Iqtisod moliya
teng mehnatga teng ish haqi
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Ish haqi va uni tashkil etish shakllari
- Nominal ish haqi — pul shaklida olingan ish haqidir (soat, kun, hafta, oy davomida). Real ish haqi
teng mehnatga teng ish haqi printsipi amalga oshadi.
Mehnat bozorida monopoliya ham o’z kuchini ko’rsatadi. Mehnatga monopoliya ishga yollovchilarni ishchilarga o’z shartlarini, ayniqsa mehnatga haq to’lash bo’yicha o’z amrini o’tkazishga urinishda namoyon bo’ladi. Ular ishsizlikdan manfaatdor. Ishchilar o’z navbatida turli yo’llar bilan ish haqini ko’paytirishga, eng avvalo kasaba uyushmalari yordamida harakat qiladilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ana shu manfaatlar to’qnashuvi ish haqi darajasini o’zgarib turishiga olib keladi. Shunday qilib, ish haqi birinchidan, ish kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ne’matlar miqdori va narxiga, ikkinchidan, mehnat bozoridagi vaziyatga bog’liq. Real ish haqi Taklif Talab Ish kuchi miqdori 3-§. Ish haqi va uni tashkil etish shakllari Bozor iqtisodiyoti har bir iqtisodiy sub’ektning daromad topishga intilishi uchun qulay imkoniyat yaratadi. Har bir daromad shakli faqatgina ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bilangina emas, balki ishlab chiqarish omillarining oldi-sotdisini amalga oshiradigan o’z bozori mavjudligiga ham bog’liq. Ishlab chiqarish omili bo’lgan mehnat esa mehnat bozorida oldi-sotdi qilinadi. Mehnat omili egasi bo’lgan ishchi kuchining daromadi ish haqi tarzida yuzaga chiqadi. Ish haqi esa mehnat bozoridagi talab va taklif asosida shakllanadi. Bozor bir tomonda o’z tovari — ishchi kuchi bilan sotuvchi, ikkinchi tomonda —uni oluvchi, ishga yollovchi. Ular o’rtasidagi kelishilgan narx bu — ish haqidir. Ish haqi iqtisodiy nazariyada tor va keng ma’noda talqin qilinadi. U mehnat tushunchasiga yondashish bilan bog’liq. Keng ma’noda ish haqi bu — atama: a) turli kasb egalari; b) bilim olish uchun katta xarajatlar talab qiladigan malakali mutaxassislar; v) aholiga turli maishiy xizmat ko’rsatadigan (sartarosh, uzoq muddat foydalaniladigan maishiy asboblar, texnika ta’miri va boshqalar) kichik korxona egalari kabilarni mehnatiga to’lanadigan haq tushuniladi. Bunda ish haqiga gonorar, mukofot va mehnatning boshqa turdagi taqdirlashlari ham kiradi. Tor ma’noda esa, ish haqi stavkasi (darajasi), ya’ni mehnatga ma’lum vaqt, soat, kun, hafta va hokazo mobaynida to’langan haq tushuniladi. Ish haqiga bunday yondashish umumiy ishlab topilgan daromad bilan ish haqini farqlash imkonini beradi. Ish haqining umumiy hajmi ish haqi stavkasi va ishlangan vaqt miqdoriga bog’liq. Shu bilan birga, pul shaklidagi yoki nominal ish haqi bilan real ish haqi o’rtasidagi farqni aniqlash ham zarur. Nominal ish haqi — pul shaklida olingan ish haqidir (soat, kun, hafta, oy davomida). Real ish haqi — bu pul shaklida olingan nominal ish haqining sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdorida ifodalanishidir. Boshqacha aytganimizda, real ish haqi nominal ish haqining xarid quvvatini ko’rsatadi. Real ish haqiga nominal ish haqi darajasi, soliqlar hamda narxning o’zgarishi ta’sir qiladi. Bozor iqtisodiyoti mehnat omili va boshqa omil egalari uchun stimul yaratadi. (Stimul deb qadimgi Rimda chorva hayvonlarini haydash uchun ishlatiladigan uchli tayoqni aytishgan. Keyinchalik, stimul insonni ishlashga undashini nazarda tutadigan bo’ldi.) Mehnat omili uchun stimul ish haqining turli shakllari va sistemalarini qo’llash orqali erishiladi. Eng avvalo, ish haqining ikki shakli: vaqtbay va ishbay shakli qo’llaniladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling