Iqtisod moliya


-§. Mukammal va nomukammal raqobat


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

2-§. Mukammal va nomukammal raqobat 
 
Iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi firmalar, sohalar, tarmoqlar juda ko’p. Xar bir firma, 
soha, tarmoqni o’rganish nihoyatda qiyin. Shuning uchun bozor tarkibini narx va ishlab chiqarish 
hajmining shakllanishiga ko’ra o’rganish realroq. 
Iqtisodchilar nisbatan bir-biridan farq qiluvchi bozordagi vaziyatga ko’ra uni to’rt 
modelga ajratishadi. Bu modellar bir-biridan firmalar soni, mahsulotlar turi, narxlar ustidan 
nazorat, turli sohalarni monopollashish darajasi, narxning shakllanishi, axborot olish 
imkoniyatlari va boshqalar bilan farq qiladi. Bu to’rt model:
a) erkin raqobatga asoslangan bozor;
b) monopolistik raqobatga asoslangan bozor; 
 v) oligopoliya; 
 g) sof monopoliyadan iborat. 
Bozor tarkibini raqobat erkinligi yoki cheklanishiga ko’ra iqtisodchilar ikki turga: 
mukammal va nomukammal (takomillashgan, takomillashmagan) raqobatga ajratishadi. 
Mukammal raqobat yuqoridagi to’rt modelning erkin raqobatga asoslangan modelini o’z 
ichiga oladi. Nomukammal raqobatga esa monopolistik raqobat, oligopoliya va sof monopoliya 
modellari kiradi. 
Erkin raqobatga asoslangan modelda u yoki bu tovarni ishlab chiqarishda asosiy o’rin 
tutadigan bir yoki bir necha firmaning yo’qligi alohida ahamiyatga ega, chunki ana shunday 
firmaning paydo bo’lishi bozorni nazorat qilishni boshlanishiga qadam bo’ladi. 
Erkin raqobat kurashiga asoslangan modelning asosiy ajralib turuvchi tomoni: 
1. Mustaqil harakat qiluvchi ishlab chiqaruvchi, sotuvchilar va xaridorlarning 
cheklanmaganligidir. Masalan: qishloq xo’jaligi tovarlari bilan savdo qiluvchi dehqon bozori, 
fond birjalari. 
2. Standartlashgan mahsulot yoki bir turdagi, bir xildagi mahsulot ishlab chiqarish. Bunda 
xaridor uchun qaysi sotuvchidan mol olish baribir. Chunki A firmaning mahsuloti B, V, S va 
hokazo firmalar mahsulotining xuddi o’zi. 
Standartlashgan mahsulot belgilangan standart bo’yicha ishlab chiqarilgani uchun 
mahsulotlar sifat jihatdan farq qilmaydi. 
3. Tarmoqqa kirib kelish erkinligi bilan xarakterlanadi. Yangi firmalar tarmoqqa erkin 
kirib kelish, eskidan ishlayotgan firmalar xohlagan paytda chiqib ketish imkoniyatiga ega. 
4. Sof erkin raqobat real hayotda kam, shuning uchun erkin raqobat haqida mantiqiy fikr 
yuritish o’rinsiz emas. Chunki: 
a) bir necha tarmoqlar borki, ular boshqa bozor modellari (strukturasi)dan ko’ra ko’proq 
erkin raqobat modeliga to’g’ri keladi; 
b) erkin raqobat eng oddiy tushunarli vaziyatni ifoda qiladi. Daromad va xarajatlarni 
taqqoslash asosida narx va ishlab chiqarish hajmi bo’yicha har qanday munozaraning 
boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi
v) erkin raqobat kurashiga asoslangan iqtisodiyot namunasi real iqtisodiyotni 
samaradorligini baholash, taqqoslash imkonini beradi. 
Xullas, erkin raqobat — bu o’rganilishi ham nazariy, ham ma’lum amaliy ahamiyatga ega 
bozor modelidir. Erkin raqobat kurashini tahlil qilish, birinchidan, sotuvchilar nuqtai nazaridan 
talabni o’rganish, ikkinchidan, qisqa muddatli davrda bozor narxiga ishlab chiqaruvchi qanday 
moslashuvini tushuntirish, uchinchidan, tarmoqda uzoq muddat talab etiladigan o’zgarishlarni 
qay tarzda yuz berishini, to’rtinchidan butun jamiyat miqyosida raqobatchi tarmoqlarning 
samaradorligini baholash uchun zarur. 
Nomukammal raqobatga asoslangan bozorning birinchi modeli monopolistik raqobatga 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling