Iqtisod moliya
yurituvchi sub’ektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish kuchlari
yurituvchi sub’ektlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun
holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi. Iqtisodiy aloqalar, jarayonlar misoli zanjir bo’lsa, har bir xo’jalik, faoliyat yuritish sub’ekti ana shu zanjirning halqasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu aloqalar, munosabatlar xo’jalik faoliyati yuritayotgan kishilar o’rtasida yuz beradi. Shuning uchun ham odatda ularni sotsial-iqtisodiy tizimlar deb yuritiladi. Iqtisodga oid adabiyotlarda iqtisodiy tizim va uning rivojlanish tendentsiyasiga turlicha yondashiladi. Ayrimlar, sotsial-iqtisodiy tizimlarga uning tarkibiy qismlarini umumiy jihatiga ko’ra rivojlanish tendentsiyasini aniqlash kerak, deyishadi. Chunki tizimlar rivojlanishining asosiy tendentsiyasi bu umumiylikka, unifikatsiyaga intilishidir. Boshqalari, iqtisodiy tizimlarni ularning farqlariga ko’proq ahamiyat berib o’rganish kerak, chunki ularning farqlari sifat jihatidan yangi xo’jalik tizimi vu-judga kelishiga va iqtisodiy o’sishga olib keladi, deb hisoblashadi. Xozirgi dunyo turli-tuman iqtisodiy tizimlar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular tarixiy davrlarda vujudga keladi, rivojlanadi, biri ikkinchisi bilan almashinadi. Jamiyat hayotini yaxshiroq tushunish uchun uning tarixiy taraqqiyot jarayonini bir butun holda ko’rib, rivojlanish bosqichlari, fazalarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiyoti, sotsial-iqtisodiy tizimlar va ularning almashinuviga nisbatan keng yoyilgan yondashuvlardan biri formatsion yondashuvdir. Formatsion yondashish asosida jamiyat tarixiy taraqqiyoti rivojlanishining qonuniy bosqichlari va moddiy ishlab chiqarishning besh usuli: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm ajratib ko’rsatiladi. Materialistik nazariyada tizimlar mulkiy, sinfiy mezonlar asosida qaralib, formatsiya deb ataladi. Ishlab chiqarish usuli iqtisodiy bazis — asos sifatida ajratilib, u ustqurma — davlat bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani ifodalaydi. Ishlab chiqarish usulining o’zi ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlaridan iborat. Ishlab chiqarish kuchlari ishchi kuchi yoki boshqacha aytganda, ma’lum malaka va tajribaga ega kishilar hamda ishlab chiqarish vositalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat ashyolaridan iborat. Ishlab chiqarish munosabatlari esa ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari, ishlab chiqarish jarayonida sotsial guruhlarning tutgan o’rni, ular o’rtasida faoliyat ayirboshlash, yaratilgan mahsulotni taqsimlash, iste’mol munosabatlaridan iborat. Uni 54- betdagi shartli chizma orqali ifodalash mumkin. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling