Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo’jalik
Testlar:
1a); 2a); 3v); 4b); 5d); 6g). V BOB. SOTSIAL-IQTISODIY TIZIMLAR VA ULARNING O’ZGARISHI Avvalgi bobda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar egalik qilayotgan mulki doirasida iqtisodiy jihatdan alohidalashuvini mulk tipi va shakllari esa jamiyat taraqqiyoti darajasiga ko’ra o’zgarib borganini ko’rib chiqdik. Mulk shakliga ko’ra xo’jalik yuritish shakllari tashkil topadi. Xo’jalik yuritish jarayonida kishilar o’rtasida yuz beradigan aloqalar jamiyat miqyosida qanday tarkib topadi va tartibga solinadi? Taraqqiyot bosqichlarini qanday ajratish mumkin? Nima sababdan bir tizim o’rniga boshqasi keladi? Ana shu va boshqa savollarga navbatdagi bobda javob topishga harakat qilamiz. Mavzuni sotsial-iqtisodiy tizim deganda nimani tushunishimiz kerakligini o’rganishdan boshlaymiz. 1-§. Sotsial-iqtisodiy tizim mazmuni. Jamiyatning sotsial-iqtisodiy tizimlari haqidagi nazariyalar Xo’jalik yuritish jarayonida kishilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar o’rnatiladi. Bu munosabatlar ma’lum tizim tarzida namoyon bo’ladi. Taniqli iqtisodchi V. Leontevning fikriga ko’ra, har bir mamlakatning iqtisodiyoti bu katta bir tizim bo’lib, o’z ichiga turli-tuman faoliyat turlarini qamrab oladi. Iqtisodiy faoliyat ma’lum iqtisodiy tizim sharoitida amalga oshadi. Iqtisodiy tizimga iqtisodchilar turlicha ta’rif berishadi. Masalan, P. Gregori va R. Styuartlarning fikricha, iqtisodiy tizim — bu ma’lum geografik hudud doirasida ishlab chiqarish, daromad va uni taqsimlashga doir qarorlar qabul qilish va uni amalga oshirish mexanizmlari va institutlari (tartiblari) majmuidir. F. Prayor bo’lsa, iqtisodiy tizim iqtisodiy jihatdan o’zini tutish va uning natijalariga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi barcha institutlar, tashkilotlar, qonun va qoidalar, e’tiqod, pozitsiya, an’analar, baholar, taqiqlar va axloqiy sxemalarni o’z ichiga oladi, deb ta’riflaydi. Professor A. O’lmasov iqtisodiy tizimga quyidagilarni kiritadi: a) iqtisodiy resurslar; b) iqtisodiy aloqalar yoki munosabatlar; v) iqtisodiy mexanizm; g) iqtisodiy siyosat.1 Iqtisodiy mexanizm — bu iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi va bir-birini taqozo etuvchi vositalar bo’lib, unga iqtisodiy stimullar (raƒbat beruvchi kuchlar), ishlab chiqarish, ayirboshlash va iste’molni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatning ixtisoslashuvi, iqtisodiy faoliyat kooperatsiyasi va xo’jalik aloqalarini o’rnatish usullari kiradi. Ma’lumki, ijtimoiy mehnat taqsimoti va uning chuqurlashib borishi bilan iqtisodiy aloqalar murakkablashadi. Turli-tuman xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning vujudga kelishi va rivojlanishi yuz berali. Natijada ular o’rtasida munosabatlar, aloqalarni tartibga solishning zarurati kelib chiqadi. Buning uchun maxsus siyosiy, huquqiy, iqtisodiy mexanizmlar yaratiladi. Ular bir butun holda jamiyatning sotsial-iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Xo’p, tizim deb o’zi nimaga aytamiz? Tizim deb turli elementlar, qismlardan iborat o’zaro uzviy boƒlangan, ma’lum tartib asosida tarkib topgan butunlikni tushuniladi. Iqtisodiy tizim jamiyatdagi turli xo’jalik Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling