Iqtisod-moliya


Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish metodi


Download 1.64 Mb.
bet80/322
Sana20.08.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1668575
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   322
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org

Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish metodi
– guruhni ma’lum 
bir mezonlar asosida 2-6 o‘quvchi-talabadan iborat kichik guruhlarga
bo‘lib, ularni hamkorlikda ishlash, bilish jarayonini puxtalashtirish
boshqalarning fikrini eshitishga o‘rgatadigan, mas’uliyat talabalar
zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladigan dars o‘tish 
metodidir



Guruhni kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish o‘ziga xos 

xususiyatlari bilan boshqa metodlardan ajralib turadi: 
1) o‘quvchi-talabalarni hamkorlikda ishlashga, bilish jarayonini 
faollashtirishga, ularda kommunikabellik, kirishimlilik, boshqalarning
fikrini eshitishni o‘rgatadi;
2) berilgan topshiriqni birgalikda bajarish jarayonida o‘rtoqlari
tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga moyillik paydo 
bo‘ladi;
3) savollarni aniq shakllantirish, beradigan javoblarni asoslab 
berishni o‘rganadilar;

4) ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini ro‘yobga 


chiqarishga yordam beradi. Bilmaganlarini bir-birlaridan so‘rab
o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Ta’lim oluvchilar bilimini o‘zaro 
hamkorlikda boyishini ta’minlaydi;

5) tortinchoq o‘quvchi-talabalar o‘z bilimlari, qobiliyatlarini 


namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Qobiliyatli, iqtidorlilar esa
o‘z mahoratlarini namoyish qilish, boshqalarga yordam berish, ularga 
o‘rgatishlari va ulardan ham nimanidir o‘rganishlari mumkin. Kichik
guruhlarda ishlash talabalarning darsda faolligini ta’minlaydi, eng 
asosiysi o‘quvchi-talabalar bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishadi;

6) kichik guruhlarda ishlash har bir o‘quvchi-talabaga, o‘zini


guruhning 
bir
bo‘lagi

sifatida


his

qilish,
bir-birlarining 


muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga o‘rganadilar.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling