Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayanch tushunchalar
Xulosa
*Kishilik jamiyatida barcha munosabatlar ma’lum bir tartib asosida tarkib topgan yaxlitlik, tizim tarzida namoyn buladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim tarkibi ƒoyat murakkab bo’lganidan iqtisodchilar unga turli jihatdan yondashib o’rganishadi va baho berishadi. Bularga mulkchilik shakli, iqtisodiy mexanizmning qandayligi, iqtisodiy faoliyatni, jamiyatni boshqarish, tartibga solish, jamiyat qanday ƒoyaga asoslanadi, qanday siyosat ustivorlik qiladi va boshqalar. *Ilmiy abstraktsiya metodini qo’llab, iqtisodiy aloqalarni sof tarzda olib mulk tipi va tartibga solish mexanizmiga ko’ra iqtisodiyotni uch tizim an’anaviy iqtisodiyot, markazdan rejalashtirishga asoslangan tizim va bozor iqtisodiyotiga ajratiladi. O’lar o’ziga xos belgilarga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Bu tizimlarni o’zini ham qator belgilar asosida bir-biridan farqlovchi bosqichlarga, tizimlarga ajratish mumkin. *Tarixiy taraqqiyot tajribasi ko’rsatadiki, tizimlar rivoji 2 yo’l bilan yuz beradi: 1)Tizim rivojlanib ma’lum bir chegaraga etgach, rivojlanish imkoniyati tugab, yangi, avvalgisiga nisbatan keng imkoniyatga ega, istiqbolli tizim bilan almashadi. 2) Mavjud tizim baƒrida yangi imkoniyatlar topilishi jamiyatning sifat jihatidan rivojlanishiga yo’l ochadi. Birinchisi ko’pincha revolyutsion tarzda amalga oshgan. Natijada mavjud tizim o’rniga avvalgisiga nisbatan insoniyat nuqtai nazaridan mukammalroq tizim o’rnatilgan. Ikkinchisida jamiyatning yangi iqtisodiyot tomon transformatsiyasi yuz beradi. Xozirgi paytda umuminsoniy, umumbashariy tizim sifatida bozor (aralash) iqtisodiyoti e’tirof qilinmoqda. *Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ma’lum tizim dorasida yuz berar ekan, kishilik jamiyati o’z nuqtai nazaridan mukammalroq tizim o’rnatish uchun intiladi. Natijada tarixiy taraqqiyot kengayib boruvchi spiralsimon tarzda ro’y beradi. Asosiy tayanch tushunchalar: 1. Sotsial-iqtisodiy tizim 2.Monostrukturali iqtisod 3. Polistrukturali iqtisod 4.Ierarxik boshqarishga asoslangan iqtisod 5. Aralash iqtisodiyot 6.An’anaviy iqtisod Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling