Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishbay ish haqi
- Tarif sistemasi tarif stavkasi (ishlovchilarni soat yoki kun davomida mehnat haqi miqdorini), tarif setkasini (
Vaqtbay ish haqida mehnatga haq ishlagan vaqtiga qarab to’lanadi. Bir soat ish vaqti
belgilangan haq bo’yicha, kunlik, haftalik, oylik ish haqi hisoblab chiqiladi. Vaqtbay ish haqi odatda texnologik tartibning vaqt soati qat’iy belgilangan korxonalarda qo’llaniladi. Ayniqsa, yalpi avtomatlashgan ishlab chiqarishda ishchilarning mehnati uzluksizligi konveyerning harakat tezligiga bog’liq sohalarda qo’llaniladi. Biznesmenlarni vaqtbay ish haqini qo’llashlaridan manfaatdorligi ish haqini ko’tarmay mehnat intensivligini o’stirish imkoniga ega ekanligidir. Keyingi 20—30 yil mobaynida vaqtbay ish haqi mehnatga haq to’lashning ustun shakliga aylandi. Hozirgi paytda AQSh va Frantsiyada qayta ishlovchi sanoatda band bo’lganlarning 70%, Buyuk Britaniya va Germaniya sanoat ishchilarining 60% iga vaqtbay ish haqi to’lanadi. Injener-texnik ilmiy ish bilan shug’ullanuvchilar, xizmatchilar va boshqa bir qancha kategoriyadagi ishlovchilarga lavozimi bo’yicha oylik maosh belgilanadi. Agarda xo’jalik kon’yunkturasi yomonlashsa tadbirkor ish vaqtini kamaytirishi mumkin. Ishbay ish haqi — vaqtbay ish haqining o’zgargan shakli. U ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab hisoblanadi. Ish haqi tayyorlangan mahsulotning miqdoriga proportsional ravishda o’zgaradi. Bu bog’lanish donabay ( baho) belgilash orqali amalga oshadi. Ishbay ish haqi to’langanda mahsulot ishlab chiqarish miqdori belgilanadi. U bir soat/vaqt davomida normal intensiv sharoitda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoridir. Donabay yoki ishbay 1 soatga to’lanadigan ish haqi ish haqi = -------------------------------------------- 1 soatda ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan mahsulot miqdori Ishbay ish haqi ko’proq qo’l mehnati ustun bo’lgan ishlab chiqarishda mahsulot miqdorini ko’paytirish zarur bo’lgan korxonalarda qo’llaniladi. Hozirgi paytda vaqtbay ish haqini ham, ishbay ish haqini ham mehnat unumini, sifatini oshirishga, xom ashyolarni tejashga va boshqa natijalarni yaxshilashga qaratilgan turli-tuman ish haqi to’lash tizimi qo’llaniladi. Ma’lumki, hayotda ish haqi darajasi turli-tuman bo’lib, bunday tabaqalashuvning qator sabablari bor: 1. Ishchilar bir xil emas, ular qobiliyati, mahorati, ma’lumoti, tajribasi bilan farqlanadi. Bu o’z navbatida mehnat unumdorligida o’z ifodasini topadi. 2. Ish turlari o’ziga jalb qilishi bilan farq qiladi. 3. Mehnat bozori odatda nomukammal raqobat bilan xarakterlanadi. 4. Mehnat sharoiti turlicha bo’lib, ayrim ishlar sog’liq uchun zararli, qo’shimcha haq to’lashni talab etadi. Ish haqi darajasi tarif sistemasi orqali tartibga solinadi. Tarif sistemasi tarif stavkasi (ishlovchilarni soat yoki kun davomida mehnat haqi miqdorini), tarif setkasini (malakasiga qarab, birinchi razryadga nisbatan tarif koeffitsient shkalasini) hamda tarif malaka Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling