Iqtisod moliya
SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Xo’jalik yuritishning asosiy shakllari
SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR.
Avvalgi bo’limda iqtisodiyotning umumiy asoslarini o’rganib chiqdik. Unda biz jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy jixatlariga diqqat qaratdik. Navbatdagi bo’limda esa turli sotsial iqtisodiy tizimlarni birlashtirib, bog’lab turuvchi munosabatlarni o’rganamiz. Bu munosabatlar kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bir bosqichi tovar ishlab chiqarish boshlangan paytdan vujudga kelib, shu tarixiy davr mobaynida rivojlanib xozirgi darajaga etib keldi. Bo’limning dastlabki bobi bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan tovar-pul munosabatlarini o’rganishga bag’ishlanadi. Kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab ishlab chikarish kanday rivojlangani, nima sababdan tovar-pul munosabatlari kelib chiqqani, bu munosabatlar bozor iqtisodiyotining shakllanishi va amal kilishining asosi ekanligini ko’rib chiqamiz. Tadkikotni tovar xo’jaligini vujudga kelishi sabablari, tovar o’zi nima va u qanday xususiyatlarga ega ekanligini o’rganishdan boshlaymiz. So’ngra, tovar haqidagi nazariyalar, pulning kelib chiqishi, uning o’ziga xos xususiyatlari va funktsiyalari haqida to’xtalamiz. 1-§. Xo’jalik yuritishning asosiy shakllari Kishilik jamiyatining rivojlanishiga tarixan nazar tashlasak, ijtimoiy xo’jalik yuritishning ikki asosiy — natural va tovar xo’jaligi shakli mavjudligini ko’ramiz. Tarixiy xo’jalik yuritish taraqqiyoti bosqichlari ko’pchilik iqtisodchilarning fikricha, buyuk texnik inqiloblar bilan farq-lanadi. Buning natijasida mehnat vositalari tubdan o’zgaradi, ijtimoiy mehnat taqsimotida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi tarmoqlar vujudga keladi. U o’z navbatida muhim sotsial-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi, odamlarning ehtiyojlari va ularni qondirish usullari o’zgaradi. Dastlab ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish bo’lmagan. Asosan, tabiatda bor narsalarni yig’ib kun ko’rishgan. Ovchilikda juda oddiy qurollar — tosh, tayoq, suyaklardan foydalanilgan. Tabiatning tayyor ne’matlarini iste’mol qilish, «agrar inqi-lob» deb atalgan ikki buyuk kashfiyot — dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishiga olib kelgan. Natijada uzluksiz ishlab chiqarishga asos solingan. Bu bilan kishilik jamiyatining iqtisodiy tarixida eng uzoq davom etgan bosqichiga qadam qo’yildi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling