Iqtisdiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Taklif tushunchasi va qonuni


Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV


Download 264.21 Kb.
bet2/5
Sana08.03.2023
Hajmi264.21 Kb.
#1249734
1   2   3   4   5
Bog'liq
VARIANT 26

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 29-iyul,
331-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
29-iyuldagi 331-son qaroriga
1-ILOVA
Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining tashkiliy
TUZILMASI

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
29-iyuldagi 331-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi to‘g‘risida
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) raqobat, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi tadqiqotlarning amaliy yo‘naltirilganligini kuchaytirish va normativ-huquqiy bazani rivojlantirish, mutaxassislarning raqobat muhitini rivojlantirishning xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida tashkil etilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
2. Markaz mustaqil notijorat yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, dumaloq muhrga, firma blankasi, shtamp, logotip, uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar va belgilarga ega bo‘ladi.
3. Markaz o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qarorlari va buyruqlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
4. Markaz quyidagi to‘liq va qisqa nomlarga ega:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi;
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
qisqa nomi — Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi.
Markazning yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 18 “A”.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)

Download 264.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling