111
Modellashtiruvchi o‘yin metodining alohida ajralib turuvchi
jihati
– maqsadni o‘yinlar orqali amalga oshirish
natijasida amaliyotga
yaqinlashtirish va o‘quvchi-talabalar ongiga yetkazishdir;
U o‘quvchi-talabalarning barchasi faol qatnashishi ta’minlanadi;
Ta’lim oluvchilarning o‘zlari qatnasib, qo‘yilgan maqsadni amalga
oshirganlari tufayli “o‘qitish piramidasi”ga ko‘ra 75 %gacha axborotni
eslab qoladilar.
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda modellashtirish metodi muhim o‘rin
tutadi. Aynan modellashtirishda talabalar
iqtisodiy tushunchalarni
o‘rganishni eshitish, ko‘rish orqaligina emas, balki o‘zlari ham qatnashib
o‘rganadilar. Natijada,
birinchidan, eng passiv talabalarni ham darsda
faol qatnashishlari ta’minlanadi. Ikkinchidan,
talabalar u yoki bu
tushunchani, jarayonni o‘rganishda o‘zlari qatnashganlari tufayli u
xotiralarida uzoq saqlanib, faol bilim zaxirasini tashkil etadi.
Bilim va malaka o‘qish, faoliyat yuritish jarayonida shakllanadi.
Biror malakani egallash uchun unga oid faoliyatni ko‘p marta takrorlash,
mashq qilish, muntazam amalga oshirish zarur.
Ana shu jarayon
natijasida o‘quvchi, talabalarda uquv, ko‘nikma shakllanadi.
Modellashtirilgаn аmаliy o‘yin metodining muhim tomonlari
Bu jihatdan ham modellashtiruvchi o‘yin metodi katta ahamiyatga
ega. O‘yinlarning afzalligi shundan iboratki, o‘yin ishtirokchilari o‘ziga
u yoki bu rolni olib, harchand qiziqishlari bir-birinikiga mos tushmasada
o‘zaro
muloqotga kirishadilar, natijada ziddiyatli vaziyat yaratilib,
ehtirosli holat yuzaga keladi va bu o‘yinga qiziqish uyg‘otadi. O‘yin
ishtirokchilari beixtiyor ravishda o‘yin davomida o‘z xislatlarini
namoyon qiladilar.
Bunda ular olgan bilim, kasbiy o‘quv
malakalarinigina emas, balki umumiy iqtidorini, o‘z tabiatidagi mavjud
jur’at, tezkorlik, kirishimlilik, tashabbuskorlik, faollik kabi xislatlar bor
yoki yo‘qligini ham namoyish etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: