Iqbol mirzo ijodida ananaviy poetik obrazlar


Download 1 Mb.
bet1/2
Sana20.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1627390
  1   2
Bog'liq
BMI slayd

  • Kirish
  • I bob.Istiqlol davri o‘zbek she’riyati va Iqbol Mirzo ijodi
  • 1.1. Istiqlol davri o‘zbek she’riyati taraqqiyot tamoyillari
  • II bob. Iqbol Mirzo she’riyati badiiy xususiyatlari.
  • 2.1. An’anaviy poetik obraz va shoir induvidulligi
  • 2.2. Shoirning an’anaviy poetik obrazlardan foydalanish mahorati
  • Xulosa
  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi. Hozirgi kunda barcha sohalar soniya sayin rivojlanib bormoqda. Barchamizga ma’lumki, XXI asr intellektual salohiyat hamda ma’naviyat asri sifatida insoniyat taraqqiyoti kirib keldi. Inson tafakkurining yangilanishida hech qaysi soha adabiyotchalik o‘z xissasini qo‘sha olmaydi. XXI asr inson tafakkuri taraqqiyotiga, uning shiddat bilan o‘sishi hamda yangilanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Adabiyot badiiy so‘z va obrazlar vositasida xalqning ruhiyatida tubdan o‘zgarish hosil qila oladi. Buning uchun ijodkorlarning o‘tkir qalami xizmatga shaylanadi. Ijod ahli istagan mavzusida qalam tebratishi, xohlagan muammosini o‘z asarlarida ko‘tarishi, o‘ziga ma’qul keladigan qahramon timsoli orqali tasvirlashi ushbu jarayonning jadallashuviga yordam beradi. Agar ijod ahli yuqorida sanalgan imkoniyatlarga ega bo‘lmasa, adabiyotda globallashuv hodisasi ro‘y berishi qiyin. Deyarli 70 yildan ortiq vaqt mobaynida qog‘ozda bor-u, ammo amalda bo‘lmagan erkinlik ijodkorlarning istagandek ijod qilishiga to‘sqinlik qildi. Mustaqillik tufayli qo‘shtirnoq ichidagi erkinlik o‘z nihoyasiga yetdi. Adabiyotga chinakam erkinlik berildi hamda u qonun asosida mustahmkamlab qo‘yildi. Natijada adabiyotda juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi.
  • Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ma’lumki, badiiy adabiyotda, jumladan, she’riyatda ham uzoq asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelayotgan turlar, janrlar, shakllar, usullar, ifoda tasvir vositalari mavjud. Bas, shunday ekan, har bir ijodkor o‘z tabiati va tushunchasiga ko‘proq yaqin bo‘lgan mavzularda, o‘z qalami ko‘proq moyil bo‘lgan janrlar va shakllarda ijod qiladi.
  • Bizning tadqiqotimizdan maqsad o‘ziga xos ovoz va uslubga ega bo‘lgan Iqbol Mirzo she’riyatida an’anaviy poetik obrazlarning qanday aks ettirilganligini tadqiq etishdir. Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotimizda quyidagi vazifalarni hal qilish ko‘zda tutilgan:
  • - istiqlol davri o‘zbek she’riyatining yetakchi tamoyillari haqida fikr yuritish;
  • - istiqlol davri she’riyatida ro‘y bergan sifat o‘zgarishlarini yoritish;
  • - Iqbol Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida tahliliy xulosalar chiqarish;
  • - shoir she’riyatida inson kechinmalari, uning qalbida bo‘layotgan yangilanishlar haqida batafsil to‘xtalish;
  • - Iqbol Mirzoning an’anaviy poetik obrazlardan foydalanishdagi individualligini yoritish;
  • - shoirning an’anaviuy poetik obrazlardan foydalanishini ko‘rsatish;
  • - shakliy, mundarijaviy izlanishlar shoir she’riyatiga xos xususiyat bo‘lganligini tahlil qilish;
  • Ishning tuzilishi va hajmi. Tadqiqotimiz kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
  • I bob.
  • Istiqlol davri o‘zbek she’riyati va Iqbol Mirzo ijodi
  • Mustaqillik davrida nasrda ham, nazmda va dramaturgiyamizda ham juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Buni birgina she’riyatimiz misolida ham ko‘rish mumkin. Istiqlolni zo‘r shodu hurramlik va mamnuniyat bilan qarshilagan Rauf Parfi, Halima Xudoyberdieva, Azim Suyun, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Ikrom Otamurod, Farida Afro‘z, Abduvali Qutbiddin, Aziz Said, Iqbol Mirzo, Bahrom Ro‘zimuhammad, Muhammad Yusuf, Faxriyor, Zebo Mirzo, Tursun Ali, Asqar Mahkam, Halima Ahmad singari shoirlarning she’rlarida olamni poetik idrok etish yangi bosqichga ko‘tarilganligi namoyon bo‘ladi. Bu davr she’riyatida o‘tkir gap aytish, dono fikr bildirish, nasihat, aql o‘rgatish emas, balki inson ruhining murakkab, ismsiz manzaralarini aks ettirishga e’tibor kuchaydi. Hissiyot qatlamlarini tadqiq etish, odam ruhiyatidagi boy va rangin iqlimlarni poetik kashf etishga urinish kuchaydi.
  • Iqbol Mirzo she’riyatining mavzu ko‘lami keng lekin uni shartli ravishda quyidagicha tasniflab o‘rgansak maqsadga muvofiq bo‘ladi:
  • Vatan va uning mustqilligi haqidagi she’rlar.
  • Ishqiy mavzudagi she’rlar.
  • Tarixiy mazmundagi she’rlar.
  • Bag‘ishlov she’rlar.
  • Falsafiy va boshqa mavzudagi she’rlar.
  • Iqbol Mirzo ijodida vatanparvarlik mavzusidagi ko‘plab she’rlarni uchratishimiz mumkin. “Asrayman, yurtim”, “Tinchlik”, “O‘zbekisto, yolg‘izim”, “Yurt qo‘shig‘i” she’rlari shular jumlasidandir. Iqbol Mirzoning vatanparvarlik mavzusidagi she’rlari inson qalbida vatanga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirib yuboradi. Uning vatan haqidagi she’rlarini o‘qir ekansiz ruhingizda ajib jo‘nboshlik, qalbingizda go‘zal hislar kurtak ochadi. O‘zbek adabiyotida ko‘plab vatan mavzusidagi she’rlarni uchratishimiz mumkin, lekin Iqbol Mirzo she’rlaridek ta’sirli va insonni o‘yga toldiruvchi lirik asarlar barmoq bilan sanarli.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling