Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ming tonna guruch = 0,5 ming dona avtomobil
Mamlakatda: A) Guruch etishtirishni 0 dan 10 ming tonnaga etkazilishi avtomobil ishlab chiqarishni 5 ming donaga kamayishiga olib keladi. 10 ming tonna guruchning muqobil qiymati 5 ming dona avtomobil (25 20 =-5); B) Guruch etishtirishni 10 ming tonnadan 20 ming tonnaga ko’paytirsak, avtomobid ishlab chiqarish 15 ming donagacha qisqaradi. Muqobil qiymat 5 ming avtomobil (20 15=-5); V) Guruch etishtirishni 20 ming tonnadan 30 ming tonnaga etkazishimiz, avtomobil ishlab chiqarishni yana 5 ming donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat yana 5 ming dona avtomobil (15 10=-5); G) Guruch etishtirishni 30 ming tonnadan 40 ming tonnagacha ko’paytirishimiz avtomobil ishlab chiqarishni yana 5 ming donaga kamaytiradi. Muqobil qiymat 5 ming dona avtomobil (10 5=-5); Misolimizda muqobil qiymat doimiy. Chunki guruch etishtirishni ko’paytirishimiz doimo bir xil miqdorda avtomobil ishlab chiqarishni kamayishiga olib kelayapti. Ming tonna guruch = 0,5 ming dona avtomobil Muqobil qiymat doimiy bo’lganda imkoniyat egri chizig’i to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi. Guruch va avtomobil ishlab chiqarishni qanday kombinatsiyada bo’lishini tanlash kerak. Korxona, firma doirasida qanday kombinatsiyalar bo’lishini, qancha, nima mahsulot ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish muammosini tadbirkor hal etadi, mamlakat miqyosida esa hukumat tanlaydi. Agarda mahsulot ishlab chiqarish miqdorini ko’rsatuvchi nukta OAG maydon ichiga to’g’ri kelsa, u mavjud resurslardan to’la foydalanmaganlikni, imkoniyatlarga qaraganda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarilganini ko’rsatadi. Masalan. 15 ming tonna guruch va 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 70 mlrd. so’mlik resurs talab etiladi. Bizdagi mavjud resurs esa 100 mlrd. so’m. Demak resurslardan to’la foydalanilmagan. OAG maydondan tashqari nuqta mahsulot ishlab chiqarish miqdorini mavjud resurslarga nisbatan ko’payishini bildiradi. Aytaylik, 30 ming tonna guruch, 20 ming dona avtomobil ishlab chiqarilmokchi, u holda 140 mlrd. so’mlik resurs talab qilinadi. Tadbirkor oldida 2 yo’l turibdi. Biri mavjud resurslardan maksimal foydalanib tovarlar turini ko’paytirish, resurslarni tejash yo’llarini topish, ikkinchisi ehtiyojlarni o’sishiga qarab o’zida bo’lmasa chetdan jalb qilish, qarzga olish mumkin. Bu muammoni har bir tadbirkor, har bir mamlakat indivudial tarzda hal etadi. Lekin resurslar cheklanganligi sharoitida mavjud resurslarni tejab ishlashtish tovar turlarini muqobil variantini, eng optimal darajasini tanlash muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu raqobat kurashida ham katta rol o’ynaydi. Iqtisodchilarning tadqiqoti ko’rsatadiki, birgalikda turli tovarlar ishlab chiqarganda 5% resurslar tejalar ekan. Ana shu tejalgan miqdor koeffitsentini 0,05 desak, misolimizda ishlab chiqarish imkoniyati formulasi quyidagi ko’rinishni oladi: 2X+5Y-0,05XY=100; agarda V variantni tanlasak, 2 x 10 + 4 x 20 - 0,05 x 10 x 20 = 90; Demak 10 mlrd. so’mlik resurs tejalyapti, tejalgan resurs evaziga qo’shimcha ravishda guruch yoki avtomobil ishlab chiqarish mumkin. Shuning uchun korxona, firmalar iloji boricha mahsulot turini ko’paytsalar resurslar tejalishi evaziga xarajatlarni pasaytirishga erishadilar. Qaysi tovarni ko’prok ishlab chiqarishni tanlash esa, ularga bo’lgan talab bilan taklifning nisbati, boshqacha aytganda bozor narxlariga bog’liq bo’ladi. Hayotdagi turli tuman vaziyatda tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo’lib, qaror qabul qilishni qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun har bir kishi beixtiyor shu variantlarni taqqoslashga tushadi. Taqqoslashdagi mezonlar juda ko’p va xilma-xil bo’lib, ular ma’lum sharoit, vaziyat, qo’yilgan maqsad va boshqalarga bog’liq.Xuddi shu fikrni muqobil variantlar xaqida ham aytish mumkin. Muqobil variant ikki va undan ortiq bo’lsa tanlash, tanlash uchun esa taqqoslash zarur bo’ladi. Buning uchun mezonalr belgilanadi. Taqqoslash natijasida u yoki bu qarorga kelinadi. Bu jarayon alohida kishi, oiladan boshlab to butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladi. Qaror qabul qilishda albatta qo’yilgan maqsad asosiy rol o’ynaydi. Har bir vaziyat, qo’yilgan maqsad uchun muqobil variantlar va qaror qabul qilish mezonlari boshqacha bo’ladi. Masalan: tadbirkorning qanday faoliyat turini tanlashi muqobil variantlari, maktabni bitiruvchining kelajakda qanday kasb tanlashi variantlaridan farq kiladi. Albatta mezonlari ham. Oliy Majlisga deputat nomzodiga ovoz berishda ham albatta muqobil variantlar ichidan o’zimiz belgilagan mezonlarga ko’ra qaror qabul qilamiz. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling