chiqarish vujudga keladi. Bunda individual xususiy mulk asosiy o’ringa chiqadi. Kapitalistik
tovar xo’jaligida mulk egasi bilan bevosita ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalari egalari
va ulardan mahrum bo’lgan yollanma ishchilarga ajraladi. Ishlab chiqarishdan asosiy maqsad
foyda olish bo’lib, ishlab chiqarish nihoyat yiriklashadi. Bunda qo’l mehnatining mashinalar
zimmasiga yuklanishi (fan-texnika inqilobi oqibatida) muhim rol o’ynaydi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlaridan individual, yakka kapitalistik xususiy mulk
mavqeini yo’qotib, borgan sari korporativ xususiy mulk va mulkchilikning boshqa shakllari keng
tarqalishi bilan xo’jalik yuritish shakllari, daromad taqsimoti ham o’zgarib boradi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka, markaziy rejalashtirishga asoslangan xo’jalik. Ijtimoiy
xo’jalik yuritishning alohida shakli ma’muriy-buyruqbozlik, markazlashgan rejalashtirishga
asoslangan iqtisodiyotdir. Bu xo’jalik yuritish shaklida ham tovar ishlab chiqarish mavjud bo’lib,
u haddan tashqari deformatsiyalashgan. Sababi, yagona iqtisodiy markazning buyrug’i va
topshiriqlarini bajarish shart bo’lgan. Reja direktiv xarakterga ega bo’lib, qonun vazifasini
o’tagan. Markaz bevosita ijro etuvchilardan uni to’la bajarishni talab etgan. Bunday markaz
davlat bo’lib, u davlat reja qo’mitasi hamda partiya tashkilotlari orqali amalga oshirilgan. Nima
ishlab chiqarish, qanday, kim uchun ishlab chiqarish markazlashgan tarzda rejalashtirilgan.
Resurslar fondlashtirish uslubi bo’yicha taqsimlanib, ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar
reja asosida bog’langan. Narx markazlashgan tarzda davlat narx qo’mitasi tomonidan
belgilangan.
Ma’muriy-buyruqbozlik, markaziy rejalashtirish iqtisodiy xo’jalik yuritishning shunday
shakliki, unda ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sharoitida iqtisodiy strukturada
ishlab chiqaruvchilarning ixtisoslashuvi butun xo’jalik miqyosida yagona organizm sifatida
markazdan qattiq tartibga solib boshqariladi.
Tarixiy tajriba bunday xo’jalik yuritishning salbiy jihatlari afzalliklariga nisbatan ko’proq
bo’lib, ma’lum bosqichda ishlab chiqarish rivojlanishini cheklashni ko’rsatdi. Shuning uchun
ham jamiyat bunday xo’jalik yuritish shaklidan voz kechdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |