Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

Sun’iy monopoliyalarning qator shakllari mavjud bo’lib, XIX asr oxiri va XX asr 
boshlarida ularning keng tarqalgan shakllari kartel, sindikat, trest va kontsernlar bo’lgan. 
Kartel — bir tarmoqdagi bir necha korxonalarning ittifoqi bo’lib, uning qatnashchilari 
o’z ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik qilishni to’la saqlab qoladi, mahsulotlarni 
o’zlari realizatsiya qilishadi. Bitim, kvota-umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulush, sotish 
bahosi, bozorlarni bo’lib olish yuzasidan tuziladi. Kartel tarixan Germaniyada keng tarqalgan. 
Xozirgi zamon karteliga misol sifatida «OPEK» tashkilotini ko’rsatish mumkin. 
Sindikat — bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi bo’lib, ishlab 
chiqarish alohida yuritilib, mahsulot esa o’zaro tashkil etilgan idora orqali sotiladi. 
Monopoliyaning bu shakli asrimiz boshida Rossiyada tarqalgan. 
Trest — ma’lum tadbirkorlar guruhining ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga 
birgalikdagi egalik qilishi bo’lib, foyda har birining qo’shgan kapitaliga qarab taqsimlanadi. 
Monopoliyaning bu shakli AQShda keng tarqalgan. Trestlar vatani AQSh hisoblanadi. 
Trestlar dastlab radikal tarzda texnologik yangilanish, eski, qoloq ishlab chiqarishni 
yangilashga olib keldi. Bu o’z navbatida xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarish masshtabini 
kengaytirishga olib keldi. Trest shaklidagi monopoliyalar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida 
elektrotexnika va avtomobilsozlikni, kimyo, metallurgiyani rivojlantirishga olib keldi. 
Kontsernlar monopoliyaning eng yuqori va murakkab shakli bo’lib, turli sohalardagi 
rasman mustaqil kompaniyalardan tashkil topib, bosh kompaniya ular ustidan moliyaviy nazorat 
o’rnatadi (VIII bob). 
Kontsernlarning boshqa monopoliya shakllaridan afzalligi shundaki, birinchidan, rasman 
mustaqil, bu ozmi-ko’pmi ularga faoliyat erkinligini beradi. 
Ikkinchidan, qaysi tarmoq mahsuloti — xizmatlariga talab yuqori bo’lsa, aynan shu 
sohaga tezda kapital qo’yish imkonini beradi. Kontsernlar universallikning afzalligi bilan 
ixtisoslanishning ustunliklarini o’zida mujassamlashtiradi. 
Monopoliyaning kontsernlar shakli tarixan Yaponiyada keng tar-qalgan. 
Bulardan tashqari, monopoliyalarning boshqa turlari ham bor, lekin ular unchalik ko’p 
tarqalmagan. 
Umuman olganda, monopoliyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishida o’ziga xos o’rin 
tutib, o’ziga xos ijobiy rol o’ynaydi. Ma’lum chegaradan o’tgach esa taraqqiyotga to’sqinlik 
qilib, jamiyat hayotiga salbiy ta’sir o’tkazadi. 
Lekin bu monopoliyalarning vujudga kelishi bilan raqobat kurashi barham topadi degani 
emas. Raqobat kurashi monopoliya hukm-ronligi sharoitida ham muqarrar va keskinroq yuz 
beradi. 



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling