Iqtisod moliya


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/312
Sana18.10.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1707184
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   312
Bog'liq
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)

asoslangan bozordir. Monopolistik raqobat deganda quyidagi bozor holati tushuniladi: 
1) ko’p sonli uncha yirik bo’lmagan, lekin o’xshash tovarlarni xaridorlarga taklif etadilar. 
Uni erkin raqobatdan farqi shundaki, bu erda ishlab chiqaruvchilar unchalik ko’p bo’lmaydi, 
lekin ular o’zaro til biriktira olmaydilar. Xar bir firmaning bozor narxiga ta’siri cheklangan 


bo’ladi. Ular bir-biridan mustaqil harakat qiladilar, ayrim raqobatchining qo’llagan chora-
tadbirlari bozor ahvoliga unchalik ta’sir qilmaydi;
2) firmalar bozorga bir xil mahsulotning turli ko’rinishlarini olib chiqadilar. Tovarlarning 
sifati, shakli, o’ralishi, qadoqlanishi, sotish sharoiti tabaqalashadi. 
Ikkinchi tomondan, bir turdagi tovarlar, masalan, dorixona, restoran, oshxonalar kabi o’z 
mahsulotlarini tabaqalashtiruvchi turli raqiblar ko’pchilikni tashkil etadi. Xaridorning tanlash 
imkoni bor. Sotuvchilar o’rtasida shuning uchun xaridorni o’ziga jalb qilish maqsadida raqobat 
kurashi ketadi. 
Nomukammal raqobatning yana bir turi oligopoliyadir. Unda raqobat bilan monopoliya 
o’ziga xos tarzda birlashib, qo’shilib ketadi. Oligopoliya (yunoncha — ozchilik, sotaman) ishlab 
chiqarish va bozorda uncha ko’p bo’lmagan, sanoqli firmalar hukmronligidir. Uning eng muhim 
tomoni raqobat kurashida ozchilik qatnashib, narx ustidan nazorat o’rnata oladi. U ozchilik 
hukmronligi yoki guruhiy monopoliyadan iboratligi tufayli korporatsiyalar rahbarlari o’zaro 
muzokaralar, telefon qo’ng’iroqlari, birgalikdagi ziyoratlar orqali narxni kelishib oladilar va uni 
o’zgarishini nazorat qiladilar. 
Erkin raqobat tashabbuskori Adam Smit ikki asr avval «Ishbilarmonlarni istisno tarzida 
jamiyatga qarshi bitim tuzish uchun til biriktirish maqsadida to’planishlarini hisobga olmaganda, 
birgalikda juda kam yig’ilishadi» deb bildirgan fikrini eslasak, uning naqadar haqligini his 
etamiz. Oligopolistlar o’rtasida bitim tuzish osongina kechmaydi. 
Chunki bozorda olish mumkin bo’lgan foydani, ta’sir doirasini bo’lishish kerak. 
Oligopoliya sharoitida hukmron tarmoqlarda bir xil yoki o’rin bosuvchi standartlashgan 
va tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi. Standartlashgan mahsulotlarga po’lat, rux, mis, 
alyuminiy, tsement va hokazolar, tabaqalashgan mahsulotlarga esa turli rusumdagi avtomobillar
kir yuvish mashinalari, apparatlar, maishiy elektr asboblari va boshqalarni kiritish mumkin. 
Oligopoliya tarmoqlarida yirik uch-to’rt firma mahsulot ishlab chiqarishning asosiy 
qismini nazorat qiladi. Masalan, AQSh da avtomobilsozlikda katta uchlik: «Djeneral Motorz», 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling