Ikkala shart bir-biriga zid bo’lib, mehnat taqsimoti va uning chuqurlashuvi odamlarni bir-
biriga bog’liqligini,
aloqalarini kuchaytirsa, xususiy mulkka asoslangan iqtisodiy alohidalashuv
esa aksincha ularni bir-biridan ajratadi. Bunday sharoitda kishilar o’rtasidagi
iqtisodiy aloqalar
ayirboshlash, bozor orqali yuz beradi. Ayirboshlash orqali uning ishchtirokchilarini har biri o’z
ehtiyojini qondirish va ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish imkoniga ega bo’ladi. Bozor
iqtisodiyoti aynan tovar ishlab chiqarish vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan.
Tovar ishlab
chiqarish rivojlanishi bilan bozor infrastrukturasi tarkib topib, u butun
iqtisodiyot rivojida katta
rol o’ynaydi.
Tovar xo’jaligi dastlab oddiy tovar xo’jaligi shaklida, so’ngra kapitalistik tovar xo’jaligi
shaklida amal qilgan bo’lsa, aralash iqtisodiyot sharoitida tovar xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlari
bilan XVI—XIX
asr kapitalistik tovar xo’jaligidan tubdan farq qiladi.
Oddiy tovar xo’jaligida ishlab chiqaruvchining o’zi ishlab chiqarish
vositalarining egasi
bo’lgan. Asosiy maqsad oila ehtiyojini qondirish edi. Bu davrda ishlab chiqarish tarqoq,
mayda
tovar ishlab chiqaruvchilardan iborat anarxik xarakterga ega bo’lib, erkin raqobatga asoslangan.
Oddiy tovar xo’jaligi tabaqalanishining kuchayishi oqibatida
kapitalistik tovar ishlab
Do'stlaringiz bilan baham: