Iqtisdiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari. Taklif tushunchasi va qonuni
Download 264.21 Kb.
|
VARIANT 26
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
III. Markazning huquqlari
7. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega: o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlarning, jamoat va ilmiy jamg‘armalarning mablag‘larini, ixtiyoriy badallar va grantlarni jalb etish; mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublika korxonalari va tashkilotlaridan statistik, ilmiy yoki boshqa axborotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda olish; tadqiqotlar va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish hamda ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga kontrakt asosida davlat boshqaruv organlari mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, shuningdek xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etish, vaqtinchalik ishchi guruhlar va jamoalarni shakllantirish; noshirlik faoliyatini amalga oshirish, Markaz ishlari sohasi bo‘yicha ma’lumotnomalar, obzorlar va boshqa axborot materiallarini chop etish va ularni tarqatish; jismoniy va yuridik shaxslarga konsalting xizmatlari ko‘rsatish, marketing va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish; Markazning mintaqaviy vakolatxonalari va filiallarini tashkil etish; Markazning vakolatiga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga zid bo‘lmagan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish. IV. Markaz faoliyatini tashkil etish 8. Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz direktori amalga oshiradi, u lavozimga Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining raisi tomonidan tayinlanadi. 9. Markaz direktori: Markaz faoliyatiga shtatdagi va shtatda bo‘lmagan mutaxassislar kuchi bilan ishlab chiqiladigan hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishilgan joriy va istiqbolli dasturlar asosida rahbarlikni amalga oshiradi; Markaz sohasiga muvofiq bo‘lgan tashabbuskorlik va izlanish tadqiqotlari mavzusini tasdiqlaydi; yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi; Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishgan holda xodimlar belgilangan soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa masalalarni hal qiladi. Markaz direktori maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bosh boshqarmasi boshlig‘iga tenglashtiriladi. (9-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda) Download 264.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling