Iqtisod moliya
-§. Sotsial-iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi va uning sabablari
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
3-§. Sotsial-iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi va uning sabablari Iqtisodiy faoliyat yuritishni amalga oshirar ekanlar, odamlar iqtisodiy tizim yaratadilar. U o’z navbatida individual tanlov stimullariga ta’sir ko’rsatadi. Xar bir kishi biron-bir tanlovni lozim topar ekan, boshqalar uchun stimul o’zgaradi. Xar safar qonun yoki tartib o’zgarganda muqobil variantlar cheklanadi yoki stimullar o’zgaradi. Iktisodiy hayotni o’zgarishi asosida kishilarni manfaatlari yotadi. Sotsial-iqtisodiy tizimlarni o’zgarishi, birini o’rniga ikkinchisini kelishi kurashlar orqali sodir bo’ladi. U mulkchilikni o’zgarishi, mulkchilikda yangi qonun, huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, institutsional tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilishi, kishilarni iqtisodiy jihatdan munosabatlari, hatti-harakatlari, faoliyatlarini standartlarini ham o’zgarishiga olib keladi. Uni doirasida iqtisodiy rivojlanish uchun shchart-sharoit yaratiladi. Bu yangi iqtisodiy tizimni shakllantirish uchun etarli sharoit bo’ladi. Tizim o’zgarishlarga qarab moslasha oladimi? U muvofiq ravishda iste’mol talabiga, resurslar taklifi va texnologik o’zgarishlarga reaktsiya qila oladimi? Bir tizimning ikkinchisi bilan almashinishi ko’p jihatdan har bir tizimni ana shu savollarga qay darajada javob bera olishiga boƒliq. Ma’lumki har qanday taraqqiyot asosida qarama-qarshiliklar yotadi. Iqtisodiyotni tizim sifatida rivojlanishida ham bir-biriga qarama-qarshi ikki tendentsiya amal qiladi: 1. Tizim tarkibiy qismlari muvozanatiga, ular o’rtasidagi aloqalarni saqlashga intilish; 2. O’zgarishlar, ya’ni texnik va sotsial jihatdan yangi tarkibiy unsurlar vujudga kelishi, turli omillar ta’siri tufayli muvozanatni buzilib turishi. Natijada mavjud tizim o’rniga avvalgisiga nisbatan insoniyat nuqtai nazaridan mukammalroq tizim o’rnatiladi. Oqibatda iqtisodiy tizimlar tarixan dinamik tarzda, kengayib boruvchi spiralsimon tarzda rivojlanadi. Sotsial iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi sabablarini klassik maktab vakillari ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi ziddiyat tufayli yuz berali deb ko’rsatadilar. Ishlab chiqarish kuchlari doimo ishlab chiqarish munosabatlariga nisbatan tez rivojlanadi va ishlab chiqarish munosabatlari orqada qoladi. Ular mavjud ishlab chiqarish munosabatlari doirasiga siƒmay qoladi. Muvozanat buziladi. Jamiyatda yangi ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy darajasiga mos munosabatlar o’rnatiladi. Muvofiq ravishda yangi ishlab chiqarish usuli, unga mos ustqurma o’rnatiladi( betdagi chizmaga qarang). Muvozanat tiklanadi. Sotsial-iqtisodiy tizim o’zgaradi. Boshqa guruh iqtisodchilar fikriga ko’ra iqtisodiy tizimlar rivojlanib, birini o’rniga ikkinchisini o’rnatilishi turli-tuman iqtisodiy rivojlanish omillari va ular o’rtasidagi ta’sir va aks ta’sir sabab bo’ladi. Iqtisodiy hayotning har bir tomoni texnik, hududiy-geografik, sotsial, sifat va miqdor, ichki va tashqi omillar ta’sirida o’zgaradi. Ana shu omillarning tutgan o’rni. ahamiyatiga ko’ra iqtisodiy rivojlanish yuz berar ekan, muvofiq ravishda iqtisodiy aloqalarni tartibga solishni o’zgarishini ham taqozo qiladi. Bu omillarni o’zgarishi, ta’siri natijasida tartibga solish va uning institutsional, huquqiy jihatdan ham o’zgarishlarga ham olib keladi. Xozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida jamiyat rivojlanishining bosh manbai, tizimlar o’zgarishining sababi sifatida ehtiyojlar bilan resurslar, texnik va sotsial strukturalar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar ko’rsatiladi. Bu quyidagi qonuniyatlarda ham o’z ifodasini topadi: 1.Ehtiyojlar yuksalib boradi. Inson cheklangan resurslar sharoitida ularni qondirish uchun yo’l qidiradi. 2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik jihatidan o’zgarishlar yuz beradi. Inson resurslar cheklanganligini engib o’tish yo’llarini topadi. Bu texnik, texnologik ixtirolar bo’lib, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiradi. Bu o’zgarishlarni vaqti kelib iqtisodiy tizim hisobga olishga majbur bo’ladi. Ya’ni iqtisodiy tizim tarixiy dinamik bo’lib qoladi. Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida uzoq vaqt ehtiyojlarni rivojlanmaganligi, ularni nisbatan uzoq vaqt o’zgarmaganligi sababli texnik taraqqiyot juda sekin yuz bergan. Texnik taraqqiyotni dastlab shakllangan urf-odatlar hamda ular asosida shakllangan sotsial- iqtisodiy struktura ham cheklagan. Dastlabki insonga hamma tabiatdagi ne’matlar birday qarashli bo’lgan paytda, bor ne’matlarni iste’mol qilishi oqibatida ochlikka mahkum bo’lishdan dehqonchilikni o’rganish, ya’ni ishlab chiqarishni boshlash bilan yo’l topgan bo’lsa, tabiatda resurslarni cheklanganligi, ularni pala-partish, samarasiz ishlatishdan mulkchilik munosabatlari kelib chiqishi, muvofiq ravishda mulk huquqlarini belgilash bilan yo’l topdi. Xususiy mulkchilik resurslardan eng samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. Minglab yillar davomida kishilar o’z ehtiyojlarini oƒir mashaqqatli qo’l mehnati va uni tashkil qilish bilan qondirishgan. Tovar ishlab chiqarishni vujudga kelishi va rivojlanishi borgan sari texnik ixtirolarga ham keng yo’l ocha bordi. U o’z navbatida ehtiyojlarni qondirishni yangi usullari, kishilar manfaatlari, aloqalarini tartibga solishning yangi tizimini vujudga keltirishni zarur qilib qo’yadi. Iqtisodiy o’zgarishlardan sotsial guruhlar, tabaqalar, sinflar, alohida kishilar turli darajada manfaatdor. Xar biri o’z manfaatidan kelib chiqib baholaydi. Xozirgi paytda aralash iqtisodiyot kishilik jamiyati tomonidan muvaffaqiyatli tarzda yaratilgan tizim sifatida tan olinmoqda. Chunki u o’zgarishlarga qarab moslasha oladi. U muvofiq ravishda iste’mol talabiga, resurslar taklifi va texnologik o’zgarishlarga tez reaktsiya qiladi. Kishilarning erkin, mustaqil faoliyat yuritishi, muqobil variantlardan ixtiyoriga ko’ra tanlash imkonini yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi paytda barcha mamlakatlar aralash iqtisodiyot tizimini tanlamoqda. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling