Iqtisod moliya
raqobatning iqtisodiy nazariyasi»
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Monopolistik raqobat nazariya-si»
- «Ekonomiks»
- «Ameriken tele
raqobatning iqtisodiy nazariyasi» kitobida raqobat to’g’risidagi neokonservativ kentseptsiyani
qattiq tanqid qiladi. Uning fikricha, iqtisodiy nazariyada turli qonuniyatlarni o’rganish, tadqiq qilishni odat tusiga kirgan mukammal raqobat sharoitlarini ko’rib chiqib, monopoliyani alohida hodisa sifatida qarash emas, balki tadqiqotni monopoliyalardan boshlab mukammal raqobatni alohida hodisa sifatida qarash to’g’riroq bo’lardi, deydi. Nomukammal raqobat tushunchasiga amerikalik iqtisodchi Eduard Chemberlin katta hissa qo’shgan, u «Monopolistik raqobat nazariya-si» (1933) kitobida bozordagi real narxlar sof raqobatga ham, sof monopoliyaga ham yon bosmaydi, aksincha ular o’rtasidagi har ikki holatning nisbatiga ko’ra shakllanadi deb ko’rsatadi. Raqobat bilan monopoliyaning birlashuvi monopolistik raqobat tarzida yuz beradi. U mahsulotni tabaqalanishini vujudga keltiradi. Tabaqalanish mahsulotning ma’lum bir xususiyatlariga ko’ra amalga oshadi. Masalan, tovar markasi, firma nomi, tovarlarni o’ziga xos, diqqatni jalb etadigan qilib o’rash yoki bo’lmasa tovarning individual xususiyatlari: sifati, rangi, shakli — stili va hokazolarga qa-rab tabaqalanishi mumkin. Chakana savdoda bu — sotuvchining joylashgan o’rni, yaratilgan umumiy muhit, sotuvchining ish olib borish manerasi, o’zini tutishi, halol, ishbilarmon sifatida erishgan obro’-e’tibori, shaxsiy aloqalari kabilarni o’z ichiga oladi. Monopoliya va konkurentsiyani hozirgi zamondagi nisbatini real tushunish sof monopoliya ham, mukammal raqobat ham yo’q ekan, unda bozor qanday holatda degan savolga javob berishni zarur qilib qo’yadi. G’arbda hozirgi zamon bozori holatini «Ekonomiks» darsligining mualliflari «nomukammal raqobat» deb atashadi. Ularning hammasi «mukammal raqobatdan» hozirgi paytda iz ham qolmadi, uning o’rniga o’ziga xos tarzda monopoliya bilan raqobatning birga qo’shilib ketgan shakllari keldi deb e’tirof etishadi. Erkin raqobat klassik kapitalizmga xos. U mukammal raqobat tarzida XIX asrda faqat Angliyada mavjud bo’lgan xolos, hozirgi paytda erkin raqobat kam uchraydigan holat. o’arb mamlakatlarida erkin raqobatni qimmatbaho qog’ozlar bozorida va fermerlar faoliyatida ko’rish mumkin. Industrial ishlab chiqarish bosqichida moliya kapitali vujudga kelishi bilan erkin raqobat o’rniga monopoliyalar kirib keladi. Iqtisodiyotni monopollashuvi fan-texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ishlab chiqarishning kontsentratsiyasi kuchayishining qonuniy oqibati bo’lib maydonga chiqadi. Samuelson bu holatga baho berib, yirik ishlab chiqarish biznesni monopollashuviga olib kelishini ko’rsatadi. Monopoliyalar vujudga kelishi, raqobatni cheklasa-da, lekin u albatta qoladi. Xatto o’z bozorlarida etakchi rol o’ynaydigan firmalarning ham doimo bir-ikki kichik bo’lsa ham raqobatchisi bo’ladi. Xozirgi vaqtda sof monopoliya tizimiga to’g’ri keladigan bozorni ham topish qiyin. Sof monopoliya ko’pincha noyob mahsulotga ega bo’lish bilan bog’liq. Ammo, noyob-likning o’zi abadiy emas. Noyob mahsulotning o’rinbosari yoki undan ham yaxshirog’i yaratiladiki, bu monopoliyani zil ketishiga olib keladi. 80- yillarning boshlarida AQShda uzoq masofali telefon aloqasi sof monopoliya tizimiga kirgan. «Ameriken tele- Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling