Iqtisod moliya
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Pan Ameriken» bilan «Delta»
- «Tovar sifatini mo’ljalga olish davri».
- «Sotishni mo’ljalga olish davri».
- «Bozorni mo’ljalga olish»
- «Marketingga asoslanib ish yuritish davri».
- «halol» yoki «g’irrom»
4-§. Raqobat usullari
Iqtisodiy faoliyat yurituvchi sub’ektlar o’zaro raqobatga kirishar ekan raqobatda yutib chiqish uchun turli-tuman uslublardan foydalanishadi, «tesha tegmagan» yangi yo’llarni o’ylab topishadi. Ularning xilma-xilligidan qat’i nazar umumiy tomoni bor. U narxga kelib taqaladi yoki bo’lmasa narx ishtirok etmaydi. Shunga ko’ra raqobatnnig ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan foydalanmay raqobatlashuv. Ularni qay biridan ko’proq foydalanish iqtisodiyotda bozorda mavjud shart-sharoitdan kelib chiqadi. Raqobatning dastlabki bosqichlarida asosiy o’rinda narx vositasida raqobat turgan. Erkin raqobat davrida raqobat kurashining bosh usuli tovarlarni raqibnikidan ko’ra pastroq narxda sotish bo’lgan. Iqtisodiyotni monopollashuvi raqobat kurashi usullarini ham o’zgartiradi. Narx vositasida raqobat kurashi olib borishga nisbatan narxdan foydalanmay raqobat kurashi olib borish usullari kengroq qo’llanila boshlaydi. Raqobat kurashida tovar sifati, uni sotish shart-sharoitlari, reklama qilishning ahamiyati ortib boradi. Ko’p firmalar o’z mahsulotlarini raqiblarinikidan yaxshiligini ko’rsatish maqsadida o’zlarining tovar belgilari, firma muhrlari orqali ko’rsatishga harakat qilishadi. Savdo bilan shug’ullanadigan kishilarni maxsus ko’rik, testlardan o’tkazib, ularni shirinsuxan, jozibali, «istarasi issiq» bo’lishiga ahamiyat beriladi. Ko’pgina tovarlar sotilganda qo’shimcha imtiyozlar, bepul xizmatlar joriy etiladiki, ular ham qo’shimcha xaridorni jalb etadi. Masalan, AQSh da ikki aviakompaniya «Pan Ameriken» bilan «Delta» o’rtasidagi raqobat kurashi «Delta» kompaniyasi g’alabasi bilan yakunlandi. Sababi, bu kompaniya o’z xizmatidan 30 marta foydalanganlarga er sharining xohlagan joyiga bepul uchishni tashkil etdi. Yoki «Koka-Kola» korporatsiyasi o’z mahsulotlariga ko’proq potentsial xaridorlarni jalb etish uchun turli qimmatbaho yutuqlar joriy qiladi. Narxdan foydalanmay, raqobatlashuv usullarining o’zgarishi jarayonini kuzatib, uni quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: 1. 1860 — 1930 yillar «Tovar sifatini mo’ljalga olish davri». Bu davrda iste’molchilar ehtiyojini hisobga olmay, sohibkor o’z nuqtai nazaridan tovar sifatini yaxshilashga harakat qilgan. Bu davrda talab taklifga nisbatan yuqori, raqobat nisbatan kuchsiz bo’lgan. 2. 1930 — 1950 yillar «Sotishni mo’ljalga olish davri». Bunda xaridorga reklama va boshqa uslublar yordamida ta’sir qilib, yuqori darajada tovarlarni sotishga erishishni ta’minlash ko’zda tutilgan. Raqobat kurashi kuchaygan. Sotishning yangi uslublari: nasiyaga sotish, pochta orqali sotish va boshqalar yordamida potentsial xaridorlarni qondirilmagan ehtiyojlarini qondirishga erishilgan. 3. 1950 — 1960 yillar «Bozorni mo’ljalga olish», ya’ni nihoyatda yuqori sifatli (yuqori iste’mol naflilikka ega) alohida talabga ega tovarlar guruhini ajratish hamda maksimum darajada ana shunday tovarlarni sotishni ta’minlash. Lekin bunday tovarlarni ajratish oldindan rejalashtirilgan bo’lmay, ko’pincha tasodif va sotuvchining sezgirligi tufayli amalga oshirilgan. 4. 60- yillardan hozirga qadar «Marketingga asoslanib ish yuritish davri». U quyidagilarda ifodalanadi: — firma, korxona faoliyatini uzoq muddat (10—15 yil) ga mo’ljallab biznes reja tuzish; — aniq maqsadga yo’naltirilgan holda bozor, tovar va xaridorlarni o’rganish, tadqiq qilish; — sinchkovlik bilan «hisoblab chiqilgan» potentsial xaridorlarni ehtiyojlarini qondiradigan tovarlarni, «bozor yangiliklari» bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish; — talabni shakllanishi va sotishni rag’batlantirishni kompleks metodlaridan foydalanish; — mavjud axborotlardan tezda xabardor bo’lish, axborot to’plash. Bozorlarni tovarlar bilan to’lib-toshgani keskin raqobat kurashi, FTR natijasida tovarlar assortimentini tezda yangilash, nozik ta’bli turli-tuman xaridorlarning talabi hozirgi paytda bozorning talabini sinchkovlik bilan o’rganishni zarur qilib qo’yadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida xaridorning puli uchun raqobat kurashining naqadar keskinligini quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin. Ikkinchi jahon urushining 1 minuti AQSh ga 9000 dollarga, Vetnam urushi 22000 dollarga tushgan bo’lsa, umummilliy telekanalda 1 minutlik reklama ko’rsatuvi 1000000 dollar turadi. Urush qimmat, lekin marketing urushi nihoyatda qimmat. Raqobatda mahsulotning sifatini oshirish, iste’molchilarga kafolatli va qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish, keng reklama 1 va boshqalarning rolini ortishi ob’ektiv ravishda, avvalo fan- texnika taraqqiyotiga bog’liq. Qolaversa, kishilarning dunyoqarashi, ruhiyatidagi o’zgarishlarga bog’liq. Buning natijasi o’laroq iste’molchilarning mahsulot sifatiga, ko’rsatiladigan «serviz» xizmatlariga talablari orta boradi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarining keng qo’llanishi narx vositasida raqobat umuman qo’llanilmaydi, degani emas. Narx vositasida raqobat kurashi mavjud, kelgusida ham bo’ladi. Faqat uni qo’llash usullari o’zgarib bormoqda. Aytaylik, narxni arzonlashtirishning yashirin yo’llaridan foydalanish. Narx vositasida raqobat keyingi paytlarda jahon bozorida qo’llanilyapti. Raqobat kurashi «halol» yoki «g’irrom» lik bilan amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodiy sohadagi raqobatda g’olib chiqish uchun: a) mavjud qonunlarni buzmaslik; b) ichki ishlarga aralashmaslik; v) jismoniy kuch ishlatmaslik va boshqalar talab etiladi. Shunga qaramay, real hayotda «g’irrom» usullar ham qo’llanib turiladi. Unga sanoat josusligi (raqibning moliya rejalari, yangilik «nou xau» lari, boshqa sirlarini o’g’irlash), raqibini xom ashyo, transportdan mahrum qilish, terrorchilik uyushtirish, ommaviy axborot vositalarida raqibning obro’sini tushirish va boshqalar kiradi. Xar bir mamlakatda bunday usullardan foydalanganlar qonun yo’li bilan jazolanadi. 1 Reklama lotincha so’zdan olingan bo’lib, baland ovozda baqirish, chaqirish, ma’lum qilish ma’nolarini bildiradi. Reklamaning dastlabki shakllari meloddan oldin shakllangan. 1841 yilga kelib esa reklama bilan maxsus shuƒullanuvch birinchi agentlik Palmer tomonidan AQShda ochildi. Ћozirgi paytda reklama nihoyatda keng qo’llanilib, marketingda, tovarlarni sotishda, raqobat kurashida asosiy o’ringa chiqdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling