Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Tovar xo’jaligi. Ehtiyojlarning o’sib borishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishni 
ob’ektiv zarurat qilib qo’yadi. Lekin natural xo’jalik yuksalib borayotgan ehtiyojlarni 
qondiradigan darajada iqtisodiy ravnaqni ta’minlay olmaydi. Mana shunday ravnaqni ta’minlay 


oladigan xo’jalik yuritish shakli zarurligi natural xo’jalikni tovar xo’jaligi bilan almashuviga olib 
keldi. 
Tovar xo’jaligi — bu iqtisodiyotning shunday tashkiliy shakliki, u tovar ishlab 
chiqarishga asoslanadi va ishlab chiqarish bilan iste’molni bozor orqali bog’laydi. 
Tovar xo’jaligiga quyidagi xususiyatlar xos: 
Birinchidan, tovar xo’jaligi «ochiq» xo’jalik bo’lib, yaratilgan mahsulot o’z iste’moli 
uchun emas, bozorda sotish uchun ishlab chiqariladi. 
Ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish mehnat taqsimotiga asoslangan. Tovar ishlab 
chiqaruvchi biron mahsulot yoki uning biron-bir qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
Texnika taraqqiyoti ixtisoslashuvning chuqurlashuviga, u o’z navbatida texnikaning 
rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Tovar xo’jaligi natural xo’jalikdan farqli o’laroq, mehnat 
taqsimoti va uning chuqurlashuvi, umumiqtisodiy qonuni amal qilishiga keng sharoit yaratadi. 
Uchinchidan, tovar xo’jaligida ishlab chiqarish bilan iste’mol bilvosita, ya’ni bozor 
orqali bog’lanadi. U ishlab chiqarish — ayir-boshlash — taqsimot — iste’mol tarzida yuz 
beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulot avval bozorga chiqariladi, so’ngra ishlab chiqarish yoki 
shaxsiy iste’molga ketadi. Bozor qanday tovar ishlab chiqarish kerakligi yoki kerak emasligi 
to’g’risida «signal» — axborot beradi. Aynan ayirboshlash orqali ishlab chiqarish bilan 
iste’molchi o’rtasida iqtisodiy munosabatlar o’rnatiladi. 
Tovar xo’jaligi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ob’ektiv sharoit yaratadi. 
Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishining asosiy ikki sharti bo’lib, birinchisi mehnat 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling