Iqtisdiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Taklif tushunchasi va qonuni


II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 264.21 Kb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi264.21 Kb.
#1249734
1   2   3   4   5
Bog'liq
VARIANT 26

II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Markaz asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida raqobatni rivojlantirish jarayonlarini, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi monopoliyaga qarshi tartibga solish va raqobat siyosati amaliyotini tahlil qilish;
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarish tizimini tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini o‘rganish hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
tabiiy monopoliyalar va bazaviy tarmoqlar sohasida bozor qayta o‘zgartirish jarayonlarini tadqiq etish;
monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlari loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(5-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng xabardor qilish;
(5-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
respublika monopoliyaga qarshi organlari va sud boshqaruvchilari kadrlari malakasini oshirish, tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish;
(5-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
raqobatni rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar sohasini tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish, tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, shuningdek bankrotlik masalalarini ta’minlashning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etish.
(5-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
6. Markaz asosiy vazifalar va faoliyat yo‘nalishlariga muvofiq:
monopoliyaga qarshi siyosatni, bankrotlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rganish va takomillashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradi;
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va ekspertizadan o‘tkazadi;
xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida anketa va boshqa ijtimoiy so‘rovlar tashkil etadi va o‘tkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlari va muassasalari bilan birgalikda prognoz hujjatlarni hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi, respublika va xalqaro loyihalarda ishtirok etadi;
malaka oshirish kurslarini, shu jumladan davlat monopoliyaga qarshi organi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazadi, shuningdek sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tashkil etadi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
davlat organlari va boshqa chet tashkilotlar buyurtmalari bo‘yicha tahliliy obzorlar va tadqiqotlar o‘tkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi uchun uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar tayyorlaydi.

Download 264.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling