Iqtisod moliya


-§. Ishga yollanish va mehnat shartnomalari


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

4-§. Ishga yollanish va mehnat shartnomalari 
 
Mehnat bozori klassik kapitalizm sharoitida shakllangan. U yollanma ishchini vujudga 
kelishi, uning hayot kechirishi uchun daromad topish manbai sifatida o’z ishchi kuchini sotish 
bilan bog’liq. Mehnat bozorida ish kuchiga talab bilan ishga yollovchilar bir tomonda tursa, 
ikkinchi tomonda ishlash-ishlamaslik ixtiyori o’zida, xohlagan erida ishlashi mumkin bo’lgan 
erkin shaxs — ishga yollanuvchilar turadi. Ularning har ikkisi ham o’z manfaatlarini ko’z-lab 
bozorga chiqadi. Sotib oluvchi bozordan olgan ishchi kuchi evaziga naf ko’rishni kutadi, ishchi 
kuchi esa mehnati evaziga haq olishni ko’zlaydi. Ish kuchi oldi-sotdisida mehnat birjalari 
vositachilik qiladilar. 
Bu oldi-sotdi odatda mehnat shartnomalari orqali amalga oshiriladi. Bu bitim har ikki 
tomonning bir-birlariga qo’yadigan talablarini o’zida mujassamlashtiradi. Ana shu kelishuv, 
bitim 3 turga bo’linadi: 
1. Mehnat kontraktlari — ishga kiruvchilar va ishga oluvchilar o’rtasida yakka tartibda 
bitim tuzilishi mumkin. Bunda ishning mazmuni, ish sharoiti, ish haqi miqdori, ish haqi to’lash 
tartibi, ishlovchining va ish beruvchining majburiyatlari aniq ko’rsatiladi. 
2. Jamoa bitimi. Bu bitim ishchi-xizmatchilar jamoasi bilan firmalar o’rtasida tuzilgan 
shartnoma. Bu shartnomada har ikki tomonning majburiyati ko’rsatiladi. Ishga yollovchi 
tomonidan ish vaqti mehnat xavfsizligini ta’minlash, ish haqi miqdori, ish haqini 
indeksatsiyalash, ya’ni narxni ortishini hisobga olgan holda ish haqini oshirish kabilar. 
Yollanuvchi tomonidan sifatli va unumli ishlash, malakasini oshirish kabilar. 
3. Bosh bitim. Bu bitim ish beruvchilar va ishchi-xizmatchilarning kasaba uyushmasi va, 
shuningdek hukumat o’rtasida tuzilgan bitim. Unga mehnat munosabatlarining asosiy tomonlari 
umummamlakat doirasida belgilanadi. Mamlakatimizda mehnat munosabatlari O’zbekiston 
Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan tartibga solinadi. Ana shu kodeksga binoan ish 
beruvchilar va ishlovchilar mehnat munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi. 
Mehnat bitimlari asosida mehnat munosabatlarini tartibga solish tizimi bir necha o’n 
yillar mobaynida yuzaga kelgan. Sanoat revolyutsiyasi davrida ish haqini ko’tarish uchun 
harakat boshlanib, bu harakat XIX asr davomida kasaba uyushmalarini kuchsizligi tufayli uncha 
sezilarli rol o’ynamagan. Keyingi yillarda borgan sari kasaba uyushmalarining roli orta bordi. 
Ular jamoa bitimi tuzishda muhim o’rin tuta boshladilar. Jamoa shartnomasi tuzish tizimiga 
Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan 1949 yilda «Konventsiya —98» hamda 1951 yilda 
«Tavsiyanoma —91» deb nomlangan hujjatlarni qabul qilinishi va uni jahon miqyosida e’tirof 
etilishi bilan asos solindi. 
Ularda mehnat munosabatlarini tartibga solish, jamoa muzokaralarini olib borish va 
mehnatni tashkil etishni muhim printsiplari (ishlab chiqilgan) ko’rsatilgan. Chunonchi: 
— taraflar tomonidan olingan majburiyatlarni bajarish, kelishuv shartlariga qattiq rioya 
qilish; 
— jamoa bitimiga zid bo’lgan mehnat shartnomalarini bekor qilish; 
— jamoa (kollektiv) bitimlari shartlari barcha korxonalarning barcha kategoriyalariga 
tegishli. 1981 yili XMTning bosh konferentsiyasi jamoa muzokaralari bo’yicha yana bir 
tavsiyanoma qabul qildi. Jamoa bitimi hozirgi paytda jamoani guruhiy manfaatlarini himoya 
qiluvchi dastak sifatida amal qiladi. 
Shuni e’tirof etish kerakki, ishga yollovchilar bilan yollanuvchilarning manfaatlari doimo 
mos tushavermaydi. Natijada umummilliy manfaatlar bilan guruhiy manfaatlar o’rtasida qarama-
qarshiliklar bo’lib turadi. Ular turli yo’llar bilan echiladi: 
1) har ikki tomonni muzokara olib borib, ish haqi, ish vaqti, mehnat sharoiti, otpuskalari 
va h.k.lar bo’yicha kelishishi, bir guruh ikkinchisiga yon berishi yoki har ikkisi ham o’z 
talablarini ayrimlarini cheklashga kelishib olishlari mumkin; 
2) davlat o’z sotsial-iqtisodiy siyosatini jamoa shartnomasida ifodalanishiga erishish. Bu 
yo’l hech bo’lmaganda davlat tomonidan qonuniy ravishda ish haqining eng kam darajasini 
belgilash, narx va daromadlarning o’zgarishi bo’yicha qat’iy siyosat yuritish demakdir; 


3) mehnat munosabatlari sub’ektlari — ish beruvchilar, yollanuvchilar, davlat o’rtasida 
manfaatlarni moslashtirish maqsadida uch tomonlama shartnomalar tuzish. Bunday shartnomalar 
inflyatsiyani jilovlash, bandlikni ta’minlash, sotsial munosabatlarni milliy darajada hal qilish 
imkonini beradi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling