Iqtisod moliya
hozir yaqin besh yil ichida ish haqining eng kam miqdorini 3,5 baravar oshirishni o’z
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
hozir yaqin besh yil ichida ish haqining eng kam miqdorini 3,5 baravar oshirishni o’z
oldimizga vazifa qilib qo’yishga haqlimiz»1, — deb yuksak vazifa qo’ydi. Ish haqi darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi ikkinchi guruh omillar — bozor omillari bo’lib, unga birinchi navbatda mehnat bozoridagi talab, taklif va ular o’rtasidagi nisbat kiradi. Mehnat bozoridagi talabning sub’ektlari korxona, firma, tashkilot, muassasalar bo’lsa, taklifning sub’ektlari uy xo’jaligidir. Mukammal raqobatga asoslangan bozorda tadbirkorlar tomonidan yollangan ishchilar soni ikki ko’rsatkichga — real ish haqi va mehnat evaziga olingan me’yoriy mahsulotning qiymatiga qarab belgilanadi. Ishchilar soni o’sib borishi bilan me’yoriy mahsulot miqdori kamayib boradi (me’yoriy unumdorlikni, daromadni pasayishini eslaylik, VIII bob), me’yoriy unumdorlik qo’shimcha jalb etilgan mehnat keltirgan unumdorlik ekanini ko’rgan edik. Masalan, firma 20 ta ishchini ishga olmoqchi. Agar oxirgi 20- ishchi yaratgan qo’shimcha me’yoriy mahsuloti olgan ish haqidan ko’p bo’lsa, ishga qabul qiladi. Lekin firmani qo’shimcha olingan mahsulot emas, daromad qiziqtiradi. Shuning uchun qo’shimcha mehnat yaxshi daromad olib kelmasa, ishlovchilar soni ko’paytirilmaydi. Aytaylik, korxonada 19 ishchi ishlab chiqargan mahsulot 1000 ta bo’lib, har biri 40 so’mdan sotilsin. Ish haqi kuniga 10000 so’m bo’lsin. U holda umumiy tushum 40x1000=40000 so’m bo’ladi. 20- ishchi qo’shilgach mahsulot miqdori 1030 taga etdi. U holda umumiy tushum 40x1030=41200 so’m bo’ladi. Umumiy tushum o’rtasidagi farq 41200–40000=1200. Ish haqi 1000 so’m edi. Demak, korxonada ishlash uchun 20 ishchi qabul qilinadi. 21- ishchi qo’shilgach mahsulot miqdori 1040 taga etsin. U holda umumiy tushum 40x1040=41600 so’m. Umumiy tushum farqi 41600–41200=400 so’m. Lekin ishchiga 1000 so’m to’lash kerak. 21- ishchi ishga qabul qilinsa, qo’shimcha ishlab chiqarishdan olinadigan daromad 400 so’mni tashkil etyapti. U to’lanadigan ish haqidan kam. Demak, 21- ishchi ishga qabul qilinmaydi. Ya’ni qo’shimcha ishchini yollash chegarasi avval ko’rganimizdek me’yoriy mahsulotning qiymati va ish haqi miqdori bilan belgilanadi. Mehnatga talab ish haqi miqdoriga teskari proportsional bog’lanishda bo’ladi. Ish haqi ortganda boshqa omillar teng bo’lgan sharoitda, tadbirkor muvozanatni saqlash maqsadida mehnatga talabni qisqartirishi kerak, ish haqi past bo’lsa, aksincha mehnatga talab o’sadi. Ish haqi bilan mehnatga talab o’rtasidagi funktsional bog’lanish mehnatga talab egri chizig’ida ifodalanadi. Ana shu egri chiziqning har bir nuqtasi ma’lum ish haqi miqdoriga mehnatga talab qancha bo’lishini ko’rsatib turibdi. Past ish haqida talab ko’p va aksincha. Hozir yuqori malakali ishchi kuchiga talab katta, malaka talab qilmaydigan mehnatga esa aksincha talab kam. Natijada malakali ishchilarga to’lanadigan ish haqi yuqori, malakasiz mehnatga esa past. Masalan, AQShda 1994 yili yuristning haftalik maoshi 990 dollar, injener-ximikniki 807, injener- mexanikniki 776, dorishunosniki 748, kollej o’qituvchisiniki 711, iqtisodchiniki 704, me’morniki 667, EHM programmachisiniki 606 dollar edi. Intellektual mehnat bilan shug’ullanuvchi ilmiy unvonlilar o’rta maktabni bitirmaganlarga nisbatan 5 barobar ko’p ish haqi olishadi. Mehnatga taklif funktsiyasi boshqacharoq. Mehnatga taklif ham ish haqiga bog’liq, lekin endi ish haqi ortgan sari mehnat taklifi ham ko’payadi (a rasm). Bu erda yana shunga ham e’tibor berish kerakki, mehnatga taklif hafta, oy, yil davomida bajargan o’rtacha ish soati, ishchilarning mehnat sifati, miqdori va ishchi malakasiga ham bog’liq. Mehnat taklifida ikki effekt: o’rin bosish va daromad effektini diqqatdan chetda qoldirmaslik kerak. Bu effektlar ish haqining o’sishi alohida kishi yoki guruhlar mehnatiga qanday ta’sir qilishi, belgilangan ish haqi miqdori bo’yicha ma’lum kategoriyadagi ishchilar yoki guruhlar ishlab berishi mumkin bo’lgan ish soatlariga bog’liq (b rasm). A nuqtagacha ish haqi o’sganda mehnat taklifi ham o’sib boryapti. Lekin A nuqtaga etgandan so’ng aksincha egri chizig’imiz, ordinata o’qi tomonga burildi, demak A nuqtadan so’ng mehnat taklifi kamayyapti. Shunday qilib, ish haqining o’sishi ma’lum miqdoriga etguncha mehnat taklifini ko’paytirishga, maksimal darajaga etgach, ish haqining o’sishi taklifni pasaytirishga olib kelar ekan. Ish haqining o’sishi mehnat taklifini ham ko’paytirishga, ham qisqartirishga olib kelyapti. Sababi nima, nega shunday bo’lyapti? Ish haqini o’sishi bilan ishlovchi har bir soat vaqtiga ko’proq haq oladi. Natijada ishlovchi bo’sh vaqtning har soatini boy berilgan daromad sifatida ko’rishi mumkin. Bu manfaat bo’sh vaqt hisobiga qo’shimcha ish bilan shug’ullanishga intilishga olib keladi, bo’sh vaqt ish vaqtiga aylanadi. Muvofiq ravishda bo’sh vaqt o’sgan ish haqi evaziga olingan tovarlar va xizmatlarga almashtiriladi. Bunda mehnat taklifi miqdori, ya’ni ishchi soni ko’paymaydi, lekin ishlovchilarning ish vaqti bo’sh vaqt evaziga ko’paya-di. Masalan, ishchi haftasiga 4200 so’mdan haq olib 42 soat ishlaydi, deylik. Korxonada qo’shimcha (o’zi ishlayotgan yoki boshqa) haftasiga 10 soatdan ishlaganiga 1500 so’m ish haqi olishi mumkin. U holda ishchi uchun shu mablag’ zarur ekan, bo’sh vaqti evaziga haftasiga qo’shimcha 10 soatdan ishlaydi. Agar 10 ta shunday ishchi bor desak, haftasiga ishchilar soni o’zgarmagani holda ish vaqti 100 (10x10) soatga ko’paydi. Bu ikkitadan ortiq ishchi kuchi degani. Mana shu jarayon iqtisodiy nazariyada o’rinbosish effekti deb ataladi. Bu b rasmda ko’rsatilgan egri chiziqda ifodalanadi. U A nuqtaga etguncha namoyon bo’ladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling