Iqtisod moliya


taqsimoti va uning chuqurlashuvi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

taqsimoti va uning chuqurlashuvi. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi o’z navbatida 
ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. 
Ishlab chiqarish umuminsoniy iqtisodiy faoliyat bo’lib, uning muhim tomoni 
ixtisoslashuvdir. Ixtisoslashuv asosida mehnat taqsimoti yotadi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy 
mehnat faoliyatining sifat jihatidan ajralishini bildiradi. 
Insoniyatning mehnat taqsimotini chuqurlashib borishiga harakat qilishining asosiy 
sababi mehnat unumining o’sishi va sifatining yaxshilanishidir. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti jamiyat miqyosida yuz berib faoliyat turlari bo’yicha uch 
yo’nalishda: umumiy, xususiy va qisman mehnat taqsimoti tarzida yuz beradi. 
Jamiyat miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti dastlab dehqonchilik bilan 
chorvachilikning, so’ngra esa hunarmandchilik va savdogarchilikning ajralishi bo’lib, umumiy 
mehnat taqsimoti yirik sohalar — sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish, savdo, maishiy 
xizmat va hokazolar tarzida mehnat turlarining ajralishidir. 
Xususiy mehnat taqsimoti yirik sohalar ichidagi, masalan, avtomobilsozlik, 
traktorsozlik va boshqa tarmoqlarning ajralishidir. 
Qisman mehnat taqsimoti — korxona doirasidagi mehnat taqsimoti bo’lib, bunda 
mehnat muayyan mahsulot ishlab chiqarish bos-qichlari bo’yicha ixtisoslashgan mehnat turlariga 
ajraladi. 
Mehnatning faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi bilan birgalikda hududiy miqyosda 
ham taqsimlanishi mavjud. Bu hududlararo mehnat taqsimoti, ya’ni ayrim hududlar va 
mintaqalar doirasida mehnatning ixtisoslashuvi hamda xalqaro miqyosda, ya’ni mamlakatlar 
o’rtasida u yoki bu mehnat turiga ixtisoslashishi, yoki boshqacha aytganda u yoki bu turdagi 
tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashish tarzida yuz beradi. Ikkinchisi, u yoki bu tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida iqtisodiy alohidalashuvidir. 
Iqtisodiy alohidalashuv mulk shakli bilan chambarchas bog’langan. Aynan mulk egasi 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling