Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari


Download 105.39 Kb.
bet6/23
Sana24.06.2023
Hajmi105.39 Kb.
#1652834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Dorivor amaliy qismi (0)

Ishning borishi:
1-amaliy ish: Zubturum o’simligining dorivor preparatlari yalligo’lanishga qarshi va balg’am ko’chiruvchi vosita (barg damlamasi) sifatida, meo’da-ichak kasalliklari (surunkali gipoatsidli gastrit, normal va kam kislotalik sharoitdagi meo’da-o’n ikki barmoq ichak yarasi)ni (plantoglyusid preparati), anatsid gastrit, surunkali va tuzalishi qiyin bo’lgan kolit hamda yaralarni (quritilmagan bargi va burga zubturumning quritilmagan yer ustki qismining shiralari birgalikda) davolashda qo’llaniladi. Barg yo’talda beriladigan choylar — yig’malar tarkibiga kiradi.
2-amaliy ish: Zig’ir urug’i o’rab oluvchi va ich yumshatuvchi dori sifatida qo’llaniladi. Shilliq eritma tayyorlash uchun urug’ butunligicha issiq suvda (1:30) chayqatiladi. Shilliq moddalar urug’ining epidermis qavatida bo’lganidan tezda suvda erib, ajralib chiqadi. Urug’ning 15—20% li qaynatmasi og’iz chayqash uchun ishlatiladi. Kunjara kukuni (poroshogi) (ba’zan butun urug’ni yanchib tayyorlangan kukun-poroshok) tananing ogo’riyotgan joyiga qizdirib qo’yiladi. Zig’ir moyidan olinadigan linetol preparati (olein, linol, linolen va boshqa yogo’ kislotalarining etil efirlarining aralashmasi) va uning kompleks preparati — livian ateroskleroz kasalligini davolash va oldini olishda hamda kuyganni va nur terapiyasi natijasida zararlangan joylarni davolashda qo’llaniladi.
4-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Tarkibida vitaminlar bo’lgan dorivor o’simliklar


Dars maqsadi: Talabalarning tarkibida vitaminlar bo’lgan dorivor o’simliklar (na’matak, qora smorodina, chakanda, tirnoqgul, bozulbang, Jag’-jag’ va b.) to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Umumiy ma’lumot:
Qora smorodina (Ribes nigrum L.) toshyorardoshlar Saxifragaceae oilasiga kiradi. Qora smorodina bo’yi 1—1,5 (ba’zan 2) m bo’lgan buta. Poyasining po’stlog’i to’q sariq qo’ng’ir yoki qizil jigarrang tusli bo’ladi. Bargi panjasimon 3—5 bo’lakli bo’lib, bandi bilan poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari shingilga to’plangan. Kosachabargi 5 ta, tojbargi ham 5 ta, pushti-kulrang, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan. Mevasi — xushbo’y hidli, yumaloq shaklli, ko’p urug’li ho’l meva.
May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul-avgustda pishadi.
Geografik tarqalishi. Qora smorodina yovvoyi holda Rossiya o’rmon zonasidagi nam o’rmonlarda, nam o’tloqlarda, botqoq chetlarida va ariq bo’ylarida o’sadi. Rossiyaning Yevropa qismida, Sibirda va boshqa rayonlarda ko’plab o’stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Qora smorodina o’simligining bargi o’simlik gullashidan oldin yoki gullaganida, mevasi esa pishganida terib olinadi. Yig’ib olingan barg salqin yerda, mevasi esa pechlarda quritiladi. Ho’l mevadan vitamin sharbati ham tayyorlanadi.
Kimyoviy tarkibi. Barg tarkibida 0,25% askorbin kislota va efir moyi bo’ladi. Meva tarkibida 0,4% askorbin kislota, 3 mg % karotin, V1 va R vitaminlari, 2,5—4,5% gacha organik kislotalar, 4,5—16,8% gacha qand, 0,43% gacha oshlovchi va 0,5% gacha pektin moddalar, antotsian birikmalari va ularning glikozidlari hamda flavanoidlar bor.
Dorivor preparatlari. Damlama. O’simlikning bargi va mevasi vitamin choylari — yig’malar tarkibiga kiradi.

Download 105.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling