Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

«Marketing» so’zi inglizcha Market — bozor degan so’zdan olingan bo’lib, tovarlarni 
sotish sferasidagi faoliyatini anglatadi. Lekin marketing hozirgi paytda iqtisodiy faoliyat tizimi 
sifatida faqat oldi-sotdini ifodalamaydi. 
Marketing bir tomondan, bozorni har tomonlama o’rganish (talab, ehtiyojlar), ishlab 
chiqarishni ana shu talabga va uni o’zgarishiga moslashtirish, mo’ljallash, mahsulotni aniq 
iste’mol uchun ishlab chiqarish, ikkinchi tomondan bozorda mavjud talabga faol ta’sir ko’rsatib 
talabni shakllantirishdir. Yuksak saviyadagi marketing xizmatida korxonalar gullab-yashnaydi. 


3-§. Tadbirkorlikda tavakkalchilik xatari va
uni kamaytirish, sug’urta 
Ma’lumki hammaning ham tadbirkorlik bilan shug’ullanish qo’lidan kelavermaydi. 
Tadbirkorning eng muhim fazilatlaridan biri tavakkal qilishni, riskni yoqtirishidir. Avvalgi 
bobda ko’rib o’tdik, noaniqlik bozor iqtisodiyotining doimiy yo’ldoshi. Shunday ekan xar bir 
tadbirkorning faoliyati tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. Tavakkalchilik xatari deb, faoliyat 
natijasi qanday bo’lishi ehtimolini bilgan holda, baribir oqibati qanday tugashini aniq 
aytib bo’lmaydigan vaziyat ya’ni noaniqlik tushuniladi
Noaniqlik sharoitida har bir kishi o’zini turlicha tutadi. Birov tavakkal qilish, riskni 
yoqtiradi, birov esa aksincha. Lotereya o’yinlarida qatnashish tavakkalchilik faoliyatiga, riskka 
tipik misol bo’la oladi. Bunda yutish yoki yutqazish mumkin. Uni ehtimollik nazariyasiga ko’ra 
tadqiq etishimiz mumkin. Ma’lumki, tasodifiy kattalikni kutilayotgan salmog’ini yoki hodisani 
ro’y berish ehtimoli quyidagi matematik formula yordamida aniqlanadi. 
E(x) = 
π
1
x
1

π
2
x
2
+ … + 
π
n
x
n;
Bu erda: 
π
1, 
π
2
, … 
π
n
- har bir hodisani yuz berish ehtimoli;
x
1
, x
2,
… x
n
- har bir hodisaning salmog’i. 
Bu erda shuni hisobga olish muhimki, ehtimollik turlicha tabiatga ega bo’lishi, ya’ni 
ob’ektiv, yoki sub’ektiv bo’lishi mumkin. Ehtimollikni ob’ektiv tabiatini tan oluvchi olimlar 
hodisalarni yuz berishi ehtimolini matematik asosda, potentsial tarzda aniqlasa bo’ladi deb 
ko’rsatishadi. Frantsuz astronomi, matematik va fizigi Per Laplas tadqiq etilayotgan hodisani yuz 
berishini ya’ni ijobiy natijani mumkin bo’lgan barcha imkoniyatlar natijasiga nisbati asosida 
aniqlab beradi.
Sub’ektiv yondashuv tarafdorlari esa(masalan, amerikalik iqtisodchi va statist Leonard 
Sevij) ehtimollik bu kishilarni u yoki bu hodisani yuz berishiga ishonchlari darajasini ko’rsatadi 
deb hisoblashadi. 
Ehtimollik nazariyasining qay biri: ob’ektiv yoki sub’ektivmi qarashlar bo’lishidan qat’iy 
nazar, biz uchun matematik kutish bilan kutilayotgan naflilikni ajratish muhim ahamiyatga ega. 
Kutilayotgan naflilik nazariyasini matematik jihatdan asoslab berishni shveytsariyalik 
matematik Gabriel Kramer va Daniil Bernullilar boshlashgan. 
D. Bernulli
1
o’zining mashhur Sankt-Peterburg paradoksi yordamida masalaning echimini 
bayon qilgan. Paradoks quyidagicha ifodalanadi: individlar uncha ko’p bo’lmagan miqdorda pul 
to’lab, yutuqni kutish matematik jihatdan cheksiz bo’lgan turli xil yutuqli o’yinlarda 
qatnashishlari mumkin. O’yin aytaylik, tangani tashlash bo’lib, «gerb» tomoni tushsa yutuq 
bo’lsin. O’yin belgilangan miqdorda «gerb» tomoni tushguncha davom etsin. Yutuq tangani 
tashlash soni va «gerb» tomoni tushishi bilan bog’liq. Birinchi marta tashlaganda «gerb» tushsa, 
X sub’ekt U sub’ektga, oddiygina qilib aytganda, Odiljon Olimjonga 1 doll, ikkinchi marta ham 
«gerb» tushsa 2 doll, uchinchi martasida ham «gerb» tushsa 4 doll., ya’ni har bir keyingi safar 
ham tangani «gerb» tomonini tushishi, n-chi martasida 2
n-1
dollar to’lasin.
Yutish ehtimoli ( 
π ) ehtimollik nazariyasiga ko’ra har safar tanga tashlaganda 0,5 yoki 
50% ga teng, ya’ni yo «gerb» tushadi, yoki tushmaydi. 
Tangani birinchi marta tashlaganda yutish ehtimoli matematik jihatdan kutish 
π x1 doll 
yoki 0,5x1=0,5 dollarga teng. Ikkinchi tashlaganda esa (0,5x0,5)x2 doll = 0,5 dollarga teng. 
Umumiy kutilayotgan natija har bir bosqichda 0,5+0,5+0,5+0,5+ … ni summasi tarzida 
ifodalanadi. Bu cheksiz qatorning yig’indisi cheksiz katta miqdorni tashkil qiladi.
Paradoks shunda ifodalanadiki, kutilayotgan pul yutug’i bunday o’yinda cheksiz 
bo’lishiga qaramay, ko’pchilik unda ishtirok etmaslikni afzal ko’radi.
2
Nima sababdan? Uning 
 
1
 D. Bernulli (1700-1782) shveytsariyalik matematik va tabiatshunos. 1723-1725 yillarda Sankt-
Peterburg fanlar Akademiyasining fiziologiya va matematika kafedrasida ishlagan.
2
Bernulli D. Opit novoy teorii izmereniya jrebiy. V knige «Teoriya potrebitelskogo povedveniya 
i sprosa.». Sankt-Peterburg, 1993, str 23. 


sababini Bernulli shunday tushuntiradi. Individlar kutilayotgan pul yutug’ini emas, balki ruhan 
qoniqishni maksimallashtirishga intilishadi. Keyinchalik uni yutuqdan kutilayotgan naflilik 
deb ataldi.
Bu muammoni odamlarni tavakkalchilik xatariga munosabati nuqtai nazaridan ko’rib 
chiqaylik. Bernullining g’oyalari amerikalik iqtisodchi Jon fon Neyman va Oskar 
Mengenshternning ishlarida rivojlantirildi. Ularni ko’pincha «kutilayotgan naflilik» 
nazariyasining asoschilari deb ham yuritiladi. Ular axborot to’liq bo’lmagan sharoitda 
individning ratsional tanlovi maksimal darajada kutilayotgan naflilik bo’ladi deyishadi. 
Kutilayotgan naflilikning turlicha varianti bo’lishi mumkin. Uni kuyidagi formula yordamida 
hisoblanadi:
n
E (U) = Σ
u

π
I
i=1 
Bu erda u
i
– natija nafliligi; 
i, 
π – natija ehtimoli; 
i, n- natija miqdori. 
So’ngra individ kutilayotgan naflilik variantlarini taqqoslaydi va kutilayotgan naflilikni 
maksimallashtirishga harakat qilgani holda birini tanlaydi.
Uni tavakkalchilik xatariga munosabati qanday bo’ladi? Odamlarning tavakkalchilik 
xatariga munosabatlari turlicha. Iqtisodiy nazariyada ularni: 
a) riskka neytral; 
b) risk qilishga ishqivoz; 
v) riskni yoqtirmaydigan yoki unga qarshilarga bo’linadi. 
Ba’zi hollarda tavakkalchilik bilan faoliyat yuritishdan matematik kutish pul ko’rinishida 
bunday xatarga yo’l qo’ymagandagi natija bilan bir xil bo’lishi mumkin. Lekin odamlar o’zlarini 
turlicha tutishadi, turlicha tanlashadi. Masalan: 10 ming so’m qarz olgan o’z qarzini qaytarish 
o’rniga, «Keling, tanga tashlaymiz, agar yutsangiz qarzingizni 2 barobar qilib qaytaraman, agar 
yutqazsangiz qarzdan voz kechasiz», deyishi mumkin. U holda matematik kutish natijasi n x 0,5-
n x 0,5 = 0; yoki 10x0,5 – 10x0,5 = 0; nolga teng. Siz uchun bunday qarasangiz qarzdor bilan 
tanga tashlab o’ynash yoki qarzni talab qilish baribir. 
Lekin kimdir ko’prok pul topish uchun risk qiladi, kimdir bo’lsa tavakkalchilik xatari 
bilan bog’liq hech qanday faoliyatga aralashmaslikni ma’qul ko’radi. Kishilarni nimani 
tanlashini tushuntirish uchun tahlilni kutilayotgan naflilik kontseptsiyasi asosida olib boramiz.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, odamlarni asosiy qismi tavakkalchilikni yoqtirishmaydi. Bu 
holatni odamlarni psixikasidan tashqari sof iqtisodiy sabab, me’yoriy naflilikni pasayib borishi 
qonunini amal qilishi bilan tushuntirish mumkin. Uni quyidagi 1-rasm yordamida ko’rib 
chiqamiz.
Aytaylik, 1000 so’m pulingiz bor. Uni 500 so’mini yutuqli o’yin o’ynashga sarflashingiz 
mumkin. Yutuq sarflagan pulingizga 2 baravar bo’lsin. U holda yutsangiz 1000 so’m olasiz. 
Pulingiz 1500 so’m bo’ladi. Agar yutqazsangiz pulingiz 500 so’m qoladi. U holda matematik 
kutish pul ifodasida:
-500x0,5+500x0,5 = 0 
Me’yoriy naflilik esa pasayib boradi(7bob, §2 rasm 1). Shuning uchun kutilayotgan 
naflilik manfiy qiymatga ega bo’ladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling