Iqtisod moliya
Butun iqtisodiyot tarixini ma’lum bir ma’noda extiyojlarni shakllanishi tarixi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy resurslar
Butun iqtisodiyot tarixini ma’lum bir ma’noda extiyojlarni shakllanishi tarixi
tarzida ko’rish mumkin. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi darajasiga ehtiyojlar va ishlab chiqarishning bir-biriga ta’siri asosida erishilgan. Jamiyatning sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonunida o’z ifodasini topadi. Bu qonun ishlab chiqarish va madaniyat rivojlanishi bilan inson extiyojlarining yuksalib borishini, uning miqdori o’sib, tarkiban yangilanib borishini ifodalaydi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan extiyojlar o’rtasida aloqa bog’lanishlar mavjudligi va uning doimo bo’lishini ko’rsatadi. Ehtiyojlarning yuksalishi murakkab tarzda kechadi. Ehtiyojlarning cheksizligi ko’prok sotsial - ma’naviy ehtiyojlarga taalluqli. Adam Smit «ovqatga intilish har bir odamda kishi oshqozonini kichik sig’imi bilan cheklanadi, lekin qulayliklarga hamda uy-joy, kiyim-kechak, uy sharoiti va anjomlarni bezashga intilish aftidan cheksiz yoki muayyan chegaralarga ega bo’lmasa kerak» deb ta’kidlagan. Komfort (qulaylik) umuman tugamaydigan cheksiz narsa, degan Gegel. Ehtiyojlarni o’zgarishini o’rganish maqsadida statistikada iste’mol tovarlarini asosan uch guruhga bo’lib o’rganiladi: a) oziq - ovqat mahsulotlari; b) nooziq - ovqat tovarlari; v) uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar. Ehtiyojlarni qondirilishi iste’molda ifodalanadi. Istemolning tarkibi va ularning miqdori o’zgarishiga qarab ishlab chiqarishni moslashtirishga qaratiladi. 3-§. Resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarni qondirish. Iqtisodiyotning bosh muammosi Iqtisodiyot nazariyasi asosini ikki narsa: jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini cheksizligi va shu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun kerak resurslarni cheklanganligi tashkil etadi va barcha muammolarni qamrab oladi. Er yuzida aholi bugunga kelib 6 millard kishidan oshdi. Erdagi tabiiy boyliklar, ekin maydonlari, o’rmonlar, qazilma boyliklar, chuchuk suv, o’simlik, hayvonot dunyosi miqdori cheklangan. Ular borgan sari kamayib borayapti. Sarf etilgan er osti boyliklarini umuman tiklab bo’lmaydi. Ma’lumki, ehtiyojlarni qondirishning yagona yo’li ishlab chiqarish. Buning uchun esa turli-tuman resurslar kerak. Resurslar deganda turli ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish uchun ishlatiladigan tabiat tomonidan yoki odamlar tomonidan yaratilgan ne’matlar va mehnatga layoqatli kishilarni tushunamiz. Bu resurslar moddiy va mehnat resurslariga bo’linadi. 1.Moddiy resurslar. Uning o’zi ikkiga: tabiiy resurslar va mehnat bilan yaratilgan resurslarga bo’linadi. Tabiiy resurslarga er, foydali qazilmalar kabilar kiritilsa, mehnat bilan yaratilgan resurslarga kapital kiradi. U bino-inshoot, asbob-uskuna, mashina, mexanizmlar, har xil qurilma, xom ashyo, materiallar kabilarni o’z ichiga oladi. 2.Mehnat resurslari-mehnatga layoqatli, ma’lum malaka va mahoratga ega kishilardan iborat. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling