Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

 
 


5-§. Insoniy kapitalga investitsiya haqidagi nazariyalar 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, jamiyatdagi tub o’zgarishlar inson kapitaliga investitsiya 
to’g’risidagi nazariyalarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. . Fan-texnika va axborotdagi 
revolyutsiya inson, uning ilmiy-ma’rifiy potentsialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal 
qiluvchi omiliga aylantiradi. 
Keyingi paytlarda iqtisod fanida inson kapitali tushunchasi keng qo’llanila boshladi. 
Hozirgi zamon inson kapitali haqidagi nazariyalar 60-yillardan boshlab shakllandi. Juda 
ko’p iqtisodchilar bu haqda o’z fiklarini bildirishdi. Chunonchi G. Bekker, U. Bouen, M. Blaug, 
V. Veysbrod, E. Denison, M. Fisher va boshqalar. Amerikalik iqtisodchi G. Bekker “Inson 
kapitali” fundamental tadqiqoti, inson kapitali nazariyasiga oid ishlari uchun 1992 yili iqtisod 
sohasida Nobel mukofotini olishga sazovor bo’ldi. 
Inson kapitali deganda odatda insondagi salomatlik bilan malaka, salohiyat, mehnatga 
ishtiyoq tushuniladi. Bular o’z navbatida mehnat unumdorligi hamda daromadlar o’sishiga ta’sir 
etadi. 
Har bir inson farovon yashash maqsadida ko’proq daromad olish uchun harakat qiladi. Bu 
harakat qator xarajatlarni talab qiladi. Kelajakdagi daromadni ko’paytirish uchun qaratilgan 
barcha xarajatlar inson kapitaliga investitsiya hisoblanadi. Bularga sog’liqni saqlash, bilim olish
ish o’rnini qidirish, professional tayyorgarlik, farzand tug’ish va tarbiyalash kabi xarajatlar 
kiradi. 
Har bir kishi o’z bilimini oshirishga, sog’ligi uchun, kasb-hunar egallashi uchun 
investitsiya sarflashga qaror qilar ekan, kelajakda olishi mumkin bo’lgan daromadi bilan 
taqqoslaydi. U ko’proq ish haqi yoki pul daromadi shaklida obro’li ish yoki biron nufuzga 
erishishi shaklida bo’lishi mumkin. 
Insoniy kapital odamlar yillar davomida to’plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo’lib, 
uni egasidan ajratib bo’lmaydi. 
Inson o’z sog’lig’ini saqlashi, bilim olishi, malaka, mutaxassislikka ega bo’lish, malaka 
oshirish, tajriba to’plash, ish o’rni qidirish, kelajakda o’z o’rnini bosuvchi farzand tug’ish, 
tarbiyalab voyaga etkazish – barchasi ma’lum miqdorda xarajatlarni talab qiladi. Ana shu 
xarajatlar insoniy kapitalga investitsiya deb ataladi. 
Har bir kishi o’z bilimini oshirish, sog’lig’i uchun, kasb-hunar egallashi uchun 
investitsiya sarflashga qaror qilar ekan, kelajakda olish mumkin bo’lgan natija bilan taqqoslaydi. 
U ko’proq ish haqi yoki pul daromadi shaklida obro’li ish yoki biron nufuzga erishish shaklida 
bo’lishi mumkin. 
Insoniy kapitalga investitsiya qilish izoh muddatli integral xarak-terga ega bo’lib, 
samarasi ham iqtisodiy ham ijtimoiy ahamiyatga ega. Bilim olish muddati 12-18 yilgacha va 
undan uzoqqa ham cho’zilishi mumkin. Insoniy kapitalni ishga solinishi, uni qo’llashdan 
olinadigan samara har bir kishini o’ziga, uning qiziqishi, nimani afzal ko’rishi, javobgarlik hissi
umumiy madaniyati va ma’naviyatiga bog’liq bo’lib, u xohlaganini tanlaydi. 
Insoniy kapitalni shakllantirish unga qo’yilgan investitsiya samarasini aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. 
Iqtisodchilar tomonidan bu haqda turli fikrlar bildirilgan. 
Insoniy kapitalni shakllantirishning bir qancha modellari mavjud. Shulardan biri Turou 
modeli. U Kobb-Duglas funktsiyasidan foydalanib, shu modelni ishlab chiqqan: 
IK = g’(K·IK
x
·R·IA)
IK – yaratilgan insoniy kapital; K – jismoniy kapital; IK
x
– insoniy kapitalga investitsiya 
(qo’yilmalar); R – tabiiy resurslar; IA – turli individlar (kishilar)ning iqtisodiy qobiliyati. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling