Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
— iste’mol tarzida yuz beradi. Yaratilgan mahsulot ayirboshlashni chetlab, shaxsiy hamda ishlab
chiqarish iste’moliga ketadi. Bunday to’g’ridan-to’g’ri aloqa natural xo’jalikning barqarorligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham qadimgi ko’pgina allomalar, jumladan Aris-totel ham natural xo’jalik tarafdori bo’lib, pulni barcha yomonlik, yovuzliklarning asosi deb hisoblagan. Natural xo’jalik jamiyat yuritishning tarixiy birinchi tipi bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumi davrida ishlab chiqarishning chorvachilik bilan dehqonchilik tarmoqlariga ajralish davrida vujudga kelgan, deb taxmin qilinadi. Nisbatan sof holda natural xo’jalik ibtidoiy tuzum davrida, hali ijtimoiy mehnat taqsimoti yuz bermagan davrda amal qilgan. Iqtisodiyotda natural xo’jalik noiqtisodiy, ya’ni shaxsiy qaramlik, tobelik hukm surgan tuzumda hukmron bo’lgan, u quldorlik hukm surgan davlatlarda hamda hukmron feodal iqtisodiyotining muhim xususiyatlaridan bo’lgan. Hozirgi paytda natural xo’jalik rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo’lib, yarim natural ishlab chiqarishda aholining 50—60%i band. Iqtisodiy adabiyotlarda natural xo’jalik odatda traditsion —an’anaviy iqtisodiyot deb yuritiladi. Bu ko’p jihatdan uni xarakterlab beradi; a) o’z iste’moli uchun ishlab chiqarishning hukmronligi, b) texnika taraqqiyotining keskin cheklanishi, v) sotsial-iqtisodiy munosabatlarning turg’unligi, g) hayot tarzining o’zgarmasligi, qoloqligi, orqada qolishi. Xo’jalik yuritish «yopiq» tizimning shunday xususiyatiki, u mik-roiqtisodiyot darajasida ishlab chiqarishni naturalashtirish hozirgi zamonda sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari, xo’jalik uyushmalari, regionlari doirasida yuz berishi mumkin. Mamlakatda tovar xo’jaligi mavjud bo’lishiga qaramay, har bir xo’jalik zarur narsalar bilan o’zini o’zi ta’minlashga harakat qiladi. Makroiqtisodiy miqyosda ham shunday tendentsiya yuz berishi mumkin. Davlatning bunday xo’jalik yuritish siyosati avtarkiya deb ataladi. Avtarkiya — bu bir mamlakatning yopiq, ustun darajada o’z ehtiyojini o’zi qondiradigan xo’jalik yuritish tizimidir. Buning natijasida boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan aloqalar uziladi. Avtarkiyaga intilish mamlakat yuqori boj soliqlari orqali chetdan keladigan tovarlarni cheklashda ham namoyon bo’ladi. Bunday holatning, albatta har bir mamlakat uchun o’z sabablari hamda maqsadi bor. Shunday qilib, natural xo’jalik industrial bosqichga qadar hukmron xo’jalik yuritish shakli bo’lib, industrial bosqichga o’tilgach o’z mavqeini yo’qotdi. Uning o’rnini tovar xo’jaligi egalladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling