Iqtisod moliya
chiqib, yuqori daromad olish imkoniyatiga, nufuzli mavqeiga ega bo’lish uchun bosh-qalar
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat kurashi
chiqib, yuqori daromad olish imkoniyatiga, nufuzli mavqeiga ega bo’lish uchun bosh-qalar
bilan bellashuvi, kurashidir. «Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir.» 1 Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat qonuni amal qiladi. Bu qonunga ko’ra iqtisodiy sub’ektlarning maqsadlariga ko’ra o’z manfaatlaridan kelib chiqib o’zaro kurashishlari muqarrar bo’ladi. u qonun barcha iqtisodiy qonunlar kabi ob’ektiv xarakterga ega. Sababi iqtisodiy muhitning o’zi uni amal qilishini taqozo qiladi. Chunki, birinchidan, insonga taiatan o’z-o’zini saqlash instinkti berilgan, Avval ta’kidlab o’tganimizdek uni hech Kim, hech qanday cheklovlar yo’qqa chiqara olmaydi. 1 Karimov I. A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T. O’zbekiston, 1999, 34-bet. Ikkinchidan, o’zlashtirish mulk doirasida amalga oshadi. Iste’mol o’zgarishi uchun mulk qayta taqsimlanishi kerak. Resurslar mulk bo’lar ekan, cheklangan ekan, undan samarali foydalanish ob’ektiv zaruriyatga aylanadi. Zaruriyat mavjud ekan, inson doimo uni amalga oshirish uchun harakat qiladi, tinmay izlanadi, doimo o’z manfaatini himoya qiladi. Raqobat qonuni barcha jabhalarga xos, uning amal qilish doirasi kengayib boradi. Raqobat kurashi turli tarzda namoyon bo’ladi. Bozorda firmalar resurslarni arzon olish, o’z tovarlarini qimmatroqqa sotish, shuni asosida ko’proq foyda olishga intilsalar, ishchi va xizmatchilar yaxshiroq ish haqi olish uchun harakat qiladilar. Xaridor bozorda tovarni arzonroq sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa qimmatroqqa sotish dardida yonadi. Ijaraga mulkni beruvchi ko’proq ijara haqi olishga harakat qilsa, aksincha ijaraga oluvchi uni pasaytirishga intiladi. Raqobat ishtirokchilarining ijtimoiy-iqtisodiy maqomi bir xil emas. Shu sababdan ularning bevosita maqsadi ham farqlanadi. Mulkni iqtisodiy jihatdan alohidalashuviga ko’ra, raqobat faqat individual manfaatni emas, balki jamoa, oilaning manfaatlarini ham ko’zlaydi. Chunki, ayrim kishining manfaati bir tomondan alohidalashgan, ikkinchi tomondan jamoa manfaatlariga birlashgan. Bu manfaatlar birlashuvi ham mulk doirasida amalga oshadi. Masalan, ishlovchilarning har biri yaxshi ish joyi uchun kurashsa, ular jamoa doirasida birgalikda, uning manfaati yo’lida boshqa jamoalar bilan, viloyat miqyosida boshqa viloyatlar bilan, oila miqyosida boshqa oilalar bilan, davlat miqyosida boshqa davlatlar bilan raqobatlashadi. Raqobat xo’jalikning hamma sohasida, iqtisodiy faoliyatning hamma turlarida boradi, unda iqtisodiy faol aholi qatnashadi. Bozor iqtisodiyotida raqobat kim bilan bo’lishidan qat’i nazar yaxshi ishlaganlarning, ishning o’zini emas, balki ko’zini bilganlarning yutib chiqishini bildiradi. Raqobat iqtisodiy resurs-larni tejamli ishlatish, tovar va xizmatlarni ko’plab, sifatli ishlab chiqarishga undaydi. U xo’jalik yuritishning eng samarali usullarini yuzaga keltiradi, iqtisodiy aloqalarning eng ma’qulini topishga undaydi. Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtiradi. U faqat ishlab chiqarishning o’zinigina o’sishga undab qolmay, iqtisodiy munosabatlarni ham takomillashtirishga olib keladi. Raqobat iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. U o’z navbatida raqobat doirasini kengaytiradi. Ana shu jihatdan qarasak, raqobat bozor Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling