Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ierarxik tartib asosida boshqarishda
Poliiqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir. U har qanday monopoliyani rad etadi.
U turli xil iqtisodiy, bozor va nobozor aloqa, munosabatlarining qorishmasidan iborat. Demak, aralash iqtisodiyot mulk munosabatlari nuqtai nazaridan mulkchilikning turli- tumanligi va ularning tengligiga asoslanadi. Sotsial-iqtisodiy tizimlarni iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solish uslubi asosida uch guruhga ajratish mumkin: 1. An’anaviy udumlar asosida boshqarish. 2. Ierarxik tartib asosida boshqarish. 3. O’z-o’zini boshqarish. 4. Aralash tartibda boshqarish. An’anaviy boshqarish kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida shakllangan bo’lib, unda iqtisodiy aloqalar an’anaviy urf-odatlar, udumlar, cheklashlar, an’analar kabilarga asoslangan. Ierarxik tartib asosida boshqarishda davlat asosiy rol o’ynaydi. Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol bo’yicha barcha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi, muammo va masalalar ham davlat tomonidan echiladi. Axborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yo’lga qo’yiladi. Bu yuqoridan pastga qarab, ierarxik tartib asosida olib boriladi. Ierarxiya odatda boshliq hokimligiga tayanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizmda ierarxik tartib muhim rol o’ynagan. Ierarxik boshqarishning o’ziga xos shakli ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejalashtirish asosida boshqariladigan iqtisod bo’lib, korxonalar asosan davlat mulki bo’lib, xo’jalikni boshqarish ierarxik tarzda olib borilgan. Axborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yo’lga qo’yilgan. Nima, qancha, qanday, kimga savollari davlat tomonidan Davlat reja qo’mitasi hamda yuqori partiya idoralari orqali hal qilingan. Iqtisodiyotni tartibga solishni o’z-o’zini boshqarish orqali amalga oshirish erkin raqobat kurashi hukmron davrga xos. Bunda resurslarni taqsimlash va boshqa masalalar stixiyali tarzda bozor sub’ektlari tomonidan tartibga solinadi. Axborot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga narxlar o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar signal yo’li bilan etkaziladi. Narxlarning ko’tarilishi yoki pasayishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga qanday harakat qilish zarurligini ko’rsatadi. Xar qanday tizimda ham ishlab chiqaruvchi o’z xarajatini hisob-kitob qilib, foydasini chamalashi kerak. Bu iste’molchiga ham taalluqli. Taniqli iqtisodchi V. Oykenning fikricha, xo’jalik yurituvchi yoki korxona rahbari bir qarash bilan butun «iqtisodiy kosmos»ni qamrab olmaydi. Narxlarning o’zgarishi yoki muqobil xarajatlargina odamlarning iqtisodiy tanlovlarini tartibga soladi. Iqtisodiyotni tartibga solishni ko’zga ko’ringan iqtisodchilardan R. Kouz tahlil qilib, iqtisodiy nazariyaga transaktsion xarajatlar degan tushunchani kiritdi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish bilan emas, balki ana shu ishlab chiqarishni boshlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar, ya’ni narxlar, kontr agentlar haqida axborot to’plash, xo’jalik bitimlari tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish xarajatlari va boshqa shunga o’xshash xarajatlarda ifodalanadi. Kouz fikriga ko’ra, u yoki bu tizimning amal qilishi ko’p jihatdan transaktsion xarajatlarga boƒliq. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, keng miqyosda, aytaylik, mamlakat miqyosida faoliyat yuritishda o’z-o’zini boshqarishda ierarxiyaga nisbatan transaktsion xarajatlar kam bo’lar ekan. Firma, korxona doirasida esa aksincha, chunki bu erda ishlovchilar bir-birlari bilan to’ƒridan-to’ƒri muloqotda bo’lib, bevosita o’z boshliqlaridan topshiriq oladi. Shunday qilib, R. Kouz qiziqarli xulosa chiqaradi: iqtisodiyotni tartibga solishni, boshqarishni normativ baholash, ya’ni yaxshi yoki yomon deb emas, balki masalaga transaktsion xarajatlarni iqtisod qilish nuqtai nazaridan qarash kerak. Albatta, bu yagona mezon, lekin juda muhim, bunday yondashuv sotsialistik xo’jalik yuritish nima sababdan samarasiz ekanligini ko’rsatib beradi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling