Iqtisod moliya
Quyidagilarga diqqat qiling
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
3. Quyidagilarga diqqat qiling.
O’zbekistonda turli mulk shakllariga ko’ra mehnat xaqining tabaqalanishi (o’rtacha respublika darajasiga nisbatan %da) 1995 2000 2003 Milliy iqtisodiyotda o’rtacha jumladan: 100 100 1. Davlat mulkchiligiga asoslangan korxonalar, tashkilotlarda 114,9 120,1 2.Nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarda, undan: a) xususiy individual mulkchilik b) aktsionerlik mulkchilik v) qo’shma korxonalarda g) kooperativ mulkchilik d) jamoa mulkchiligi e) ijara korxonalar j) ijtimoiy tashkilotlar mulki 86,6 69,4 121,5 165,8 108,9 69,3 104,7 75,9 86,0 65,3 142,2 269 50,1 41,4 63,6 127,8 Ulardan qanday xulosa chiqarish mumkin, izohlang. Nima sababdan ish xaqi qo’shma korxonalarda eng yuqori darajada. Fikringizni asoslang. 4. AQShda ish xaqi va maosh 4005 mlrd. dollarni, renta 28 mlrd. dollarni, protsent 407 mlrd dollarni, xususiy tadbirkorlarning daromadi esa 473 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ularning umumiy daromadga nisbatan ulushini hisoblang. O’zbekistonda hozirgi paytda ish xaqi aholining umumiy daromadlarining deyarli 1 /3 qismini tashkil etadi. Ularni taqqoslang. Ish xaqining ulushi yuqoriligi nimani ko’rsatadi, izohlang. 5. Firma ishchilarni raqobat asosida ishga qabul qiladi. Agar bir dona mahsulotning bozordagi narxi 5500 so’m bo’lsa, firma nechta ishchini ishga qabul qiladi? Hisoblang, jadvalni to’ldiring va javobingizni izohlang. ishchilar soni Mahsulot hajmi, dona mehnat haqiga xarajatlar, ming so’m Me’yoriy mahsulot, ming so’m 0 0 1 15 30 2 35 60 3 50 90 4 60 120 5 66 150 6 67 180 7 68 210 8 69 240 9 70 270 10 71 300 6. Korporatsiya prezidenti, mohir futbolchi, bokser, shaxmatchi, tennischi kabilar bir yilda bir necha yuz mln.lab dollar ishlashi mumkin. Oddiy xizmatchi esa atigi bir necha ming dollar ishlaydi. Ish xaqidagi bu farqni tahlil qiling, hamda ish xaqi stavkasini tabaqalanishi asosida qanday omillar turganini ko’rsating. 7. AQShda bilim olish uchun sarflangan xarajatlar, so’ngra olinadigan daromadlar urtasidagi bog’lanish quyidagicha: o’rta ta’limga nisbatan bilim olish muddatini 2 baravar ko’payishi, o’qishni tugatgach daromadni 5 martaga ko’payishiga olib keladi. Bu fikrni tahlil qiling va quyidagi savollarni: «Insoniy kapital» nima? Insoniy kapitalga investitsiya deganda nimani tushunasiz? izohlang. 8. Odiljonning oldida ikki yo’l bor. To’rt yil davomida bankda etakchi mutaxassis bo’lib ishlab yiliga 720 ming so’m daromad topish. Ikkinchisi - bir yil «Bank va moliya akademiyasi»da o’qish. O’qish uchun 1 mln. so’m to’lanadi. O’qishni tugatgach unga bo’lim boshlig’i o’rnini va’da qilishyapti. Keyinchalik bank boshqaruvi raisi bo’lishi mumkin. Uch yil davomida uning maoshi har yili 960 ming so’m bo’lishi mumkin. Sizningcha Odiljon qaysi yo’lni tanlagani ma’kul. 9. AQShda Bill Klinton prezident bo’lgan paytda MRB (Markaziy razvedka boshqarmasi) direktori vazifasiga J.Vulsi tayinlangandi. U Stenford universitetini tugatgan. Oksfordda o’qigan. Xuquqshunoslikdan Yelsk universitetida dissertatsiya yoqlagan. Ko’pincha shunday ko’p boskichli bilim olish shunday yuqori mansabga ko’tarilishda qanday rol o’ynaydi? Tanishlaringiz ichidan kimlarni bilasiz?. Siz ularga havas qilasizmi? 10. Nima sababdan yaxshi ta’minlangan oilalarning ko’pchiligida ayollar to’la bo’lmagan ish kuni ishlashadi yoki umuman ishlashmaydi. Oiladagi bolalar soni, uy yumushlari kam ta’minlangan shunday oilalarnikidan ko’p emas. Bu erda qaysi effekt: o’rin bosishmi yoki daromad effekti ustun? 11. Topishmoq: Uning o’g’li o’g’irlik, qizi esa ocharchilik. U nima? Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling