Iqtisdiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Taklif tushunchasi va qonuni
Download 264.21 Kb.
|
VARIANT 26
- Bu sahifa navigatsiya:
- MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
VARIANT 26 Iqtisdiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Taklif tushunchasi va qonuni. Talabni qondirish uchun zarur bulgan yana bir iqtisodiy kategoriya - taklifdir. Talab bor joyda taklif ham paydo bo’la boshlaydi. CHunki ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun odamlar mehnat ya’ni ishlab chiqarish jarayoni orqali hayot uchun zaruriy ne’matlar ishlab chiqara boshlaydilar. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish uchun xaridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Bozorda taklif qonuni amal qiladi. Taklif qonuniga muvofiq barcha omillar teng bo’lgan sharoitda taklif bahoning o’zgarishiga binoan o’zgaradi. Demak, tovar bahosining o’sishi taklifni ko’paytiradi va aksincha, tovar bahosining pasayishi taklif etilayotgan tovarlar miqdorini kamaytiradi. Taklif qonuniga muvofiq ma’lum tovarlar bahosining ortishi bilan ishlab chiqaruvchilar foyda olish uchun mazkur tovarlar yoki xizmatlarni ko’plab yaratadilar. Natijada taklif ortadi. Tovarlar va xizmatlar miqdorining o’sishi taklifning ortishiga hamda talabning pasayishi bilan bahoning ham pasayishiga olib keladi. Taklif talabga qarab o’zgarib turadi. Uning o’zgarishini taklif qonuni izohlaydi. O’zbekiston Respublikasining monopoliyalarga qarshi qonunchiligi va amalga oshirish mexanizmi. Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish ni boshqaruvchi qonunlar. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATNI TAKOMILLASHTIRISH MARKAZINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA Raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi tadqiqotlarning amaliy yo‘naltirilganligini kuchaytirish va normativ-huquqiy bazani rivojlantirish, mutaxassislarning raqobat muhitini rivojlantirishning xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda) 1. O‘zbyuroKES, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining TASIS dasturining “O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga ko‘maklashish” EDUZ—9802-son loyihasi ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini, shuningdek rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi tartibga solish amaliyotini tahlil qilish; raqobat sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobatni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda) iqtisodiyotning monopol tarmoqlarini boshqarish tizimi tarkibini o‘zgartirish jarayonlarini o‘rganish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; (2-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda) iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish dasturlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring tadqiqotlarini olib borish; tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa donor tashkilotlar grantlarini jalb qilish; (2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda) respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng xabardor qilish; respublika monopoliyaga qarshi kurash organlari kadrlari malakasini oshirish hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish. (2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda) 3. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz notijorat tashkiloti shaklida tashkil etiladi, unga belgilangan tartibda TASIS dasturining “O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga ko‘maklashish” EDUZ—9802-son loyihasining barcha texnik va ofis asbob-uskunalari beriladi. 4. Markazning shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 8 nafardan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi va Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi to‘g‘risidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin. 6. Xalqaro va boshqa donor tashkilotlar grantlari mablag‘lari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda) Oldingi tahrirga qarang. 7. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axboroti byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan ro‘yxatga kiritilsin. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y.,34-36-son, 264-modda) 8. Toshkent shahar hokimligi Markazni Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi ma’muriy binoning 10-qavatiga (TASIS dasturining EDUZ—9802-son loyihasi ofisi egallab turgan xonalar) joylashtirsin. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Download 264.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling