Tarqatiladigan materiallardan namunalar:
Tarqatma material 1
Quyidagi grafiklarga qarang
A
A
V
V
Ularni solishtiring va javobingizni izohlang.
Javob: birinchi grafikdagi imkoniyat egri chizig’i o’zgarmas, doimiy muqobil qiymatga
ega ishlab chiqarish, ikkinchi grafik esa A tovarni pasayib yoki V tovarning ortib borishini
ko’rsatadi. Bunday tarzda transformatsiya egri chizig’i yoy shaklida bo’ladi.
Tarqatma material 2
Hayotdagi turli tuman vaziyatda tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo’lib, qaror
qabul qilishni qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun har bir kishi beixtiyor
shu variantlarni taqqoslashga tushadi.
Taqqoslashdagi mezonlar juda ko’p va xilma-xil bo’lib, ular ma’lum sharoit, vaziyat,
qo’yilgan maqsad va boshqalarga bog’liq.Xuddi shu fikrni muqobil variantlar xaqida ham aytish
mumkin. Muqobil variant ikki va undan ortiq bo’lsa tanlash, tanlash uchun esa taqqoslash zarur
bo’ladi. Taqqoslash natijasida u yoki bu qarorga kelinadi. Bu jarayon alohida kishi, oiladan
boshlab to butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilish jarayonini quyidagi model orqali izohlash mumkin.
Qaror qabul qilishni qadam-baqadam modeli
1. Muammoni aniqlash. Eng avvalo muammo(erishish lozim bo’lgan natija)ni
ajratish,ayni shu vaqt, shu vaziyat uchun qaysinisi asosiy hisoblanadi, aniqlash zarur.
2. Muqobil variantlarni aniqlab chiqish (belgilangan natijaga erishishning turli usullarini
aniqlash). Masalan: auktsion, musobaqa, navbatda turish, boshliqning qarori, mulk egasining
hohishi va boshqalar.
3. Mezonlarni belgilash. (Har bir variantni baholashning mezonlarini aniqlaydigan
standartlarni belgilash.) Masalan: hammaga teng shans, naflilik, eng yuqori narx, mukofot, qadr-
qimmat, omad va hokazo.
4. Muqobil variantlarni baholash (Har bir mezon har bir muqobil variant uchun
qo’llaniladi).
5. Qaror qabul qilish (Turli variantlar mezonlari bo’yicha taqqoslanadi va ulardan eng
maqbuli tanlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |