Iqtisod-moliya
Talabalar soni ixtiyoriy bo‘lgan kichik guruh modelida
Download 1.64 Mb.
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboyeva maxsus fanlarni-hozir.org
Talabalar soni ixtiyoriy bo‘lgan kichik guruh modelida
o‘quv topshirig‘ini bajarishni 2 xil tashkil etish mumkin: 1) аvvаl individual tarzda, so‘ngra kichik guruh bilan birgаlikdа bajarish; 2) to‘g‘ridan- to‘g‘ri kichik guruhlarda bajarish. Kichik guruhlarda ishlashning bu Kichik guruh modellari Juftlik, ikki kishidan iborat kichik guruh Mozaika yoki kooperativ kichik guruh Ta’lim oluvchilar soni ixtiyoriy kichik guruh 108 modelida dars o‘tishning boshqa metodlari bilan birgalikda qo‘llash hamda turlicha tashkil qilishning imkoniyati katta. Masalan, kichik guruhlar o‘rtasida musobaqa tarzida tashkil qilish mumkin. “Charxpalak”, “stol ustida ruchka”. ‘zinama-zina”, “3x4” va bоshqаlаr shu mоdеlgа kirаdi. Juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishning muvaffaqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan unga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bog‘liq. Tadqiqotchilarning bir ovozdan ta’kidlashicha, bu uslub fanni chuqur bilish bilan birga umumiy mavzu o‘tilyotganda mayda tafsilotlarni ham ko‘zdan qochirmaslikni talab qiladi. 60 Kichik guruhlarga bo‘linib ishlashning ko‘satilgan ijobiy tomonlari, afzalliklari bilan birgalikda kamchiliklari ham bor. Ular: Birinchidan , hamma o‘quvchi-talabalar ham darsga faol qatnashmasligi mumkin. Buni har bir kichik guruh uchun hamda uning qatnashchisi uchun baholash mezoni
chiqish
minimallashtirish mumkin. Ikkinchidan , o‘qituvchining dars o‘tishdagi, hatto murakkab masalalarni muhokama qilishda ham roli minimal bo‘lishi. Uchinchidan , talabalar bir-biriga bilmaganini o‘rgatadi. Lekin yangi tushuncha, yangi o‘quv materiali berilganda fanning mazmunini chuqur va yaxshi tushunadigan o‘qituvchi bo‘lishi kerak. Auditoriyada kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda masala, mashq yechish mumkin. Bunda talabalar berilgan topshiriqni ma’nosiga tushundimi yoki yo‘qmi tekshirish, uni bajarishga aniq vaqt belgilash, talabalar o‘rtasida muloqot tashkil etish kerak. To‘rtinchidan , qo‘yilgan masalani kichik guruhda muhokama qilish uchun qo‘shimcha auditoriya talab qilinadi. Ayniqsa mozaika modelida albatta qo‘shimcha sinf, auditoriya bo‘lishi zarur. Shuning uchun kichik guruhlarga berilgan topshiriqni darsdan tashqari paytda muhokama qilib, seminar darsida oxirgi kichik guruhlar taqdimoti muhokamasini o‘tkazish mumkin. Beshinchidan , topshiriqning bitta auditoriyada muhokama qilinishi shovqin-suronni kuchayib ketishiga olib keladi. 60 A Handbook for Teaching and Learning in Higher Education. Enhancing Academic Practice. Third edition. Edited by Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall. First edition.This edition published 2009 by Routledge 270 Madison Ave, New York, NY 10016 Simultaneously published in the UK by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX14 4RN. - p. 82; Methods for teaching: promoting student learning in K–12 classrooms/David A. Jacobsen, Paul Eggen and Don Kauchak. 8th ed, 2009. 109 Metodning kamchiliklariga nisbatan afzallik tomonlari ko‘p. Kamchiliklarni bartaraf qilish imkoni bor. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida bu metod keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llash imkoniyatlari keng. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling