1-§. Mehnat munosabatlari
Mehnat degan so’zni, uning ma’nosini, mehnat qilmasa hech narsa yaratib bo’lmasligini
yaxshi bilamiz.
Tabiat yaratgan ajoyib mo’’jizalardan biri insondir. Jamiyat insonlardan tarkib topar
ekan, ularning har birini o’z shaxsiy hayoti, yashashdan maqsadi, orzusi mavjud. Har bir inson
jamiyatda yashaganligi tufayli bu orzu-maqsadlarini amalga oshirish jamiyat orqali sodir bo’ladi.
Pirovard natijada har bir kishining taqdiri jamiyat taqdiri bilan bog’liq.
Inson yashar ekan uning tirikligini ifodasi harakatdir. Shu harakatning asosini mehnat
tashkil etadi. Inson hayot kechirishi uchun uzluksiz ravishda turli-tuman ne’matlarni ishlab
chiqarishi zarur. Chunki ularning yashashi, kamol topishi yaratilgan ne’matlarning miqdori va
sifatiga bog’liq. Ishlab chiqarishning asosini ham mehnat tashkil etadi.
Insonning shaxsiy boyligi, avvalo mehnat faoliyati natijasida ro’yobga chiqadi. Inson
faoliyatigina mehnat deb ataladi.
Umuman olganda, jamiyatda, uning rivojlanishida mehnat doimo asosiy rol o’ynaydi.
Sotsial-iqtisodiy tizim qanday shaklda bo’lishidan qat’i nazar, mehnatsiz hech narsa qilib
bo’lmaydi. Buyuk iqtisodchi U. Petti aytganidek, boylikning onasi er bo’lsa, otasi — mehnat.
Mavjud mehnat munosabatlarigina o’zgarishi mumkin.
Mehnat munosabatlari ish kuchi — mehnat omilidan foydalanish jarayonida
yuzaga chiqadigan munosabatlardir. U o’z ichiga mehnatdan foydalanish, unga haq to’lash,
mehnatni tashkil etish, bosh-qarish munosabatlarini oladi. Bunda eng asosiy diqqat-e’tiborni
talab etadigan masala mehnatga haq to’lashdir.
Yaratilgan mahsulot to’rt omil — er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillarining natijasi
ekan, ana shu natijadan har bir omilning hissasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
mehnat omilining hissasini adolatli aniqlash alohida o’rin tutadi. Sababi, mehnat natijasi
insonning faolligiga bog’liq. U o’z navbatida mehnat motivatsiyasi, mehnatga intilishdan kelib
chiqadi. Mehnatga ishtiyoq (mehnat motivatsiyasi) insonning o’z manfaati yo’lida mehnat
qilishga bo’lgan ichki intilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |