Iqtisod moliya
-§. Tovar va uning xususiyatlari haqidagi nazariyalar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2-§. Tovar va uning xususiyatlari haqidagi nazariyalar
Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar bo’lib, uning tarixiy va mantiqiy o’tmishdoshi umumiy tarzda «ne’mat» deb ataladi. Ne’matlar nihoyatda xilma-xil. Ularni turli jihatlariga ko’ra guruhlarga ajratish mumkin. 1. Ehtiyojlarni qondirishiga ko’ra: a) individual ehtiyojlarni qondiruvchi ne’matlar. Bularga iste’mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalari kiradi. Bu tovarlarni asosan nodavlat sektori iste’mol qiladi; b) ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne’matlar. Bular kutubxona, muzeylar, meditsina xizmati, maktab, institut, saroylar, sport komplekslari va hokazolar; v) ijtimoiy ne’matlar. Bular tovar bo’lmaydi, ularga jamoat xavfsizligini, aholi tinchligini saqlash, o’t o’chirish, milliy mu-dofaa va boshqalar kiradi. 2. Ne’matlarni serob yoki kamyobligiga ko’ra iqtisodiy va noiqtisodiy guruhlarga ajratiladi. Iqtisodiy ne’matlar, bu iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq cheklangan ne’matlar bo’lsa, noiqtisodiy ne’matlar esa tabiat tomonidan cheklanmagan tarzda in’om etilgan. Noiqtisodiy ne’matlarni yaratish uchun hech qanday kuch sarflanmagan. Bu ne’matlar tabiatda erkin, insonning ma’lum bir ehtiyojini qondirish uchun etarli darajada (havo, suv, quyoshning yorug’ligi, issiqligi va hokazo shunga o’xshash) mavjud. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bos-qichida iqtisodiy ne’matlar tovar shaklini oladi (2- bob). Ma’lumki, tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi tufayli vujudga kelgan. Tovar deb insonning biron-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan ne’matga aytiladi. Ko’rinib turibdiki, tovar ikki xossaga ega: a) biron-bir ehtiyojni qondirish; b) ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish xossasi. Tovarning insonning biron-bir ehtiyojini qondirish xossasi iste’mol qiymati deyiladi. Tovarning iste’mol qiymati uning naf keltirishida ifodalanadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling