Iqtisod moliya


ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR 
 
1.Mehnat munosabatlari. 2. Mehnat. 
3. Ish haqi. 4. Nominal ish haqi. 
5. Real ish xaqi. 6. Insoniy kapital. 
7. Jamoa bitimi. 8. Yagona tarif setkasi.
a) insonning (jismoniy va aqliy energiyasi) kuchi, energiyasini sarflab, jamiyat tomonidan 
tan olingan natijaga erishishga qaratilgan maqsadli faoliyatidir;
b)mehnat omilidan foydalanish jarayonida yuzaga chiqadigan munosabatlardir;
v) pul shaklidagi ish xaqi; 


g) mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va taklifning muvozanat bahosidir
d) odamlar yillar davomida to’plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo’lib, uni egasidan 
ajratib bo’lmaydi; 
e)pul shaklida olingan ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar 
miqdorida ifodalanishi;
yo) mehnat haqi bo’yicha milliy iqtisodiyotda band bo’lganlarni mehnat razryadi va ular 
bo’yicha tarif koeffitsienti. Har bir razryadga muvofiq gorizontal razryadlar ham bo’lishi ko’zda 
tutilgan; 
j) ishchi-xizmatchilar jamoasi bilan firmalar o’rtasida tuzilgan shartnoma.
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Mehnat munosabatlari deganda qanday munosabatlarni tushunasiz? 
2. Ish haqi darajasiga qanday omillar ta’sir qiladi? 
3. Mehnat taklifida o’rin bosish effekti va daromad effekti qanday rol o’ynaydi? 
4. Ish haqi va uni tashkil etish shakllarini izohlang. 
5. Mehnat shartnomalari mehnat munosabatlarini tartibga solishda qanday rol o’ynaydi? 
6. Insoniy kapitalga investitsiya deganda nimani tushunasiz? Nima sababdan hozirgi 
paytda unga alohida e’tibor qaratilmoqda? 
Masala va mashqlar. 
1. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarida minimal ish haqi miqdori 
quyidagicha (AQSh dollarida) 
Germaniya 
31,8 
Shveytsariya 
28,3 
Gollandiya 
23,3 
Frantsiya 
19,3 
Italiya 
18,0 
Hozirgi paytda Germaniya sanoatida o’rtacha ish haqi darajasi bo’yicha dunyoda birinchi 
o’rinni, Shveytsariya esa uchinchi o’rinni egallaydi. 
Jadval ma’lumotlari asosida boshka mamlakatlarning Germaniyaga nisbatan o’rtacha 
soatlik ish haqi darajasini hisoblang. Agar bu ko’rsatkichni O’zbekiston bilan taqqoslasak 
kanday xulosa chiqarish mumkin? 
Ish xaqini hohlaganimizcha ko’tara olamizmi? U nimalarga bog’liq. Bu borada 
hukumatimiz qanday chora-tadbirlar ko’rayapti? Fakat nominal ish haqiga qarab turmush 
darajasi haqida xulosa chiqarish mumkinmi? 
2. O’zbekistonda tarmoqlar bo’yicha mehnat haqi quyidagicha (o’rtacha respublika 
darajasiga nisbatan, %da) 
1990 
1995 
2000-2003 
Milliy iqtisodiyotda jumladan: 
100 
100 
100 
Sanoat 108 
159 
192 
Qishloq xo’jaligi 
107 
70 
50 
Qurilish 131 
175 
158 
Transport 115 
159 
172 
Aloqa 157 
168 
216 
Savdo 84 
58 
70 
Kommunal xo’jalik 
76 
101 
120 
Xalq ta’limi 
81 
72 
87 
Kredit, sug’urta 
149 
198 
215 
Ularni taqqoslang, bunday tabaqalanishni sabablari nimada deb o’ylaysiz, ko’rsating. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling