Iqtisod moliya
-§. Ish haqi darajasi va unga ta’sir etuvchiomillar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
2-§. Ish haqi darajasi va unga ta’sir etuvchiomillar
Mehnat omili ishlab chiqarishning boshqa omillari kabi daromad keltiradi. Bu daromad ish haqi deb ataladi va mehnat omilining yalpi ichki mahsulotdagi hissasini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi oddiy — tushunarli narsaga o’xshaydi. Shartnoma bo’yicha ishga yollanuvchi ishlaydi. Ishga yollovchi uning mehnatiga kelishilgan miqdorda haq to’laydi. Asosiy muammo ana shu to’lanadigan haq miqdori qancha bo’lishi kerakligida. Mehnat haqi miqdori nimaga bog’liq degan savolga javob berish qiyin. Klassik siyosiy iqtisod yo’nalishi namoyandalaridan J. B. Sey bu savolga javob berish uchun malakasiz (XX asr boshlarida asosan shunday ishchilar ustun darajada bo’lgan) ishchilarning mehnat haqini ob’ektiv mezonlarini belgilashga harakat qilgan. Eng oddiy jismoniy mehnatga to’lanadigan ish haqining o’lchovi bo’lib, bu o’lchov ishchiga yashash uchun nima zarur bo’lsa, shu xarajatlar, yana oilasini boqishi, bolalarini bilim olishi uchun xarajatlarni ham qoplashi kerak. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi ish haqiga mehnat bahosi sifatida qaraydi. Ana shu mehnat bahosini shakllanishiga turli omillar ta’sir qiladi. Bu omillarni ish haqining shakllanishiga qay yo’sinda ta’sir qilishiga ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: 1. Ish kuchini takror ishlab chiqarishning sotsial omillari. 2. Bozor omillari. Birinchi guruh omillariga, eng avvalo ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ne’matlarning narxi ta’sir qiladi. Ma’lumki, ishchining ishlashdan maqsadi — hayot kechirish uchun zarur bo’lgan ne’matlarni sotib olish. Ishchi o’z kuchini takror ishlab chiqarishi uchun ana shu ne’matlarni iste’mol qilishi kerak. Undan tashqari, insonning hayoti cheklangan, yashashning oliy maqsadlaridan biri o’z o’rnini bosuvchi zurriyot qoldirish. Demak, u faqat o’zining yashashi emas, farzandlarining kamol topishini ham ta’minlashi kerak. Ko’rinib turibdiki, ish haqining eng kam darajasi ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ne’matlarning eng kam miqdoriga teng bo’lishi kerak. Kapitalizmning dastlabki bosqichida ishchi kuchi oldi-sotdisi mikromiqyos darajasida ishchi va ishga yollovchilar o’rtasida amalga oshirilib, davlat aralashuvisiz yuz bergan. Ishchilarning ish haqini belgilash, ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun kurashlari, oxir-oqibat ishchi va ishga yollovchilar o’rtasida mehnat shartnomalarida davlat aralashuviga olib keldi. Bu jarayonning boshlanishi XIX asr oxirlarida tarixda «temir kantsler» deb nom qoldirgan Germaniya kantsleri Otto Bismark nomi bilan bog’liq. XX asrning 30—50- yillaridan boshlab o’arbiy Evropadagi va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlarda davlat qonuniy ravishda eng kam ish haqini belgilaydigan bo’ldi. AQShda 1938 yilda birinchi marta qonuniy ravishda ish ha-qining eng kam chegarasi soatiga 25 tsent qilib belgilandi. 1993 yili ish haqining eng kam darajasi 7,5 dollar miqdorida 40 soatli ish haftasi belgilandi. Bu oyiga 1200 dollarni tashkil etadi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida oddiy malakasiz mehnat asosiy o’rin egallagan bo’lsa, jamiyat taraqqiyoti bilan mehnat murakkablashib boradi. Borgan sari malakali mehnat, ish kuchiga ehtiyoj ortadi, ayniqsa FTR bu jarayonni tezlashtiradi. Ishchi kuchiga katta talablar qo’yadi. Demak, ish haqida ishchini bilim olishi, malaka egallashi zarurligini ham inobatga olish talab etiladi. Ish kuchini takror ishlab chiqarishga mamlakatning iqtisodiy-sotsial darajasi ham katta ta’sir ko’rsatadi. Turli mamlakatlarning iqtisodiy-sotsial rivojlanish darajasi turlicha. Ish haqidagi bu farqlar oxir-oqibat ish kuchi mehnatining samaradorligi, ijtimoiy hayot kechirishning erishilgan darajasi va boshqalarga bog’liq. Ish haqining o’rtacha darajasi bo’yicha AQSh uzoq yillar dunyoda «etakchi» bo’lgan. Yangi texnika-texnologiyaning kirib kelishi, iqtisodiy rivojlanishning o’sish sur’atlari ko’pgina mamlakatlarda ish haqini tenglashish tendentsiyasini kuchaytirdi. 50—80- yillarda o’arbda real ish haqi darajasi ancha o’sdi. Buyuk Britaniya, Frantsiya, GFR, Italiyada ikki-uch marta, Yaponiyada to’rt marta o’sib, AQSh darajasiga yaqinlashdi. Yaponiya o’zib ketdi. Respublikamizda ham ish haqini o’sib, kelajakda jahondagi etakchi mamlakatlar darajasiga etishi uchun harakat qilinmoqda. Shuning uchun ham Prezidentimiz «..mamlakatimizda vujudga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatga hamda iqtisodiyotning amalda yuksalishiga asoslanib, biz, eng avvalo, Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling