:
SANIISh-15X Pioner; «Kokuso-13» x Pioner; Lixi»-1 «Seleksiya»-86, «Qarshi-1 X«Seleksiya»-86. Shimoliy hududlar uchun: SANIISh-15 x Pioner; Lixi-5 x Sovuqqa chidamli ; «Qarshi»-1 x «Pioner». Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va O’zbekistonning shimoliy o‘rta hamda janubiy hududlariga tavsiya etilgan navlar taklif qilinadi. Shuni aytish kerakki, SANIISH-25 x Pioner duragayi barg hosili jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Bu duragaylar turlararo changlatishdan paydo bo‘lganligi uchun ular barg hosildorligi va sovuqqa chidamliligi jihatidan kontrol Kokuso-70 dan ustun turadi. Payvand qilingan navning hayotchanligini, sovuqqa chidamliligini va mahsuldorligini oshirish uchun biologik jihatdan munosib payvandtag bo‘lishi kerak. Bunday payvandtag sifatida SANIISh-15 x «Pioner» «Lixi»-5 x “Sovuqqa chidamli” navidan, shuningdek, qalamchadan ko‘paytirilgan otalik-onalik daraxtlari urug‘idan chiqqan nihol va ko‘chatlardan foydalanish kerak. Bu duragaylar shimoliy hududlarga mo‘ljallangan bo‘lib, barg hosili va novdasining sovuqqa chidamliligi jihatdan tabiiy tut Xasakdan ustun turadi. Ipakchilik ilmiy tekshirish instituti duragaylarning quyidagi otalik va onalik juft navlarini tavsiya etadi: mo‘tadil iqlimi zona uchun SANIISH-15 x Pioner Payvandi x SANIISH-25, Farg‘ona vodiysi uchun «Yubileyniy» x «Guliston», «Sovuqqa chidamli» x Pioner; janubiy viloyatlar uchun «Qarshi» x «Pioner» navlari. Shimoliy tumanlarga M. alba turiga kiruvchi bu duragaylar tavsiya etiladi. Chunki , shimoliy tumanlarda sovuqqa chidamli navlar hali ham kam. Tavsiya etilgan duragaylar nav sinash jarayonlaridan o‘tib, Uzbekistonning turli hududlari — Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari av Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘stirilmoqda. Urug‘lik daraxtlarning meva berishi va har bir mevadai urug‘ chiqish miqdori ko‘pgina omillarga bog‘liq. Masalan; onalik daraxtlar zich qilib ekilganda, ularga soya tushib mvva qilishi kamayadi. Bu faqat mevani katta-kichik bo‘lib qolishi ta’sir etibgina qolmay, urug‘ning sifatiga ham ta’sir etadi Bundan ko‘rinib turibdiki, onalik daraxt erkin, yorug‘lik yaxshi tushadigan qilib ekilganda meva berishi ham yaxshilanar ekan. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston Davlat tutchilikka ixtisoslashgan ko‘chatzorlarida urug‘lik ona tutzorlar asosan 6x6 m shimoliy va 8x8 m janubiy hududlar uchun sxemada seleksion yo‘l bilan tanlangan ko‘chatlarni joylashtirish tavsiya etiladi. Bunda onalik daraxtlar miqdori 75% ni, otalik daraxtlar 25% ni tashkil qiladi. Otalik-onalik daraxtlarni urug‘chilik tutzorda bunday joylanishi daraxtlarning yaxshi o‘sishini va erkak guli changining tutzor bo‘ylab bir xilda taqsimlanishini ta’minlaydi. Tut urug‘i olinadigan ona tutzorga necha foiz urg‘ochi va erkak tutlarni joylashtirishni bilish kerak, ya’ni 75:25 nisbatda urug‘lik tutzorlar tashkil etilishi lozim.Agar urg‘ochi va erkak tutlar 6x6 qilib joylashtirilsa u holda, oldin bitta daraxtning oziqlanish maydoni topilib, so‘ngra 1 gektardan jami tutlar soni topiladi. a) Bitta daraxtni oziqlanish maydoni =6x6m=36 m2, 1 ga.dagi daraxtlar sonining=10000kv.m./36kv.m.=277,7=277 dona, endi urg‘ochi va erkak tut daraxtlarini joylashtirish uchun necha qator va har bir qatorga necha dona daraxt ekish soni aniqlanadi (16x17=272). Demak, 16 qator va har bir qatorga 17 ta urg‘ochi va erkak tut joylashtirish mumkin bo‘ladi. Jami 194 urg‘ochi va 78 ta erkak tut daraxti joylashadi. Qolgan 5 ta daraxtni ekmasa ham bo‘ladi, maydonni boshi va oxiridan traktor qaytib olish uchun joy qoldiriladi. Bunda birinchi qatorda erkak va urg‘ochi daraxtlar, ikkinchi qatorda faqat urg‘ochi daraxtlar, uchinchi qatorda erkak va urg‘ochi daraxtlar, to‘rtinchi qatorda faqat urg‘ochi daraxtlar, shu tartibda qolgan qatorlarda daraxtlar joylashtiriladi. Shundan so‘ng bir gektar urug‘lik tutzordan qancha tut urug‘i olish mumkinligi topiladi, demak 1 gektardagi 277 ta, 75%i urg‘ochi bo‘lib, uning soni aniqlanadi. a) meva beruvchi daraxt – 277x75/100=208 dona. Agar bitta urg‘ochi daraxt o‘rtacha 40 kg. meva bersa, mevadan urug‘ini chiqishi 3% bo‘lsa, 1 gektardan qancha urug‘ olish mumkinligi quyidagicha topiladi. 1 daraxt- 40 kg. meva beradi 208 ta – x =208x40/1=8320 kg. meva Mevadan urug‘ chiqishi – 3% x=8320x3/100 =249,6 kg. tut urug‘i olish mumkin. Download 295.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling