Iqtisodiy faoliyat
Ishlab
chiqarish
Taqsimot
Ayirboshlash
Iste’mol
III
BOB. IQTISODIY FAOLIYAT VA ISHLAB CHIQARISH
Avvalgi bobda insonning
ehtiyojlari cheksiz ekanligi, uni qondirish muammolarini ko’rib
chiqdik. Navbatdagi bobda ehtiyojlarni qondirish uchun insonning iqtisodiy faoliyat yuritishi,
uning turlari, ishlab chiqarish uchun zarur omillar va ularning nisbatini
tadqiq etamiz
Ishlab chiqarish samaradorligi hamda resurslar cheklanganligi sababli inson doimo uni
oshirish yo’llarini izlashi muammolarini o’rganamiz.
1-§. Iqtisodiy faoliyat va uning turlari
Inson ehtiyojlari turli-tuman bo’lib, ularni turli usullar, vositalar
orqali qondirishga
harakat qiladi.
Insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning
vosita va usullari majmui iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Agar iqtisodiy faoliyatni insonni hayot kechirishini ta’minlovchi faoliyat tarzida qarasak,
uni kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixi davomida rivojlanishini ikki asosiy tipga bo’lishimiz
mumkin:
1) o’zlashtiruvchi va 2) ishlab chiqaruvchi.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichida insonlar tabiatdagi bor narsalarni to’g’ridan-
to’g’ri o’zlashtirish bilan hayot kechirganlar.
Insoniyat ma’lum bir paytdan esa ob’ektiv zarurat tufayli tabiatdagi tayyor ne’matlarni
o’zlashtiruvchidan ishlab chiqaruvchiga aylandi.
Shu paytdan boshlab, uning mehnati sifat
jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi. Mehnat iqtisodiy jarayonga aylandi. Endi
insonlar tabiat
ne’matlarini ehtiyojlariga moslashtirishga o’tdilar.
Iqtisodiy faoliyat inson hayotining asosini tashkil etadi. U juda murakkab,
turli hodisa va
jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kishilik jamiyati yashar ekan, bu jarayonlar uzluksiz davom etadi.
Iqtisodchilar iqtisodiy faoliyatni nazariy jihatdan to’rt fazaga bo’lishadi:
ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimot, iste’mol. Insonlarning xo’jalik yuritish faoliyatining natijasi ijtimoiy
mahsulot bo’lib, uning harakati ana shu to’rt
fazani bosib o’tadi va uzluksiz takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: