Iqtisod-moliya
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bixevoristik nazariya
Kognitiv
taraqqiyot nazariyasi o‘zaro bog‘lanish, ta’sir ko‘rsatishni bilishning rivojlanishi, sifatini oshirishning zarur elementi sifatida ko‘radi. Bizni o‘rab olgan dunyoni his qilish, uni o‘rganish uchun o‘z-o‘ziga savol berish, uning javobini topishga, sabablarini o‘rganishga intilishga olib keladi, deyishadi, shu nazariya vakillari. Shveytsariyalik psixolog, faylasuf Jan Piaje o‘zaro hamkorlikda foydali tortishuvlar yuz beradi va fikr yuritishni faollashtiradi, istiqbolda kognitiv taraqqiyotni rag‘batlantirishini ko‘rsatadi. Bixevoristik nazariya o‘qitishni insonning sa’y-harakati, tanlovini uning tashqi ta’sirga nisbatan jismoniy harakat qilish, verbal va 57 MEC-109 Research Methodsin Economics Indira Gandhi National Open University, 2015 ISBN-978-81-266; Methods for teaching: promoting student learning in K–12 classrooms/David A.Jacobsen, Paul Eggen and Don Kauchak.––8th ed, 2009. р. 3. 105 emotsional reaksiyasini bir butun holatini ko‘satadi. Bu borada hozirgi paytda qator konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ularning orasida insonda iqtisodiy fikrlash, tafakkurni shakllantirish masalalariga alohida diqqat qaratgan yo‘nalish bixeviorizm hisoblanadi. Bixeviorizm 58 - psixologik- pedagogik konsepsiya bo‘lib, insonga texnokratik tarbiya berish, ratsional tanlashga o‘rgatish nuqtai nazaridan yondashadi. U inson haqidagi fanda erishilgan yutuqlarga asoslanib, uning manfaatlari, ehtiyojlari, qobiliyati, sa’y-harakati va tanloviga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etadi va bunda zamonaviy metodlargan foydalanadi. An’anaviy bixeviorizmga taniqli amerikalik faylasuf va psixolog J. Uotson asos solgan. U insonning sa’y-harakati, tanlovi, reaksiyasi stimulga, uning ruhiyati psixologiyasiga ta’sir qilishiga, unda qandaydir his-tuyg‘ular uyg‘onishiga, qo‘zg‘atilishiga bog‘liqligi haqidagi qoidalar bilan fanni boyitadi. U aloqa, bog‘lanishlarni umumlashgan holda “ Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling